Hakam o’z yordamchisini asoslanmagan aralashuv yoki qupol muomala holatlarida vazifasidan ozod qiladi va tegishli tashkilotga bildirishnoma beradi.
Hakamning hushtak yordamida ishora berishi. O‘yinda ha- kamlikni amalga oshirishda hakam hushtak yordamida belgi beradi. Hushtakdan quyidagi hollarda foydalaniladi: o‘yin boshlanishidan va tanaffusdan so‘ng qayta boshlashdan oldin; darvozaga to‘p kiri- tilganidan so‘ng; 11 metrlik jarima to‘pini amalga oshirishdan av- val; darvoza ishg‘ol qilinganida; o‘yin tugashidan yoki yarmidan.
Berilayotgan belgilar o‘yinchi va tomoshabinlarga yaxshi eshi- tiladigan bo‘lishi kerak. Belgilar ohangi doimo bir xilda bo‘lishi lozim. Ammo darvoza ishg‘ol qilinganida, o‘yinning birinchi yarmi yoki uning asosiy vaqti tugaganidan so‘ng beriladigan belgilar juda aniq bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |