Global energetik bozorlarni barqarorligini oshirish. Global energetik tizimning samarali faoliyat olib borishi uchun erkin, raqobatbardosh va ochiq bozorlarning mavjudligi hayotiy muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Qonunchilikni takomillashtirish, uni ahamiyat darajasini oshirish, soliqqa tortish va tartibga solishning samarali tizimini joriy etish va mustahkamlash, talab va taklif munosabatlariga nisbatan munosib siyosatni olib borish global energetik xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol о‘ynaydi.
Barcha davlatlar tomonidan neft banki ma’lumotlarini yaratish, neft bozori va boshqa energetik resurslarining holatlari haqida ma’lumot beruvchi yagona statistik ma’lumotlar standartlarini yaratish va tarqatish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |