1-mavzu. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Download 56,41 Kb.
bet3/3
Sana09.07.2022
Hajmi56,41 Kb.
#762953
1   2   3
Bog'liq
1-ma`ruza

Ixtisoslashuv ham, ishlab chiqarishni tashkil etish­ning muhim shakli bo`lib, u mehnat taqsimoti bilan chambarchas bog`liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi-korxona, shahar yoki rayon, miqyosidagi ixtisoslashuvdir. Boshqacha qilib aytganda, ularning har biriga ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma`lum bir mahsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O`z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo`jaligi bo`lishi ham mumkin), shahar yoki rayonlarning «qiyofasini», ularning mehnat taqsimotida tutgan o`rnini belgilab beradi.
Ixtisoslashuvning uch turi-bu qism (detal), texnologik yoki yarim mahsulot (polufabrikat) va predmet (tayyor mah­sulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidan iborat. Uning bunday ko`rinishlari bir­biri bilan uzviy bog`liq va ular turli hududiy bosqichda o`zgacha xususiyatga ega.
Ixtisoslashuv oqibatida xo`jalikning turli tarmoq­lari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funktsional tiplari shakllanadi. SHu bilan birga u tashqi transport iqtisodiy aloqalarini taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste`moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi va mazkur rayonda etishmaydigan mahsulot esa boshqa joylardan keltiriladi.
Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zurur. Muhimi-mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa rayonlarga-bozorga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo`lishi kerak. Masalan, Respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog`­kon, tabiiy gaz sanoati, qishloq xo`jaligi mashinasozligi va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak gazlamasi, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish biroz mushkulroq, sababi­bu mahsulotlar O`zbekistonda hozircha etarlicha ishlab chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to`la qondirganicha yo`q.
Ixtisoslashuv, albatta faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtimoiy jabhalarga ham molik xu­susiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar o`qituvchi, boshqa­lari­agronom, muhandis, tabobatchi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. CHunki bu oliygohlar aynan ana shunday xodim­larni tayyorlashga ixtisoslashgan. Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuv kabi o`zining chegarasi bo`lishi lozim; o`ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka (ijtimoiy hayotda tor fikrlashga), yo`l xarajatlarining ko`payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo`lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham shuncha xatarlidir. Iqtisodiyotda faqat yoki asosan bir sohaga ixtisoslashuv–bu hududning muvaqqat qudrati, baxti va ayni vaqtda uning badbaxtligi, fojiasi bo`lishi mumkin (ijtimoiy hayotda ham xuddi shunday).
Afsuski, yaqin o`tmishda mamlakatimiz qudrati, uning rivojlanganlik darajasi «yirik», «eng katta», «yagona» kabi tushunchalar bilan ifodalanar, «birinchi» bo`lishi esa ko`p hollarda qolgan barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu mulohazalardan noto`g`ri xulosa chiqarish ham kerak emas, chunki ixtisoslashuvsiz shahar, tuman, viloyat, iqtisodiy rayonlarning, qolaversa, jamiyat va kishilar­ning o`zini ham rivojlanganligini tasavvur qilish qiyin. SHuning uchun ixtisoslashgan tarmoqlar bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham hech bo`lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan bo`lishi lozim. Bu erda ixtisoslashgan tarmoqni daraxtning tanasiga, daryoga, qo`shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shox va shoxchalariga, daryolarning irmoqlariga o`xshatish o`rinli. O`z­o`zidan ma`­lumki, tanasiz shox ham bo`lmaydi, shoxsiz daraxt esa­bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi.
Demak, ixtisoslashuv kompleks, har tomonlama rivoj­lanish bilan uyg`unlashuvi kerak. Zero, ixtisoslashuvda yo`l qo`yilgan xatolar oqibatini hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar ayniqsa, sobiq ittifoqdosh respublika­larning o`zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o`z aksini topmoqda. SHu sababli e`tibor ko`proq har bir mamlakatning mumkin qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot O`zbekistonni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq qildiruvchi, uning o`rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni takomillashtirish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mintaqa va mamlakatlarning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi, eng avvalo, ulardagi mutloq va nisbiy afzalliklarga bog`liq (A.Smit, D.Rikkardo); bu yerda yaratilgan mahsulot uni boshqa joyda etishtirishga ko`ra arzonroq, kam xarajatliroq bo`lishi kerak. Odatda, har bir mamlakat yoki uning alohida qismlari o`zidagi qulay va ar­zon omillardan foydalanib, qiyin va qimmat omil mahsu­lotlarini chetdan olib keladi. Bunday qonuniyatni dastlab shved iqtisodchilari XX asrning 30­yillarida E.Xeksher va B.Olinlar asoslab berishgan.
Ixtisoslashuvning ham tub mohiyati, maqsadi iqtisodiy samaradorlikni oshirishdir. Tabiiyki, bir kishining har xil mahsulot yaratish, yoki har xil kasb bilan shug`ulla­nishidan ko`ra muayyan ishni bajarishi foydali. Qolaversa, mehnatning bir turini uning ikkinchi turi bilan almashuvi davomida vaqt ham ketadi, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati yaxshi bo`lmaydi. Ammo, bu erda sof ijtimoiy ixtisoslashuv kishining fikr doirasini toraytiradi, uni oddiy robotga aylantirib qo`yadi. Ko`rinib turibdiki, ij­timoiy hayotda ham, ishlab chiqarishda ham tor ixtisoslashuv yaxshi natijalar bermaydi.
Download 56,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish