1-Mavzu: Fanning mazmuni, maqsadi va vazifasi, uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Download 28,87 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi28,87 Kb.
#712767
Bog'liq
1-mavzu (2)


1-Mavzu: Fanning mazmuni, maqsadi va vazifasi, uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

Reja:

1. O'zbekiston Respublikacida mustaqillikni mustahkamlashda transportning o'rni va asosiy vazifalari.
2. Transport va harakat xavsizligi to’g’risidagi asosiy tushunchalar, ularning halq ho'jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda tutgan o'rni.
3. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifasi, boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Tayanch iboralar: transport, magistral ,harakat,tranzit,harakat miqdori,harakat xavfsizligi,transport zanjiri,konvenciya,yo'l tarmog’i, magistral,yo'l transport xodisalari, transport infratuzilmasi, transport aloqasi.

1. Hozirgi kunda Mustaqil O'zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlari sharoitida yangicha shakllantirishda avtomobil transportining ahamiyati katta bo'lib, respublikamizni avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uning bekiyos imkoniyatlaridan nishona, istiqbolli, kelajagi buyukligini tasdiqlovchi omildir.


O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng iqtisodiy o'zgarishlar hayotga izchil joriy etila boshladi. Chunonchi, avtomobil ishlab chiqarish sanoati yo'lga qo'yildi, yo'l qurilish soxasi jadallashtirildi, shuningdek, chet el davlatlari bilan savdo aloqalari yuqori darajaga ko'tarildi. Bu esa, tabiiy ravishda Respublika avtomobil yo'llarida harakat miqdori yildan-yilga ortishiga olib keldi. Hozirgi va istiqboldagi asosiy masalalardan biri avtomobil yo'llarida harakat xavsizligini ta'minlashdan iborat bo'lib, unda yo'l-transport qodisalari, ularda xalok bo'luvchilar va tanjaroxati oluvchilar sonini, ko'riladigan umumiy ijtimoiy-iqtisodiy zararlarni kamaytirishga qaratilishi zarur.
Respublikamizdagi hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishda avtomobilsozlik sanoati va transport tizimining rivojlanishi hamda transport infratuzilmasining eng muhim yo'nalishlaridan biri magistral avtomobil yo'llari tarmoqini rivojlantirish bo'lib, bu yo'llardan yaqin va uzoqdavlatlar bilan tranzit aloqalarni amalga oshirishdir.
Jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishda, chet mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarini o'rnatishda, mamlakat mudofaa qudratini oshirishda transport katta axamiyatga ega.
Prezidentimiz I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari” kitobida transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va temir yo'llarni rivojlantirishga alohida e'tibor xaratilgan. 2010yil 21dekabrdagi”2011-2015 yillarda infratuzilmani ,transport va kommunikaciya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to'g’risidagi” qarori va 2011-2015yillarda O'zbek Milliy Avtomagistralini barpo etish davlat dasturi”ning amalga oshirilishi respublikamizning barcha mintaqalari o'rtasida yil davomida ishonchli transport aloqasining ta'minlanishi ta'kidlangan. Shuningdek, dastur doirasidagi ishlarqo'shni mamlakatlar chegaralaridan o'tmasdan, yuklarni manzilga uzluksiz etkazish, yo'lovchilar tashish uchun sharoit yaratilganligi, hududimiz orqali o'tadigan yuklar tranzitini sezilarli darajada ko'paytirishga hizmat qiladi.
2010 yilda yanada ishonchli transport hizmati ko'rsatish uchun qabul qilingan qo’shimcha chora-tadbirlar bilan bir qatorda halqaro axamiyatga molik umumiy foydalanishda bo'lgan 400 kilometrdan ortiq avtom obil yo'lini modernizaciya qilish ko'zda tutilgan. Jumladan, Beynov - Buhoro - Samarqand - Toshkent - Andijon yo'nalishi bo'yicha 4 qatorli halqaro avtomobil yo'lini, shuningdek, Buhoro - Olot va Samarqand – g’uzor yo'llarining strategik uchastkalarini qurish mo'ljallangan. Shu bilan birga, maxalliy byudjetlar va Respublika yo'l jamg’armasi mablaqlar xisobidan joylardagi maxalliy axamiyatga molik yo'llari,tuman markazlari va shahar ko'chalari.ho'jaliklararo qishloq yo'llari,hamda yangi shahar axoli yashash punktlariga olib boruvchi avtomobil yo'llarini ta'mirlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012yil 9 apreldagi “2012 yilda Umumiy foydalanishdagi va ichki ho'jalik avtomobil yo'llarini ta'mirlash dasturi to’g’risidagi” 103-sonli qarori ijrosini belgilangan muddatlarda ta'minlash yuzasidan tegishli kompleks chora tadbirlar ishlab chiqilib,amalga oshirilmoqda.
2. Transport halq ho'jaligi tarmoqlarini o'zaro bog’lovchi vosita bo'lib, hom ashyolar,asbob-uskunalar,yarim tayyor maxsulotlar,yoqilg’i, va boshqa turli hil maxsulotlarni sanoat tarmoqlari va korhonalari o'rtasida tashish transport yordamida amalga oshiriladi.Transportdan korhonalar ichidagi ishlab chiqarish jarayonida ham keng foydalaniladi.Halqaro savdo,turistik va boshqa aloqalarning rivojlanishi, fan va tehnika .madaniyat va sport sohalaridagi munosabatlarning yuksalishi transport vositalari va aloqa yo'llarining rivojlanishiga ko'p jixatdan bog’liqdir. Bulardan tashqari mamlakatimiz ichida va hamdo'stlik mamlakatlari o'rtasida tovar aylanishining rivojlanishida ham transportning ahamiyati kattadir. Axolini sanoat va oziq ovqat mollari bilan o'z vaqtida taminlash transporning asosiy vazifalaridan biridir. Shu bilan birga mamlakatimizda sanoat va transportlar turlarining rivojlanishi natijasida, fan va tehnikaning so'ngi yutuqlari asosida sanoat transport tarmoqlari vujudga kelib muttasil yuksalib bormoqda.
Mohiyatan transport operaciyalari tashqi savdo bitimlarini amalga oshirishni boshlaydi va tugatadi. Korhonaning eksport qilmokchi bo'lgan mahsuloti sifati qanchalik yuqori bo'lmasin, agar transport hizmati yahshi tashkil qilinmagan bo'lsa, bu korhonaning ishlari yurishmasligi mumkin. Yuklarni halkaro tashish umumiy foydalanishdagi transportlar ya'ni dengiz, daryo, temir yo'l, avtomobilь, havo vaquvurlar orqali ta'minlanadi. Eksport yuklarini paket va konteyner shaklida tashish keng tarqalgan. Aralash holda tashishlar ham bor. Bunda bir necha transport turlari qatnashadi. Konteynerdagi yuk "eshikdan eshikkacha" tashuvchining muqri ostida etkazib berilishi mumkin. Transportning normal ishlashi shartnoma tuzgan tomonlarning o'z majburiyatlarini bajarishlarini ta'minlaydi. Agar bu majburiyatlar bajarilmasa, ancha yo'qotishlar kelib chikadi. Bu esa tovarlarning, ularni tayyorlovchilarning raqobatbardoshligi kamligiga olib keladi. Horijiy mamlakatlar bilan savdoda yuk etkazib berishni tezlashtirish bitimning amalga oshirilishini tezlashtiradi. Bu esa horijiy valyutaning tezroq tushishi degan gap. Tez etkazib berish aylanma mablag’larining aylanishini tezlashtiradi. Yuklarni tashish bo'yicha halqaro amaliyot shuni ko'rsatdiki, transport harajatlari keyingi paytda o'sib bormoqda va halq ho'jaligi sezilarli yo'qotishlarga duch kelmokda. Bu avvalambor, transport vositalarining etishmasligi, yuk tashish tezligining kamligi, yuklarning tashishga tayyor emasligi, tashuvchilarning yo'lda yuklarning buzilishi uchun javobgarlikni kam his qilishlari va shu kabilarga larga bog’liq
O'zbekiston mustaqillikning dastlabki yillarida eksport-import yuklarini tashish uchun 2 ta transport yo'lagidan foydalangan bo'lsa, bugunga kelib tashqi savdo yuklari 10 ga yaqin yo'nalishlar orqali jahon bozorlariga etkazib berilmoqda. Natijada ana shu yuklarning 50 foizdan ortiqi an'anaviy yo'laklarga nisbatan qulay bo'lgan muqobil yo'llar orqali tashilmoqda. O'zbekistonda logistika markazlarini tashkil etishga aloqida e'tibor qaratilib,xususan, «Navoiy halqaro intermodal logistika markazi», «Angren logistika markazi», shuningdek, poytahtimizning Sirqali tumanidagi «Toshkent logistika markazi»ni barpo etish va rivojlantirishga hizmat qilayotgan loyixalar mamlakatimizning tranzit saloxiyatini oshirish va bunday imkoniyatlardan to'laqonli foydalanishda muhim o'rin tutadi.
Avtomobil transporti vositalarining yo'llarida harakat xavsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda. Avtomobil transportining atrof-muxitga etkazadigan zararlari miqdori kundan-kunga oshib borishi, eng asosiysi esa, yo'llarda sodir etilayotgan yo'l-transport qodisalari natijasida ko'plab odamlarning jabr ko'rishlari va hayotdan ko'z yumishlari, yo'l-transport qodisalarining oldini olish uchun ko'rilayotgan qator tadbirlarga qaramasdan, ularning miqdori kamayishiga erishib bo'lmayapti. Bu esa, yo'l harakati xavsizligi muammolariga o'ta jiddiy yondoshish zarur ekanligini mutahassislar oldiga vazifa qilib qo'ymoqda. harakat xavsizligini ta'minlash uchun unga ilmiy yondoshish, uning barcha serqirra jarayonlarini tahlil etish zarur. Buning uchun yo'l harakati xavsizligi bo'yicha mutahassislar yo'l harakatining asosiy ko'rsatkichlarini, yo'llardagi sharoitlarning transport oqimlari harakatlariga qanday ta'sir ko'rsatishlarini, transport oqimlarini boshqarishning tehnik vositalari orqali yo'l harakatini boshqarish bo'yicha bilimlarga ega bo'lishlari zarur.
Yo'l harakatini tashkil etish - transport vositalari oqimini maksimal darajada yo'lning geometrik o'lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning xar hil bo'laklarida havfsiz harakat tartibini va yuqori o'tkazish qobiliyatini ta'minlashga haratilgan tadbirlar tizimidan iborat.
xozirgi kunda “Yo'l harakati xavsizligi to'g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni (1999 yil 19 avgust O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XV-sessiyasida qabul qilingan), harakat xavsizligining xuquqiy mezonini ta'minlovchi asosiy me'yoriy xujjat bo'lib hizmat qiladi. Bu qonun yo'l harakati xavsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solish hamda fuharolarning xayoti, sogg’ligi va mol-mulkini muxofaza etishni ta'minlashga, ularning xuquqlari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, atrof-muxitnihimoya etishga haratilgan. Yo'l harakati xavsizligi to’g’risidagi qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qabul qilingan:
Yo'l - transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va huddi shu maqsadda foydalanishga er mintaqasi yohud sun'iy inshoot yuzasi;
Yo'l harakati - odamlar va yuklarni transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo'llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
Yo'l harakati katnashchisi - yo'l harakati jarayonida transport vositasininghaydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shahs;
Yo'l harakati xavsizligi - yo'l harakati katnashchilarning yo'l-transport xodisalari va ularning oqibatlaridan ximoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo'l harakati qolati;
Yo'l-transport xodisasi - transport vositasining yo'ldagi qatnovi jarayonida sodir bo'lib, fuharolarning o'limi yoki ularning sog’lig’iga zarar etishiga, transport vositalariga, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar etkazilishiga sabab bo'lgan xodisa:
Yo'l harakati xavsizligini ta'minlash - yo'l-transport xodisa-larining yuzaga kelish sabablarining oldini olishga, bunday xodisalar oqibatlarining og’irligini engillashtirishga haratilgan faoliyat;
Transport vositasi - odamlarni, yuklarni tashishga yoki mahsus ishlarni bajarishga mo'ljallangan qurilma.
Yo'l harakatini tashkil etish tamoyillari transport oqimini to'g’ri yo'naltirishga, kerak xollarda ularni tezliklar bo'yicha guruhlarga ajratishga, har bir yo'l bo'lagi uchun racional tezliklarni belgilashga, xaydovchilarga o'z vaqtida harakat marshruti va yo'l sharoiti to’g’risida ahborot berishga haratilgan.
Fanni o'qitishning asosiy maqsadi transport tizimi, transport zanjiri, transport siyosati hamda yuklarni va yo'lovchilarni tashish bozori bilan talabalarni tanishtirish; bozor ikdtisodiyoti sharoitida transport to'g’risida nazariy bilimlar berish; transportning social-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini bilib olish, harakati xavsizligi muammolariga o'ta jiddiy yondoshish, yo'l harakatining asosiy ko'rsatkichlarini, yo'llardagi sharoitlarning transport oqimlari harakatlariga qanday ta'sir ko'rsatishlarini, transport oqimlarini boshqarishning tehnik vositalari orqali yo'l harakatini boshqarish bo'yicha bilimlarga ega bo'lishlari zarur.
Shuningdek, jamiyatni, transport siyosatini, ya'ni muvofiklashtirish, raqobat strukturasini o'zgartirish va tashish ishini baynalminallashtirish masalalarining tadqiqoti, transport harakatini, tashish jarayonini, transport tizimini va transport bozorini tadqiqot etish, o'zgaruvchan sharoitlarda transport tizimining ahamiyatini anglash, turli hil transportlarning faoliyatini kooperaciya etish va muvofiqlashtirish principlari, transport risklarini boshqarish ko'nikmalarini talabalarda xosil qilish, transport yo'laklarida transport tizimi faoliyatini baxolash va transport turlari elementlarining istiqbolini ishlab chiqish, yuklar va yo'lovchilarning harakati to'g’risida hamda transport va savdo xujjatlari to'g’risida ahborotlar berishdan iboratdir.

Mavzu yuzasidan nazorat savollari:


1. Fanning mazmuni va maqsadi nimalardan iborat


2. Transportning asosiy vazifasi nima
3. Transport va harakat xavsizligi to’g’risidagi asosiy tushunchalar nimalardan iborat
4. Transportni O'zbekiston Respublikasi halq ho'jalik tarmoqlari rivojlanishidagi o'rni qanday
5. Respublikada mustaqillikni mustahkamlashdagi transportning asosiy vazifalari
Download 28,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish