Ijtimoiy ishning subyektlari quyidagilar hisoblanadi.
I) avvalo jamiyatdagi barcha tashkilotlar, muassasalar, ijtimoiy institutlar:
1. Davlat o‘zining turli darajadagi qonun chiqaruvchi ijro etuvchi va sud hokimiyati ko‘rinishdagi tuzilmalari bilan, bu tuzilmalarda mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi, shuningdek hududiy darajadagi ijtimoiy ish boshqarish organlari (o‘lka, viloyatlar, respublikalar, avtonom tuzilmalarda ijtimoiy himoya organlari) shaharlar mahalliy organlar alohida o'rin tutadi.
2. Turli ijtimoiy xizmatlar: oilalar va bolalarga ijtimoiy yordam ko'rsatishning hududiy markazlari; balog'atga yetmaganlar uchun ijtimoiy tiklash (reabilitatsion) markazlari; ota-ona qarovisiz qolgan
bolalarga yordam ko‘rsatish markazlari; imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlar uchun reabilitatsion markazlar; bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy boshpanalar; aholiga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish markazlari; telefon orqali ekstrim (shoshilinch) yordam berish markazlari va boshqalari.
3. Davlat korxonalari, tashkilotlari, muassasalari, oliygohlari (oliy o'quv yurtlari) va hokazolarning ma’muriyatlari va ularning bolimlari.
4. Jamoat, hayriya va boshqa tashkilotlar va muassasalar: kasaba uyushmalari, bolalar fondining Qizil yarim oy (Qizil xoj) jamiyatining bolimlari, xususiy ijtimoiy xizmatlar, tashkilotlar va hokazolar.
5. Amaliy ijtimoiy ish bilan professional tarzda yoki jamoatchilik yo‘li bilan shug'ullanuvchi kishilar. Haqiqatda ular ijtimoiy ishning ko‘rsatilgan ikki subyektlarining vakillaridir. Bunda ularni ikki guruhga ajratish mumkin: tashkilotchi-boshqaruvchilar va biz yuqorida ko'rib chiqqan ijtimoiy ishning obyektlariga bovosita
yordam ko‘rsatuvchi, madad ko'rsatuvchi mijozlarni himoya bilan ta'minlovchi ijrochilar, amaliy ijtimoiy ish xodimlari. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda jahonda 500 mingga yaqin professional ijtimoiy ish xodimlari faoliyat ko'rsatmoqda. Ijtimoiy ish xodimlari aiohida guruh bo‘lib, ular aniq professional
va ma’muriy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishlari zarur.
6. O'qituvchilar, shuningdek, bilimlar, ko‘nikmalar, mahoratlarini mustahkamlashga yordam beruvchilar: talabalar amaliyotining rahbarlari. murabbiylar, amaliy ijtimoiy ish xodimlar va ijtimoiy sohaning turli tashkilotlari, muassasalari, korxonalarida talabalar (tinglovchilar)ning amaliyot o‘tashlariga yordam beruvchi boshqa xodimlar.
7. Ijtimoiy ishni tadqiq etuvchilar: ilmiy xodimlar turli usullarni qo‘llagan holda ijtimoiy ishning holatini tahlil qiladilar, ilmiy dasturlar ishlab chiqadilar, shu sohada mavjud bolgan va paydo bolayotgan tendentsiyalarni qayd etadilar, ijtimoiy ishning muammolari bo‘yicha ilmiy hisobotlar, kitoblar maqolalar chop etadilar. Bu jarayonda mamlakatning ilg'or oliygohlarining kafedralari, laboratoriya xonalari. ilmiy muassasalari, ijtimoiy muammolar
bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengashlar muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |