ko’rsatilgan. SHaxs bo’lib yetishishda muhim omil – bilim egallash, deb qayd
etilgan.
Islom ta’limotida birovning haqiga hiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan
molini, mablag’ini zo’rlik va aldov yo’li bilan olish, o’g’rilik qilish – og’ir gunoh,
qabih odat, deb ta’kidlangan. SHuning uchun ham huquqiy ta’lim berishda Qur’oni
Karim, hadis va boshqa manbalardagi ko’rsatmalardan foydalanish, ularni xozirgi
zamon talablariga bog’lash zarur. Masalan, “Moida” surasidagi 3-oyatda: “Ey
mo’minlar, Ollohning o’zi uchun haq yo’lni tutuvchi, adolat bilan shahodat -
guvohlik berguvchi bo’lingiz. Biron qavmni yomon ko’rishingiz sizlarni adolat
qilmaslikka tortmasin!...” – deb, buyuriladi. Demak, shaxsiy adovat orqali
adolatsizlikka yo’l qo’ymaslik ta’kidlangan. SHuningdek, “Niso” surasida mulk
huquqi, meros huquqi, omonat, to’g’ri guvohlik berish xususida, “Baqara” surasida
esa ayollik huquqlari, qarz berish to’g’risida huquqiy ta’limotlar berilgan.
6
Hadislarda ham ilm haqida, bilim olish haqida hikmatlar mavjud. Jumladan,
ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati, ilmga e’tiborsizlikning oqibati,
kishilar dilidan ilmning ko’tarilishi, olimlarning shaxsi, tushunishi qiyin kishilarga
ilm o’rgatish haqidagi qoidalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
O’tmishda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz islom
ta’limoti asosida ijod etib, kelajak avlodlar uchun buyuk meros qoldirganlar.
Bugungi kunda bu noyob meroslarni o’rganish, ularni tahlil qilish, ularning ijobiy
natijalarini amalda tatbiq etish ilm-fan namoyondalarining, huquqshunoslar ilmiy
jamoatchiligining, ilmiy tadqiqot olib borayotgan bo’lajak olimlarning asosiy
vazifasi deb hisoblanib, shaxs huquqiy ongini shakllantirishda samarali natijalarga
erishiladi.
Imom Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Imom Termiziy, Imom Abu
Dovud an-Naso’iy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Abdulxoliq
G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband singari aziz-avliyolarimiz, Muhammad Muso
Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud
Zamahshariy, Mirzo Ulug’bek kabi allomalarimiz to’plagan ilmlar ham huquqiy
ta’limda katta ahamiyat kasb etadi.
Imom al-Buxoriy ta’lim-tarbiya, xususan huquqiy ta’lim to’g’risidagi
qarashlarida to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga da’vat etib, munofiq
kishining uchta belgisini ko’rsatadi
7
, ular: yolg’on gapirish, va’daga vafo qilmaslik
va omonatga hiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U oilaviy muhitning barqaror,
tinch, oila a’zolarining sog’-salomat, to’q bo’lishini va bir-birlarini hurmat
qilishlarini istaydi. U o’z ta’limotida bilim o’rganish, uni o’rgatish yo’llari va
usullari masalasiga alohida e’tibor qaratadi.
VIII asr oxiri IX asr boshlariga kelib islom va uning huquqshunoslik,
hadisshunoslik sohalari rivojlangan. Bu davrda O’rta Osiyo jahon ilm-fanining,
kishilik jamiyatining taraqqiy etishiga, shuningdek, islom dinining axloqiy-huquqiy
tarbiyadagi mavqeiga katta hissa qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: