2.Geodeziya fanining tarixi
Ma’lumki, Geodeziya xam boshqa fanlar kabi xayotiy talablar asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan tobora rivojlanib borgan. Inson qadimdan o‘zi yashagan joyni hayot talabiga ko‘ra har tomonlama bilishga qiziqqan va o‘rgangan. Geodeziya tarixi ham shunday boshlanadi.
Arxeologlarning aniklashicha, Qadimiy Misr, Mesopotamiya, Xindiston, Xitoy, Gresiya, O‘rta Osiyo va boshqa mamlakatlar xalqlari o‘z ehtiyojlari uchun dsxqonchilik qilish va sug‘orish kanallarini kazish, turli bino va inshootlarni qurish, ekin maydonlarini o‘zaro taqsimlash kabi masalalarni yechishda geodezik o‘lchashdan foydalangan.
Masalan, miloddan 4000 yil ilgari Misrdagi Nil daryosi havzasida yerni o‘lchash ishlari olib borilgan. Nil daryosini Qizil dengiz bilan qo‘shish maqsadida kanal qurilishi miloddan VI asr ilgarigi vaqitga taalluqlidir. U vaqtlarda s’yomkaning bazi bir usullarigina ma’lum edi. Yunonistonlik olim olim
Eratosfen miloddan 230 yil ilgari Yer sharining o‘lchamlarini aniklagan va Geodeziyadan maxsus kitob yozib, meridianlar va parallellar ko‘rsatilgan karta tuzgan. Ptolomey tomonidan proeksiyalash usullari joriy qilinib, Yevropa va Osiyo kartalarini tuzishda ulardan foydalanilgan.
Miloddan 7 - 6 asr ilgari xozirgi Iroq janubida yashagan xoldeylar Yerni shar deb faraz qilib, uning radiusi R uzunligini hisoblab chikdilar. Miloddan 6 asr ilgariyoq Pifagor Yerni shar shaklida deb aytganligi fanga ma’lum.
IX asrda Arabistonda madaniyat ancha taraqqiy etib, Bag‘dodda „Hikmat uyi“ nomli ilmiy markaz tuzildi. Unda O‘rta Osiyolik „Yer surati“ nomli asar muallifi algebra fanining asoschisi Al-Xorazmiy xamda Al-Farg‘oniy, Al-Marvoziy, Al-Marvarudiy kabi olimlar ham ishladi. Xalifa Xorun Al-Rashid o‘g‘li Al-Ma’mun farmoyishiga binoan, 827 yili „Xikmat uyi“ a’zolaridan ikkita ekspeditsiya tuzildi. Yer o‘lchamlarida bo‘lgan tafovutni bartaraf qilish uchun ularga „gadus o‘lchash usuli“ ni ishlatib, Yer o‘lchamlarini aniqlash ishi topshirildi. Ular meridianning bir gradus yoy uzunligini o‘lchab, ishni 56,0 milya (110,5 km) va 56,66 milya (111,82 km) natija bilan yakunladilar va hisoblashlar uchun 111,82 km natija olindi Geodeziya fani matematika, astronomiya, elektronika, geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq.
Horazmlik ulug‘ olim Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048 yy.) o‘z hayotida yozgan 150 ta asaridan 40 tasini Geodeziya faniga bag‘ishlab, boy va qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Beruniy hisobi bo‘yicha Yep radiusi 6339,58 km bo‘lib, hozirgi vaqtda ishlatilayotgan (Krasovskiy ellipsoidi) qiymat- 6371,11 km dan farqi atiga 31,5 km ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |