1-mavzu. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Download 56,41 Kb.
bet2/3
Sana09.07.2022
Hajmi56,41 Kb.
#762953
1   2   3
Bog'liq
1-ma`ruza

Mujassamlashuv, eng avvalo, korxona yoki boshqa ishlab chiqarish ob`ektlarining katta­kichikligini anglatadi. Ta­biiyki, jamiyat rivojlanishi bilan mujassamlashuv darajasi ham oshib boradi. SHu nuqtai nazardan o`ziga xos mujassamlashuv qonuniyati mavjud; bir vaqtlar mahsulotlar uncha katta bo`lmagan korxonalarda ishlab chiqilgan bo`lsa, keyinchalik ular asta­sekin yiriklashib borgan (sanoat korxonalarida 100 ming kishidan ziyod ishchi xizmat qiladi, juda katta ko`lamda mahsulot ishlab chiqariladi). Masalan, Rossiya Federatsiyasidagi «Avto­Zil» korxonasi, Magniito­gorsk metallurgiya kombinati, Sayan­SHushen yoki Krasnoyarsk GESi, o`zimizning O`zbekistondagi CHkalov nomli samolyotsozlik zavodi, Olmaliq tog`­metallurgiya kombinati, Toshkent, Buxoro to`qimachilik kombinatlari shular jumlasidandir. Xuddi shunday, sobiq Ittifoq davrida qishloq xo`jaligida ham juda katta kolxoz yoki sovxozlar, chorvachilik fermalari, noishlab chiqarish sohalarida yirik kino­teatrlar, o`rta va oliy maktablar, magazinlar, stadionlar tashkil qilingan edi.
Ishlab chiqarishning mujassamlashuvi katta iqtisodiy samaradorlikka (mujassamlashuv, aglomeratsiya samarador­ligi) olib kelsa­da, bu jarayon cheksiz emas va uni har qan­day sharoitda ham ijobiy baholab bo`lmaydi. Demak, mu­jassamlashuv qonuniyatining ham o`zining chegarasi, me`yori mavjud. Ammo, bu bilan mujassamlashuv o`z mohiyatini yo`­qotmaydi, balki u o`z shaklini o`zgartiradi, xolos.
Mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq ko`rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning turli yiriklikdagi korxonalarda yig`ilishi, to`planishi sof holdagi ishlab chiqarish yoki korxona mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlar joylashuvini esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko`rsatish o`rinli.
Mujassamlashuvning bu shakllari bir­biriga o`tib tu­radi va turli rayon yoki mamlakatlarda har xil birikmada bo`ladi. CHunonchi, shaharning markazlashuv darajasi ma`lum bir bosqichga etgandan keyin o`ziga xos vaziyat vujudga keladi, ya`ni endi mazkur shaharda qo`shimcha korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy­joy, transport muammolari keskinlashadi, qurish uchun er maydoni ham etishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham «istamaydi». Demak, yirik shaharda ham emas, undan uzoqda ham emas; shaharning ichki imko­niyati yo`q, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Natijada yangi korxona yoki ilmiy tekshirish muassasalari, oliy o`quv yurtlari yirik shaharning ta`sir doirasida o`rnashadi­ shahar aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga keladi.
Yuqorida keltirilgan mulohazalarga misol qilib Toshkent atrofida joylashgan go`sht kombinati (O`rtaovul shaharchasi), ToshIES, Toshkent agrar universiteti (YAlang`och manzilgohi), yadro fizikasi instituti (Ulug`bek shaharchasi), alkogolsiz ichimliklar kombinati (Qibray) va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Toshkent aholisi ehtiyoji va xo`jaligi uchun zarur bo`lgan bu korxonalarni poytaxtda qurishning iloji yo`q. Lekin ular iste`molchi, sanoat, ilm­fan mar­kaziga yaqin bo`lmog`i, zamonaviy infrastruktura tizimiga ega bo`lishi lozim. Bundan yana bir xulosa, ya`ni ishlab chiqarish mujassamlashuvi bilan shahar rivojlanishi o`rtasidagi munosabat kelib chiqadi. Dastlab shaharning vu­judga kelishi va ulg`ayishida ishlab chiqarishni joylash­tirish (mujassamlashuv) etakchi rol o`ynaydi, keyinchalik esa shaharning o`zi ishlab chiqarishning hududiy va mujassam­lashuv omiliga aylanadi.
Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol kelti­raylik. Masalan, O`zbekiston sanoat mahsulotining yarmidan ko`pini har birida 2000 dan ortiq ishchi ishlaydigan kor­xonalar ishlab chiqaradi, deb faraz qilaylik. Bu ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvdir. Toshkent shahrida mavjud korxonalar O`zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotining taxminan 17-20 foizini beradi­bu urbanistik mujassamlashuv bo`ladi. Agar Farg`ona vodiysini Respublikamizning asosiy pilla yoki meva maskani, neft mahsulotlari yoki o`simlik yog`i chiqaruvchi rayoni sifatida ko`rsak, u holda hududiy mujassamlashuvni nazarda tutgan bo`lamiz.
Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni paytda ma`lum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgi­laydi. Bu yerda «umumiy maxraj» bo`lib shahar, viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi, hissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg`ona vodiysida O`zbekiston Respub­likasi aholisining 27 foizi joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko`rsatkichi shu raqamdan qancha yuqori bo`lsa, u holda mazkur ishlab chiqarish tarmog`i vodiyda rivoj­langan, iqtisodiy mujassamlashgan bo`ladi.
Korxona, urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon yoki mamlakatlarda turlicha birikma hosil qiladi. Nisbatan past darajadagi urbanistik mujassamlashuvida korxona yoki ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori bo`lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda, masalan, Xivada katta gilam kombinatining joylashuvi misol bo`la oladi. Xuddi shunday, past darajadagi urbanistik mujassamlashuv yuqori ko`rsatkichdagi hududiy mujassamlashuvga ham olib keladi. Bu holda mazkur hududda juda ko`p kichik sanoat punkti yoki markazlari mavjud bo`ladi. Aynan shunday vaziyatni 80­yillarda Respublikaning ko`pgina viloyatlaridagi (Andijon, Buxoro, Farg`ona, Qashqadaryo, Namangan, Xorazm va h.k), to`qimachilik korxonalarining tarqoq, filiallar asosida joylashganligida uchratamiz. SHu bilan birga past darajadagi hududiy mujassamlashuvi yuqori urbanistik ko`rsatkich bilan ham uyg`unlashgan holda keladi. CHunonchi, bir vaqtlar Frantsiya deganda, avvalo uning poytaxti Pa­rij, Vengriya ramzida esa Budapesht tushunilar edi. Hozir ham qo`shni Qirg`iziston Respublikasida ishlab chiqari­ladigan yalpi mahsulotning talaygina qismini uning poy­taxti Bishkek beradi, Turkiya iqtisodiyotida esa Istambul­ning o`rni nihoyatda katta va h.k.
SHunday qilib, yuqori darajadagi mujassamlashuv, ay­niqsa o`ta yirik korxonalarni barpo etish hamma vaqt ham ijtimoiy­iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday hol­larda tayyor mahsulotni transportda tashish xarajatlari ko`payadi, ishchi kuchi etishmaydi va eng muhimi­ekologik muvozanat buziladi. Xo`sh, qaysi darajadagi mujassamlashuv ma`qul, degan savol tug`iladi. Axir, ayni bir hajmdagi mahsulotni turli xil birlikdagi korxona, shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin­ku! Bu erda ham bir tomonlamalik, qat`iylik noo`rindir. Binobarin, turli xil yiriklikdagi korxonalar, katta­kichik shaharlar bo`lgani maqsadga muvofiq. Demak, mujassamlashuv ob`ektiv qonu­niyat, biroq u barcha mamlakatlarga xos va iqtisodiy sa­maradorlikka ega bo`lsada, uning ma`lum chegarasi, ko`lami, doirasi bo`lishi shart.
Mamlakatning birgina, aksariyat hollarda poytaxt shahar asosida rivojlanishini Lotin Amerikasi davlatla­rining yaqin o`tmishdagi taraqqiyoti yoki hozirgi Afrika mamlakatlari misolida ko`rishimiz mumkin. Ushbu mam­lakatlar o`z ijtimoiy­iqtisodiy borlig`ini ularning eng yirik markazi bo`lgan poytaxt shahrida mujassamlashtiradi. Bunday hollarda ishlab chiqarishning bir tomonlama yoki nomutanosib hududiy tarkibi o`ta markazlashgan mujassam­lashuvni bildiradi.
Respublikada ham faqat Toshkent yoki Toshkent viloya­tini rivojlantirib, qolgan mintaqalarni o`z holicha qol­diraverish yaramaydi, albatta. SHu bois Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy­iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish mustaqil davlatning ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosa­tida o`z aksini topmog`i lozim.
Markazlashuv mujassamlashuvning bir ko`rinishidir. Bu erda ishlab chiqarish korxonalari yoki boshqa tashki­lotlar va sohalarni atigi birgina shaharda joylashuvi tu­shuniladi. Ayni paytda mamlakat yoki xo`jalik boshqa­ruvining bunday tizimi yakka hokimlik­monopoliyaga olib kelishi turgan gap, bu esa bozor­erkin iqtisodiyot sharoi­tida maqsadga nomuvofiqdir.
Ta`kidlash joizki, o`tish davri iqtisodiyotida barcha sohalarning kichik bo`lgani ma`qulroq. CHunki, ular hara­katchan, mabodo kasod bo`lganda, inqirozga uchraganda, tez va oson qayta ixtisoslashtirilishi mumkin. Bunday ixcham korxonalarni boshqarish ham qiyin emas. Ammo, kichik korxonalar asosan mahalliy bozorni to`yintiradi va shu jihatdan ularning raqobatbardoshligi, eksport salohiyati o`ta past. Qolaversa, xo`jalikning, jumladan sanoatning barcha tarmoqlarida ham (masalan, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo va b.) mayda hajmdagi korxonalarni qurib bo`lmaydi. O`z navbatida to`g`ri tashkil etilgan yirik korxonalar mintaqa va milliy iqtisodiyotning tayanchi, mamlakat qudratini, uning jahon bozorida qatnashuvini ta`minlaydi.
Mujassamlashuv qishloq xo`jaligi va ayniqsa trans­portda uncha sezilarli emas, chunki ularning joylashuvi «nuqtasimon» bo`lmay, balki areal (maydon) va lentasimon shaklga ega. Albatta, bu erda sof holdagi ishlab chiqarish, ya`ni korxona darajasidagi mujassamlashuv nazarda tu­tiladi. Bunday mujassamlashuv aholi joylashuvida, aholi manzilgohlarning katta­kichikligida, sog`liqni saqlash, ta`lim tizimi, savdo, sport, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalar korxonalarini tashkil qilishda yaqqolroq namoyon bo`ladi. Biroq, yuqorida ta`kidlaganimizdek, mazkur tar­moqlarda ham o`tish davrida faqat yirik korxonalarni qurish ijobiy natijalar bermasligi mumkin.
Tarixan qaraganda, ixtisoslashuv mujassamlashuvdan oldin paydo bo`lgan. Zero, dastlabki ijtimoiy mehnat taq­simoti oila a`zolarini-ayol va erkaklarni turmushning turli sohalariga ixtisoslashuvida o`z aksini topgandi (ayollar uy yumushlari bilan, erkaklar ovchilik bilan shu­g`ullanardilar). Ma`lumki, bu davrda kishilar tabiatda mavjud bo`lgan oziq­ovqat bilan kun kechirar edilar.

Download 56,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish