1-mavzu. Gidravlika fani va uning rivojlanish tarixi suyuqliklarning fizik-mexanik xossalari. Reja: Кириш



Download 407,5 Kb.
bet2/3
Sana15.01.2022
Hajmi407,5 Kb.
#366712
1   2   3
Bog'liq
1-маъруза

1.2. Suyuqliklarning fizik xossalari

Tabiatda moddalarning qattiq, suyuqlik va gaz holatlari kuzatiladi. Fizik xossalar

nuqtai nazaridan suyuqlik - bu oquvchanlikka ega bo’lgan jism. Tomchili suyuqlik va gazlar oquvchanligi bilan xarakterlanadi. Moddalar holati, uning atom-molekulyar tuzilishi bilan aniqlanadi.

Suyuqlik o’zining atom-molekulyar tuzilishiga ko’ra, qattiq jism va gaz o’rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Yuqori harorat va past bosimda suyuqlik xossasi gaz xossasiga, past harorat va yuqori bosimda esa qattiq jism xossasiga yaqin bo’ladi.

Suyuqlik va qattiq jismlarga nisbatan gazlarda molekulyararo masofa katta, molekulyararo kuchlar esa kam bo’lgani uchun, gazlar suyuqlik va qattiq jismlarga nisbatan katta siqiluvchanlikka ega. Suyuqlik va qattiq jismlar gazlarga qaraganda kam siqiluvchan.

Shu sababli suyuqlik qaysi idishga quyilishidan qat’iy nazar, o’sha idish shaklini egallaydi. Buning sababi, suyuqlik zarralarinig bog’lanishi kam va uning tinch holatda bo’lganida zarrachalar orasida ishqalanish kuchi sodir bo’lmaydi. Idishda suyuqlik erkin sirtni hosil qiladi. Agar suyuqlik tekislikka quyilsa, unda u tekislik bo’yicha yupqa plyonka ko’rinishida oqadi.

Gaz zarrachalari yengil harakatlanish (oquvchanlikka) xossasiga ega bo’lib, suyuqlikdan butun erkin hajmini egallashi va erkin sirt hosil qilmasligi, hamda siqiluvchanligi bilan ajralib turadi.

Demak, suyuqlik va gazlar umumiy xossaga, ya’ni oquvchanlikka ega. Shunig uchun “suyuqlik” termini suyuqlik (siqilmaydigan yoki kam siqiladigan, tomchili suyuqlik) va gaz (siqiluvchan suyuqlik) uchun qo’llaniladi.

Gidravlikada tomchili suyuqliklarning tinch holati va harakati qaraladi.

Gidravlikani, ya’ni suyuqlik muvozanati va harakati qonunlarini o’rganishda, molekulalar harakati o’rganilmaydi va butun jism tashqi kuchlar ta’sirida deformasiyalanadigan uzluksiz muhit ko’rinishida qaraladi.



Suyuqlik zichligi. Bir jinsli suyuqlik zichligi deb, suyuqlik M massasinig uning W hajmiga nisbatiga aytiladi:
. (1.1)

Bir jinsli suyuqlikning har qaysi nuqtasida zichlik bir hil. “SI” sistemasida zichlik birligi kg/m3.

Bir jinsli suyuqlikning solishtirma og’irligi G suyuqlik og’irligining W hajmiga nisbati kabi aniqlanadi:

= G/W .

G =Mg ekanligini inobatga olib, hisoblarda foydalaniladigan

= g (1.2)

bog’lanishni hosil qilamiz. “SI” birliklari sistemasida solishtirma og’irlik H/m3 deb qabul qilingan.

Suyuqlik va gaz zichliklari harakatga va bosimga bog’liq. Suvdan boshqa hamma suyuqliklarda harorat o’sishi bilan zichlik kamayishi kuzatiladi.

Tomchili suyuqliklar (simobdan tashqari) zichligi suvning zichligiga yaqin.




Download 407,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish