Birinchi bosqichda, AQSH zudlik bilan Meksika eksportiga 84% tariflarni (neft eksporti bundan mustasno) va Kanada eksportiga 79% tariflarni bekor qiladi. О‘z navbatida, Meksika Amerika tovarlarining 43% va Kanada tovarlarining 41% ga (ulardan 80% asosiy kapital (mashina, asbob-uskunalar, elektron detallar, transport vositalari) va kimyoviy tovarlardir) tarif tо‘siqlarini olib tashlashi kerak.
Ikkinchi bosqichda, AQSH va Kanada 1200 turdagi mahsulotlarga (shu jumladan, avtomobil va tekstil sanoati mahsulotlariga) bо‘lgan tariflarni bekor qiladi (1991 yili ular Meksika neft eksportining deyarli 80% ni tashkil etgan). Meksika esa о‘z navbatida 2500 turdagi mahsulotga bо‘lgan boj tariflarini bekor qilishi zarur (AQSH eksportining 18% va Kanadanikida 19%).
Do'stlaringiz bilan baham: |