3. Geodeziyaning xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
Sanoat inshootlarni (zavodlar, fabrikalar, elektrostansiyalar va h.k.) temir va avtomobil yo‘llarni, shahar va qishloq aholi punktlarni, aerodom-larni, yer osti inshootlar (metropoliten, shaxta, quvur yo‘llarni) loyihalash va qurish uchun muhim masalalarni hal qilishda Geodeziya fanini ahamiyati juda kattadir.
Geodezik o‘lchamlar suv omborlari va kanallarini loyihalash hajmla-rini aniqlash, to‘g‘onlarning cho‘kishi va siljishi jarayonini baholash kabi masalalarni hal qilishda ham qo‘llaniladi.
Geodeziya fani yerni bo‘lish, uni hisobga olish, ona zaminni muhofaza qi-lish, yerdan unumli foydalanish, yer kadastrini o‘tkazish, tuproq, geobatonika va boshqa qidiruv ishlarini olib borishda keng qo‘llaniladi.
4. Geodeziyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Geodeziya fani matematika, astronomiya, elektronika, geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Geodezik asboblar nazariy jihatdan fizika qonunlari asosida yasaladi, o‘lchash natijalari esa matematik qoidalar bo‘yicha hisoblanadi. Yer sirtida nuqtalar o‘rni geografik va astronomik koordinatalar bo‘yicha belgilanadi. Yer shakli va uning o‘zgarishidagi jarayonlarni o‘rganishida Geodeziya va geologiya kabi fanlardan foydalaniladi. Hozirgi davrda Geodeziya fani mexanika, avtomatika, informatika, elektronika fanlar bilan ham bog‘liq holda taraqqiy etmoqda Geodezik asboblar nazariy jihatdan fizika qonunlari asosida yasaladi, o‘lchash natijalari esa matematik qoidalar bo‘yicha hisoblanadi. Yer sirtida nuqtalar o‘rni geografik va astronomik koordinatalar bo‘yicha belgilanadi. Yer shakli va uning o‘zgarishidagi jarayonlarni o‘rganishida Geodeziya va geologiya kabi fanlardan foydalaniladi. Hozirgi davrda Geodeziya fani mexanika, avtomatika, informatika, elektronika fanlar bilan ham bog‘liq holda taraqqiy etmoqda.
Geodeziya o‘z taraqqiyotida yangi ma’no kashf etdi, zamonaviy asboblarga, geodezik o‘lchash va hisoblash usullariga ega bo‘ldi. Boshqa ko‘p injenerlik fanlar Geodeziya yordamiga muhtoj. Geodeziya juda ko‘p muhim masalalar xal qilishda qo‘llaniladi. Plan, karta, profillar, suv yig‘iladigan maydonlar chegaralarini aniqlash, ularning yuzalarini hisoblash, suv omborlari, to‘g‘on quriladigan joylar o‘rnini belgilash jismlar hajmini hisoblash, sug‘orish va zak qochirish bilan bog‘lik gidrotexnika inshootlarini qidiruv, loyixa-lash, qurish va ishlatish uchun nihoyatda zarurdir.
Nazorat savollari:
1. Geodeziya fanini asosiy vazifalari.
2. Geodeziya fanni ilmiy vazifalari.
3. Geodeziyani tarmoqlarga bo‘linishi.
4. Geodeziyani boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
5. Geodeziyani qurilishdagi ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |