1-mavzu. GIDRAVLIKA FANI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI SUYUQLIKLARNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI.
Reja:
Кириш
1.1.Gidravlika fani va uning rivojlani tarixi.
1.2. Suyuqlikning fizik-mexanik xossalari.
Tayanch iboralar: Gidravlika, gidrostatika, gidravlik mashinalar, vodoprovod, kanal, inshootlar, suyuqliklar, sirt taranglik, zichlik, qovushoqlik.
1.1. Gidravlika fani va uning rivojlanish tarixi.
Gidravlika fani suyuqlikning tinch holati va mexanik harakati qonunlarini o`rganib, ularni muhandislikning har xil amaliy masalalarini yechimlarida qo`llash usullarini ishlab chiqadi. “Gidravlika ” grekcha so`z bo`lib, “xyudor” – suv va “aulos” – quvur so`zlaridan kelib chiqqan. Hozirgi paytda muhandislikning hamma tizimlarida giravlik qonuniyatlar asosida yaratilgan turli gidravlik qurilmalardan foydalaniladi. Gidravlika asosan gidrotexnika, gidroenergetika, suv ta`minoti va kanalizatsiya, neft-gaz, suv transporti, aviatsiya va boshqa sohalarda keng qo`llaniladi.
Birinchi gidravlikaning jismlarning suzish qonuni Arximed (eramizdan avvalgi 287-212yillar) tomonidan yaratilgan.
Mamlakatimiz hududida obodonlashtirish va ekin maydonlarini sug`orish uchun juda ko`p kanal va inshootlar qurilgan. Amudaryoning pastki qismida 2000 yil muqaddam qurilgan ba`zi kanallar hozirgi kunda ham ulardan foydalanilmoqda.
Gidravlikaning rivojlanishi faqat Arximeddan 17 asr keyin boshlandi. XV-XVI asrlarda Leanardo da Vinchi (1452-1519 yillar) “suvning harakati va o`lchash to`g`risida” nomli ishi yozilgandan 400 yil keyin chop etildi. S.Stevin (1548-1620yillar) “Gidrostatikaning boshlanishi”, Galileo Galiley (1564-1642 yillar) o`z ilmiy ishlarida asosiy suzish qonunlari va gidrostatik paradokslarni qaradi.
1643 yilda Torrichelli (1608-1647 yillar) tomonidan ideal suyuqlikning kichik teshikdan oqib chiqish tezligi formulasini taqdim etdi. 1653 yilda Paskal (1623-1662yillar) tashqi bosimning suyuqlikka uzatilish qonunini yaratdi. Hozirgi davrgacha gidravlik mashinalar shu qonun asosida ishlab chiqiladi. 1686 yilda N`yuton (1643-1727) tomonidan suyuqliklarning qovushoqligi to`g`risidagi qonunni yaratdi va harakatlanayotgan suyuqlikning ichki ishqalanish qonuni to`g`risidagi gipotezani taklif etdi.
Gidravlikaning mustahkam nazariy asosda fan bo`lib shakllanishi Peterburg fanlar Akademiyasining akademiklari, D.Bernulli (1700-1782yillar), E.Eyler (1707-1783 yillar) M.V.Lomonosov (1711-1765 yillar) larning ilmiy ijodlari bilan bog`liq.
D.Bernulli 1738 yilda o`zining nomi bilan atalgan “Bernulli tenglamasi”ni taklif etdi. Bu tenglama gidravlika nazariyasi va amaliy hisoblarining asosi bo`lib hisoblanadi.
E.Eyler 1755 yilda suyuqliklar muvozanati va harakatining differensial tenglamalari sistemasini keltirib chiqardi. M.V.Lomonosov energiya saqlanishining umumiy qonunini yaratdi.
Gidravlikaning rivojlanishi sanoatning rivojlanishi va shaharlarning o`sishi bilan bog`lanadi.A.Shezi (1718-1798 yillar), A.Darsi (1803-1856yillar), Yu.Veysbax (1806-1871yillar), O.Reynolds (842—1912yillar), shuningdek D.I.Mendeleev (1834-1907 yillar), N.P.Petrov (1836-1920yillar), N.Ye.Jukovskiy (1847-1921yillar) va boshqalarning tadqiqotlari ko`pgina amaliy masalalarning yechimini topishga yordam berdi.
Suyuqlikning tinch holati va mexanik harakati qonunlarini nazariy mexanikaning bo`limi bo`lib hisoblanadigan nazariy gidromexanika ham o`rganadi. Nazariy gidromexanikaning topilgan yechimlarini har doim ham amaliy hisoblarda qo`llab bo`lmaydi, lekin bu yechimlar o`rganiladigan hodisaning umumiy qonuniyatlarini ochishga yordam beradi.
Gidravlikada gidromexanikadan farqli ravishda, turli hodisalarning soddalashtirilgan sxemalar asosiga hulosalar va nazariy tenglamalarga tajriba (gidravlikada tajribalar juda katta ahamiyat kasb etadi) ma`lumotlarining tahlili natijasida hosil qilingan empirik koeffitsientlar kiritiladi. Gidravlikada suyuqlik oqimi harakatini tadqiqot etishda, odatda oqimning o`rtacha tezligi va o`rtacha bosimini aniqlash bilan chegaralanadi, gidromexanikaning ko`p hollarida esa bu kattaliklarning o`zgarishi oqimda bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o`tganda qaraladi.
Zamonaviy gidravlikada nazariya va tajriba o`zaro bir-birini boyitadi va to`ldiradi. Gidravlikada nazariy gidromexanikaning usul va natijalaridan foydalanilgani uchun, hozirgi vaqtda “gidravlika” va “gidromexanika” tushunchalaridagi farq yo`qoldi. Mohiyatiga ko`ra bu ikki yo`nalish “gidromexanika” fanidan iborat, yani nazariy gidromexanika va muhandislik gidromexanikasi (gidravlika).
Hozirgi davrda gidravlika fanining rivojlanishiga N.N. Pavlovskiy, I.I.Agroskin, R.R.Chugaev, M.A.Velikanov, Ye.A.Zamarin, I.I.Levi, Ye.Z.Rabinovich, D.V.Shterenlixt, A.M.Muxamedov, R.M.Karimov, Umarov, Latipov, D.R.Bozorov va boshqa olimlar o`z hissalarini qo`shganlar.
Neft-gaz gidravlikasida V.G.Shuxovning magistral neft o`tkazgich quvurlar hisobi, yer osti gidromexanikasiga asos solgan L.S.Leybenzon, G.B.Pixachyov, I.A.Charniy, K.S.Basniev, A.A. Arslanov va boshqa olimlarning tadqiqotlari katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |