1-mavzu: Iqtisodiy tahlilning predmeti, asosiy vazifalari va tamoyillari. Reja



Download 152,49 Kb.
bet2/10
Sana28.10.2022
Hajmi152,49 Kb.
#857847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil 1-mavzu (2)

1.1-chizma. Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari

30-yillarga kelib tahlilning ko‘lami kengaya bordi. Tahlil qilish uchun faqat buxgalteriya balansi moddalari emas, balki xo‘jalik faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari ham tahlil etila boshlandi. Natijada tematik tahlil vujudga keldi va ba’zi mavzularga bag‘ishlangan adabiyotlar nashrdan chiqa boshladi. Bunga misol qilib N.E.Kolosovning «Основм экономического анализа себестоимости в предприятиях» (1931-у), A.R.Alek- sandrovskiyning «Калкуляция и анализ работм предприятий» (1932-у), A.F.Masanovning «Баланс и анализ хозяйсвенной деятельности предприятий» (1934-у), A.A.Afanasevning «Ана- лиз отчета промьштленнмх предприятий» (1938-у) kitoblarini keltirishimiz mumkin.


1940-yillarga kelib sobiq ittifoqda «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani fan sifatida to‘liq shakllandi. Bu davrga kelib ushbu fan bo‘yicha darsliklar yaratildi va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘tila boshlandi.
60-70 yillardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tahlil fani ixtisoslashib bordi va tahlil fanining bir qancha turlari vujudga keldi. Keyingi yillarda esa iqtisodiy tahlil fanining nazariyasi ustida ko‘p ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi.
80-yillaming xususiyati shundaki, bu davrda iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha hududiy maktablar vujudga keldi. Jumladan, Moskvada M.I.Bakanov va A.D.Sheremet rahbarligidagi maktab. Bular «Теория экономического анализа» kitobini 1987, 1990, 1995 va 1997-yillarda qayta nashrdan chiqardilar. Minsk olimlaridan V.V.Osmolovskiy, V.I.Strajev, L.I.Kravchenko, N.A.Rusak hamkorlikda 1989-yilda «Теория анализа хозяйственной деятельности» darsligini yaratdi. Kiyevlik olimlardan LLKarakoz va V.I.Samborskiy hamkorligida 1989-yilda «Теория экономического анализа» degan darslik yozildi. O‘zbekistonlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Q.Par- daev, M.M.To‘laxo‘jaeva, A.T.Ibragimov, A.Shoalimovlar hamkoriikda tahlil fanining o‘zbek maktabiga asos soldilar. Endilikda barcha MDH davlatlarida «Iqtisodiy tahlil» mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Bu albatta korxonalar faoliyatini boshqarishda, uning moliyaviy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’mmlashda eng muhim tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Fanning yuqorida ta ’riflangan tadrijiy rivojlanish yo ‘ilidan ham ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga ajratilgan. Ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xojalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moliyaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlami o‘rganishga qaratilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shundan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda.
Iqtisodiy tahlilda qollaniladigan ko‘rsatichlar tizimi quyidagilardan iborat:

  • moliyaviy natijalami ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • ish faolligini ifodalovchi ko'rsatkichlar;

  • moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • davlat byudjeti bilan aloqalami ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • to‘lov qobiliyati va to‘lovga qodirlikni ifodalovchi ko‘rsat- kichlar.

Yuqorida jahon amaliyotida bir qator iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Iqtisodiy tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlami jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklaming biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
90-yillaming boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach barcha sohalarda bo‘lgani singari ilm-fan sohasida ham o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot- lami jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklaming biri sifatida tahlil namoyon bo‘lmoqda.
Albatta, iqtisodiy tahlil ma’muriy buymqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo uning maqsadi va mohiyati rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning mazmuni esa, ma’lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, awalo, davlat manfaatini ifodalab kelgan. Chunki, barcha mulk, uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi.
Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosa- batlarini o‘zida ifoda etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa, shunga mos ravishda mazmunan yangi «Iqtisodiy tahlil» fanini shakllantirilishini taqozo qiladi.
Endigi «Iqtisodiy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo qiladi.



Download 152,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish