1-mavzu: gimnastikaning nazariy bilim, amaliy-tеxnik malaka va ko‘nikmasi asoslarini o‘zlashtirish


Gimnastika mashg‘ulotlarida xavfsizlik qoidalari



Download 41,14 Kb.
bet2/5
Sana13.01.2022
Hajmi41,14 Kb.
#357744
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU GIMNASTIKANING NAZARIY BILIM, AMALIY-TЕXNIK MALAKA VA KO‘NIKMASI ASOSLARINI O‘ZLASHTIRISH.

Gimnastika mashg‘ulotlarida xavfsizlik qoidalari

  1. Asosiy topshiriqlarni bajarishga o‘tishdan avvalbadanni qizdiruvchi (chigil yozish) mashqlarni bajarish lozim. Buning uchun yurish, yugurish (2—3 daqiqa), umumrivojlantiruvchi mashqlar (joyda turib, harakatda, asbobsiz, asbob bilan: gimnastik tayoqlar, sakrash arqonchasi, turli koptoklar, to‘ldirma to‘plar va hokazolar) ni, yelka bo‘g‘imiga, gavdaga mo‘ljallangan alohida mashqlar (egilishlar, aylanish, burilishlar va boshqalar)ni va oyoqlar uchun mo‘ljallangan (keng qadamlar, o‘tirishlar, sakrashlar va shu kabi) mashqlarni bajargan ma’qul. Shundan so‘ng tinchlantiruvchi mashqlar bajariladi.

  2. Gimnastika mashg‘ulotlarida intizomli bo‘lish,mashqlarni bajarishda tartibni saqlash va xavfsizlikning eng asosiy qoidalarini bilish juda muhim.

  3. Gimnastik anjomlardan (turnik, brus, tortilisharqonidan) foydalanishdan oldin ularni birma-bir tekshirib chiqish zarur. Gimnastik asbob-anjomlarning puxta o‘rnatilmaganidan va tuzatib qo‘yilmaganidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

4.Akrobatik mashqlarni bajarishdan oldin to‘shaklarni taxlash va yerga to‘shashda yaxshilab tekshirish lozim, oraliqda bo‘shliq bo‘lmasligi, sakragan kishi to‘shakning o‘rtasiga kelib tushishi kerak.

  1. Asbob-anjomlarda gimnastik mashq elementlarinibajarishda ehtiyot bo‘lish, mashq bajaruvchiga yordam berib turish zarur, chunki snaryaddan yiqilib, mayib bo‘lish mumkin. Shuning uchun sakrab tushish joyiga, albatta to‘shaklar qo‘yish zarur.

  2. Arqonga osilib, tirmashib chiqishda diqqatni buzmaslik, xalaqit bermaslik kerak. Arqonning tagidan tortish ham mumkin emas.

  3. „Kozyol“—„Kon“(dastaliot) asbobi ustidan sakrashdan oldin uning xavfsiz, puxta qo‘yilganini yaxshilab tekshirish, sakrash ko‘prigi mustahkam qo‘yilganiga, anjom orqasiga to‘shaklar to‘g‘ri solinganiga ishonch hosil qilish kerak. Ehtiyotkorlikni ta’minlash maqsadida, sakrash paytida o‘qituvchi yoki birorta o‘quvchi „Kon“ning yon tomonida turishi kerak.

  4. Turnik va brusda mashq bajarishda ehtiyotkor bo‘lib,sheriklar yoki o‘qituvchi yordamida sakrashga harakat qilish kerak.

  5. Mashg‘ulot vaqtida yordam berish o‘z yo‘liga albatta, ammo o‘zini o‘zi xavfsizligini ta’minlashga o‘rganish boshqa narsa. Agar siz mashq elementini ishonch bilan bajarmayotgan bo‘lsangiz, uni tezda to‘xtatish va mashqni soddalashtirish kerak. Shuningdek, anjomdan sakrab tushishni bilmoq kerak. Bordi-yu, muvozanatni yo‘qotib, yiqilib tushsangiz qo‘llarni bukkan holda tushishga harakat qilish lozim, shunda biroz jarohatlanishning oldi olinadi. Muvozanatni yo‘qotib orqaga ketib qolsangiz, albatta orqaga tislanib, oyog‘ingizni bukib, o‘tirib olib — egilib, orqaga umbaloq oshish kerak, oldinga qarab yiqilishda esa, umbaloq oshib yoki qo‘llarni tirsakdan bukib, yerga qorin bilan yotib olish kerak, bordi-yu, yon tomonga yiqilsangiz, qo‘llarni tanaga yopishtirib olish lozim. Agar xavfsizlik ta’minlanmas ekan, asbob-anjomlarda mashq elementlarini mustaqil bajarish man etiladi.

  6. Gimnastika mashg‘ulotida sport kiyimingiz (mayka,trusik va boshqalar) toza bo‘lishi kerak. Oyoq kiyimi ham bejirim, tagi yumshoq bo‘lishi lozim.


  1. Download 41,14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish