1-MAVZU. FANNING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
Fanning predmeti
Fanning maqsad va vazifalari
Sanoat tarmoqlarini tarkibi
Ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari
Ishlab chiqarish sanoat tarmoqlariga ta`sir etuvchi omillar
Tayanch iboralar va tushunchalar: qazib oluvchi sanoat, qayta ishlaovchi sanoat, elektrlashtirish, xom-ashyo omili.
Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy ishlab chiqarishning taraqqiyoti jarayonida hamda qishloq xo`jalik hunarmandchilikning rivojlanishi asosida tarkib topa boshladi. Hozirgi vaqtda sanoat moddiy ishlab chiqarishning etakchi tarmog`i bo`lib, u butun xalq xo`jaligining rivojlanish darajasini belgilab beradi. Sanoatda ishlab chiqarish qurollarini va vositalari hamda xalq iste`mol mollarining asosiy qismi bunyod etiladi. Mehnat predmetining bo`lgan ta`siri xarakteriga qarab sanoat qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarga bo`linadi.
Qazib oluvchi – sanoatda inson tabiatga to`g`ridan to`g`ri ta`sir qiladi va er ostidan, o`rmon resurslari va suvdan qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari uchun xomashyo, qurilish materiallari, Yoqilg`i va gidroelektrik energiya oladi. Qazib oluvchi sanoatga tog`-kon sanoati, yog`och tayyorlash, baliq oavlash va GESlar va hakozalar.
Qayta ishlovchi – sanoat o`z navbatida quyidagi ikki turga, ya`ni xomashyoni bevosita (tog`-kon sanoatidan yoki qishloq xo`jaligidan) olib, uni qayta ishlovchi, hamda bilvosita, ya`ni korxonalardan oladigan sanoat tarmoqlariga bo`linadi. Birinchi tarmoqqa metallurgiya, neftni qayta ishlash, ximiya sanoatining ayrim tarmoqlari, taxta tilish, un hamda qand ishlab chiqarish va boshqalar kiradi. Ikkinchi tarmoqqa – mashinasozlik, tikuvchilik, non pishirish, konditer sanoati va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning iqtisodiy ahamiyatiga ko`ra, sanoat ikki katta guruxga bo`linadi. 1. Ishlab chiqarish vositalari (mashinalar, texanizmlar, apparatlar, qurilmalar va boshqalar) ishlab chiqaruvchi tarmoqlardan iborat. 2. Engil va o`ziq-ovqat sanoatlari tarmog`idan iborat bo`lib, asosan xalq iste`mol mollarini ishlab chiqaradi.
Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, jamiyatning talabini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan, moddiy va mehnat resurslaridan to`laroq foydalanishni talab etadi. Bizda qator sanoat tarmoqlari energetika, metallurgiya, ximiya, mashinasozlik tarmoqlari xalq xo`jaligini rivojlantirishda xal qiluvchi rol o`ynaydi. Hozirgi davrda sanoat tarmoqlarining o`zgarishida texnika taraqqiyotining roli katta. Texnika taraqqiyoti evaziga sanoatda uning yangidan-yangi tarmoqlari vujudga keladi.
Korxonada fan-texnika taraqqiyoti ikki asosiy yo`nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi, mahsulotning yangi turlarining ishlab chiqarish, o`zlashtirish va ishlab chiqarilayotgan buyumlarning texnik-iqtisodiy tavsifini yaxshilashdir. Ikkinchisi, ilg`or texnologik jarayonni joriy etish. Bu ikki yo`nalishning uzviy qo`shib olib borilishi hamda bir-biriga ta`siri korxonalar va butut xalq xo`jaligida ishlab chiqarish samaradorligining ortishiga olib keladi.
Iqtisodiyot rivojlanishi uning ijtimoiy va hududiy tashkil etilishi bilan bog`liq. Ishlab chiqarishning bunday shakllari esa muayyan bir jarayonning ikki tomoni bo`lib, u mohiyatan ijtimoiy va hududiy (geografik) mehnat taqsimoti xususiyatlaridan kelib chiqadi. Binobarin, ularni bir biriga mutlaqo teskari qo`yib bo`lmaydi, chunki katta yoki kichik, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish albatta ularni ma`lum hududda joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tashkil etish shakllari mujassamlashuv, ixtisoslashuv, hamkorlik va kombinatlashuvdan iborat. Bular ham o`zaro aloqadorlikda rivojlanib boradi va ko`pincha birgalikda sodir bo`ladi. Ularning astasekin takomillashib borishi, birbirlari bilan uyg`unlashuvi fantexnika taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishi bilan hamkorlikda yuz beradi.
Mujassamlashuv va ixtisoslashuv ishlab chiqarishni ijtimoiy (hududiy) tashkil qilishning nisbatan oddiyroq shakllari hisoblanadi. Biroq, ayni ana shu shakllarning o`zgarib borishi qolgan shakllar, ishlab chiqarish rivojlanish xususiyatlarga katta ta`sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |