1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Reja: 10.1. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mohiyati va uning turlari



Download 268,16 Kb.
bet103/107
Sana06.01.2022
Hajmi268,16 Kb.
#325150
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish

Reja:

10.1. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mohiyati va uning turlari

10.2. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning roli

10.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar

10.4. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida iqtisodiy xavfsizlik

10.5. О‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishida milliy xavfsizlikni ta’minlash

10.6. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlik

Tayanch iboralar:

Milliy manfaatlar, xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy tahdidlar va ziddiyatlar, tashqi va ichki xavflar, xalqaro iqtisodiy xavfsizlik, milliy iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik kо‘rsatkichlari, energetik xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik obyekti va subyekti.



10.1. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mohiyati va uning turlari

Butun dunyo rivojlanishining zamonaviy yо‘nalishlaridan biri bu – jahon iqtisodiyoti globallashuvidir. Iqtisodiy о‘sishni rag‘batlantirish bilan birga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, fan, texnika va texnologiya harakatining tezlashishi asosida iqtisodiy globallashuv xavf va tahdidlarning о‘sishiga ham olib kelmoqda.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida ijtimoiy muammolarning kо‘payishini, ishsizlik darajasining oshishini, turmush darajasining pasayishini, jahon iqtisodiyotining salbiy jarayonlaridan milliy iqtisodiyotning himoyalanmaganligini globallashuvning salbiy tomoni bilan bog‘lanmoqda. Shunday fikrda bо‘lganlar iqtisodiy xavfsizlik muammolarini hal qilish dolzarb ekanligini ta’kidlaydilar.

90-yillarning boshidan iqtisodiy xavfsizlik muammosi alohida keskinlik va dolzarblikka ega bо‘ldi. Bu zamonaviy globallashuv sharoitida «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining nihoyatda murakkabligi va kengqirraliligi bilan bog‘liqdir. An’anaviy yondoshuvlar va usullar bu hodisani tо‘liq tavsiflab bermaydi, demak barqaror iqtisodiy munosabatlarni saqlashning amaliy usullarini va avvaldan aytib berish mumkin bо‘lgan yо‘llarini ham kо‘rsatmaydi.

Globallashuv jarayoni jahon xо‘jaligining barcha jabhalarini qamrab olayotgan bir sharoitda rivojlangan mamlakatlar va о‘tish iqtisodiyotiga ega kо‘pgina mamlakatlarda demografik holat yomonlashmoqda, ya’ni nafaqa oluvchilar soni ishchilar soniga nisbatan kо‘proq sur’atlar bilan oshmoqda, boshqa tarafdan malakali ishchilarning, ayniqsa yuqori texnologik sohalarda, yetishmasligi sezilmoqda. Jahon bozorlaridagi narxlarning, yetakchi mamlakatlarning jahon bozoridagi valyuta kurslarining tebranishlari bilan bog‘liq xavflar, iqtisodiyoti xomashyoga yо‘naltirilgan rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy о‘sishiga salbiy ta’sir etmoqda yoki inqirozga uchrashiga sabab bо‘lmoqda. Birgina dollar kursining pasayishi rivojlanuvchi mamlakatlar tovarlarining raqobatbardoshligini pasaytiradi, agar dollar kursi keskin oshsa kо‘p mamlakatlar aholisi uchun import tovarlarini xarid qilish qiyinlashadi, ularning ichki ishlab chiqarishi raqobat yо‘qligi tufayli susayadi. Kо‘rinib turibdiki, iqtisodiy xavfsizlik kо‘lami ham, darajasi ham xilma-xil. Shuning uchun ham kо‘p mamlakatlarning oliy organlari darajasida iqtisodiy xavfsizlikning bir xil tushunchasi yо‘q. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikning ustuvorlik va unga erishishni ta’minlash masalalari bо‘yicha aniq konsepsiya va strategiya ham mavjud emas.

Iqtisodiy xavfsizlik g‘oyalari va u bilan bog‘liq bо‘lgan «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasi mamlakatimizga respublikamiz mustaqilligi e’lon qilinganidan sо‘ng kirib kela boshladi.

Iqtisodiy xavfsizlik davlatning milliy xavfsizligini ta’minlovchi asosiy bо‘g‘inlaridan biri, mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash yо‘llari, vositalari va usullariga asoslanuvchi qarashlarning yig‘indisidir. Konseptual kо‘rinishda u davlat iqtisodiy potensialining holatidan kelib chiqadigan iqtisodiy xavfning asosiy omillari tahliliga asoslanadi. Davlatning xavfsizligi kuchsiz va samarasiz iqtisodiyotda, ayniqsa ijtimoiy nizolarga tо‘la jamiyatda ta’minlanishi mumkin emas, chunki “iqtisodiy xavfsizlik” va “ijtimoiy xavfsizlik” о‘zaro bog‘liq tushunchalar bо‘lib, bir-birini tо‘ldiradi.

Iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va rivojlanish barqarorligini ta’minlovchi muhitga о‘xshash muhitni tashkil etuvchilar yotadi. Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot bо‘lishi mumkin emas. Barqarorlik - bu, jamiyatning favqulodda holatlarda hamda о‘z manfaatlarini qondirish qobiliyati, vaziyatni tiklash imkoniyatidir.

“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi ilk bor resurslarni chegaralanganligi tо‘g‘risidagi masalaning keskinlashishi bilan bog‘liq holda paydo bо‘ldi.

“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasiga kо‘plab ta’riflar berilgan. Ularni umumlashtirgan holda, iqtisodiy xavfsizlik – bu davlat iqtisodiy tizimiga ta’sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng kо‘p ifodalanishiga imkon beruvchi (ichki va tashqi) shart va omillar yig‘indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yо‘qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir deb ta’riflash mumkin. Iqtisodiy xavfsizlikka daxl qiluvchi, mamlakatning milliy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan omillar ikkiga - tashqi va ichki xavflarga bо‘linadi.

О‘zbekiston uchun tashqi xavflarga quyidagilar kiradi:

- О‘zbekiston Respublikasini xomashyo bazasi va past sifatli, raqobatbardosh bо‘lmagan mahsulotlarni о‘tkazish bozori sifatida saqlab qolish;

- mamlakatni xorijiy bozorlarga chiqishiga, uni xalqaro moliya- iqtisodiy va savdo tartiblash mexanizmlarida ishtirokiga, yangi texnologiyalarga erishishiga tо‘sqinlik qilish;

- О‘zbekistonni global jahon savdo tizimiga (JST) va Markaziy Osiyo mintaqasi doirasidagi iqtisodiy integratsiyasiga tо‘sqinlik qilish;

- tashqi transport, axborot va ilmiy-texnika kommunakatsiyalar tizimining rivojlanmaganligi va boshqalar.

Mamlakatning ichki xavflariga quyidagilar kiradi:

- totalitar tuzumdan qolgan iqtisodiyotdagi qayta ishlash sohasining chuqur rivojlanmaganligi, tarmoq va hududiy disproporsiyalar;

- yer-suv va ba’zi bir turdagi muhim mineral xom ashyo resurslarini cheklanganligi;

- iqtisodiyotga, ayniqsa ba’zi mintaqalarda, yuqori demografik bosim;

- iqtisodiyotning kо‘p sohalaridagi ishlab chiqarishning yuqori chiqimiga va raqobatbardosh bо‘lmagan mahsulot chiqarishga olib keladigan past texnik darajasi;

- iqtisodiyot sohasida yangi huquqiy asosning shakllanishini va uni amalga oshirish mexanizmlarini yaratish ishlarining oxiriga yetkazilmaganligi;

- boshqaruvga yondashishning ma’muriy-boshqaruv tizimiga xos bо‘lgan usullari va eskicha iqtisodiy fikr yuritish retsidivlarini saqlanib qolishi, ba’zi boshqaruv bо‘g‘inlarida xо‘jalik faoliyatining bozor tamoyillari va mexanizmlarini yetarli darajada tushunmaslik;

- iqtisodiyotning turli sektorlari va sohalarida bozor о‘zgarishlarini darajasi va dinamikasi, shuningdek shahar va qishloq orasidagi farqlar;

- bozor infratuzilmasining rivojlanmaganligi;

- moliya, bank-kredit va valyuta tizimlarida pul aylanishining beqarorlashish xavfi;

- iqtisodiy sohada jinoyatni tarqalishi, xо‘jalik subyektlarini huquqiy himoya mexanizmini mukammal emasligi va boshqalar.

Iqtisodiy xavfsizlikni ikki turga ajratish mumkin: xalqaro va milliy. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik bu jahon hamjamiyatining har bir a’zo mamlakati о‘z ijtimoiy va iqtisodiy strategiyasini mustaqil tanlash va amalga oshirishni ta’minlaydigan, tashqi va siyosiy bosim bermaydigan va о‘zaro manfaatli hamkorlikka tayaniladigan xalqaro kelishuvlar yordamida amalga oshiriladigan tushunchadir.

Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikning huquqiy kafolatlari quyidagilarda namoyon bо‘ladi:

- har bir davlatning, uning ijtimoiy va siyosiy tuzilishidan qati nazar tenglik tamoyilining tan olinishi;

- rivojlanish yо‘lini erkin tanlashi;

- tabiiy resurslardan va iqtisodiy salohiyatdan foydalanishda davlat suverenitetini tan olish va iqtisodiy bahslarni kuch ishlatmasdan hal etish.

Milliy iqtisodiy xavfsizlik - milliy manfaatlarni ichki va tashqi tahdidlardan, hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini yetarlicha himoyalashni ta’minlab bera oladigan iqtisodiy holatga aytiladi.

Kо‘pgina mamlakatlar о‘z iqtisodiyotlarini erkinlashtirish orqali izchillik va asta-sekinlik bilan jahon bozoriga chiqish maqsadida olib borayotgan siyosatlarida iqtisodiy xavfsizlikning yangidan-yangi tahdidlari bilan tо‘qnash kelmoqdalar.

Mustaqil О‘zbekiston yigirma yil mobaynida juda katta, asrlarga teng yо‘lni bosib о‘tdi va bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlar hech qachon ortga qaytmaydigan jarayonga aylandi. Bu, avvalo, istiqlolning, uni mustahkamlash, shuningdek xavfsizlik va tinchlik uchun olib borilayotgan tinimsiz kurashning natijasidir.

Shu о‘rinda О‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizlik borasidagi milliy ustuvorliklariga tо‘xtalishni lozim topdik. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy ustuvor yо‘nalishlari milliy manfaatlar, real va potensial xavflarga bog‘liq ravishda aniqlanadi va о‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1) Bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, real mulkdorlar sinfini shakllantirishga yо‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarni ketma-ket о‘tkazish.

2) Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivojlanishini rag‘batlantirish.

3) Mulkdorlarning huquqlari va xususiy mulkni himoyalash, iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlashni amaliy-huquqiy mexanizmlarini shakllantirish.

4) Barqaror va dinamik iqtisodiy о‘sish asosida insonlarni munosib hayot sharoitlarini tashkil etish.

5) Investitsion faoliyatini faollashtirish,      jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning zamonaviy ishlab chiqarishini tashkil etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy mustaqilligiga erishish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy о‘zgartirishlarini amalga oshirish.

6) Makroiqtisodiy barqarorlik, moliya pul-kredit tizimlari barqarorligini ta’minlash, milliy valyutani kuchaytirish.

7) Agrar sektorda tub islohotlarni amalga oshirish, qishloqda bozor mexanizmini rivojlantirish, dexqonlarda xо‘jayinlik xissini uyg‘otish.

8) Tabiiy,   mineral xomashyo, iqtisodiy va ilmiy-texnika salohiyati oqilona ishlatish, mamlakat hududlarini majmuiy rivojlantirish.

9) Iqtisodiyotni favqulodda holatlarda        barqaror ishlashini ta’minlash.

10)  Tashqi iqtisodiy integratsiyani faollashtirish, xorijiy karitalni keng kiritish, eksport salohiyatini rivojlantirish, eksport va import tarkibini takomillashtirish va boshqalar.


Download 268,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish