1.1a – rasm. Eski juva bozori, ya’ni Eski shahar bozori (rekonstruktsiyaga qadar)
1.1b – rasm. Eski juva bozori, ya’ni Eski shahar bozori (rekonstruktsiyadan keyin)
1.2 – rasm. CHorsu – Oxunboboev maydoni
1.3a-rasm. Xastimom majmuasi (rekonstruktsiyaga qadar)
1.3b-rasm. Xastimom majmuasi (rekonstruktsiyadan keyin)
14a-rasm. Farobiy (sobiq CHig’atoy) ko’cha fragmentlari
1.4b-rasm. Farobiy (sobiq CHig’atoy) ko’cha fragmentlari
1.5-rasm. Sag’bon ko’chasi
1.6-rasm. Qorasaroy ko’chasi
Eski turar-joylar haqida so’zlashda avvalam bor ko’riladigan davrni ajratib olish lozim bo’ladi. Bizning fikrimizcha XX asrni quyidagi oraliqlarga ajratish mumkin:
XX asrning 20 yillarigacha;
20 yillardan 41 yillarigacha;
45 yildan 1991 yilgacha - O’zbekistonning mustaqillikka erishgunga qadar;
mustaqillik yillari.
Eski turar-joy uylarining rejaviy tavsifi, texnik holati va konstruktiv yechimi aholining o’sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlari ya’ni boylar, o’rta xollar va kambag’allar bilan bevosita bog’liq. SHaharlarda istiqomat qiluvchi aholining jamiyatda tutgan o’rniga ko’ra yirik tadbirkorlar, amaldorlar, savdogarlar, diniy arboblar (domla, imom va hokazo), hunarmandlar va qora ishchilarga ajratilgan. Ularning turmush tarzi, yashash sharoiti ham shunga yarasha bo’lgan.
SHahardagi turar joy uylarining asosiy rejaviy birligi mahalla hisoblanib, uning aholisi yashash va birgalikda hamkorlikning nihoyat barqaror qonunlari bilan bog’langan. XX asr boshlarida Toshkentda bunday mahallalarning soni 200 dan ko’proq bo’lgan. Ular kasb-hunar yoki milliy belgilarga ko’ra ajralgan. Ularning aksariyat nomlari ham yuqorida zikr etilgan voqelikni isbotidir. Masalan: Degrez mahallasi, metall-quyuvchilar yashash joyi, o’qchi-mahallasi, qurol yarog’ ishlab chiquvchilar yashash joyi va hokazo. Boshqa mahallalar esa ularga asos soluvchilarning milliy mansublikligini ko’rsatuvchi belgi bilan, xususan: Tojik mahalla – tojiklarga, Qozoq mahalla – qozoqlarga, Oxunguzar – oxunlarga va boshqalar. Lekin ko’pchilik hollarda mahallaning nomi diqqatga sazovor joylarning yoki xududlarida joylashgan masjid yoki mozor nomlari bilan atalgan.
Mahalla o’zining oqsoqoli, mirobidan iborat ma’muriyatiga, shahar tashqarisida yer xududi va jamoat markaziga ega bo’lgan bir kichik olam sanalgan. Jamoat markazi odatda masjiddan, atrofida ko’kalamzorlashtirilgan maydoncha va loydan barpo etilgan sufa va hovuzdan iborat. Aksariyat hollarda bir necha mahalla umumiy savdo-hunarmandchilik va madaniy markazlarga ega bo’lgan. Bunday markazlar guzarlar deb atalib asosiy magistral ko’chalarda yoki ularning kesishgan joylarida joylashganlar. Guzarlarda jamoat ahamiyatiga ega bo’lgan inshootlar katta qismni tashkil etgan. Unda anchagina odam sig’adigan masjid (bu yerda madrasa ham bo’lishi mumkin), keldi-ketdi hovli-karvon saroy, choyxona, temirchilar ustaxonasi, sartaroshxona, uncha katta bo’lmagan bozorchaning peshtaxtalari bor. Guzarlar o’tkinchi yo’lovchilarga, atrof mahallalar aholisiga xizmat ko’rsatgan. SHu bilan bir vaqtda guzarlar mahallalarni yagona yirik xududiy rayonga birlashtiradi (1.7-rasm).
Eski Toshkent turar-joy uylari ichida ko’p xonadonli turar-joy binosi uchramasdi. Agar qandaydir bir sabab bilan shaharlik o’z uyidan mahrum bo’lsa, u holda u karvon saroylardagi bo’m-bo’sh xujralarda yashashga yoki boshqalarning ishlab-chiqarish yoki omborxona joylarini vaqtincha olishga majbur bo’lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |