a) Jarayonning normal kechishi (barcha nuktalar yul kuyilishi mumkin bulgan ogishlar doirasida)
c hetga ogishlarning
y ukori chegarasi
uk chizigi
c hetga ogishlarning
kuyi c hegarasi soat 9-00 soat12-00 soat15-00
b) Jarayonning chetga chikishi ( beshta ketma-ket nuktadan uchtasi chetga ogishlarning yukori chegarasidan tashkarida).
14- chizma .Texnologik jarayon nazorati kartasi
10.2. Sifatni boshqarishni takomillashtirish.
Sifatni ta’minlashning barcha dasturlarida asosiy e’tibor sifatni boshqarishning samarali usullarini tashkil etishga karatilgan.
Sifatni boshqarishning xozirgi kunda jaxon amaliyotida kullanilayotgan usullariga quyidagi usul va yondoshishlar kiradi:
Deming yondoshuvi, sifat tugaraklari, “sifat uchun tulanmaydi” kontseptsiyasi va boshkalar.
Deming yapon sanoatidagi uz ishlari bilan tanilgan va e’tirof etilgan maslaxatchi bulib, YAponiyada xar yili ta’minlashda eng yukori natijalarga erishgan firmaga Deming mukofoti topshiriladi. Deming sifatni oshirishning kompleks dasturini doimiy ravishda amalga oshirish zarurligini va bu dasturlarda ta’minotchilar xam, iste’molchilar xam, investorlar xam ishtirok etishi kerakligini uktiradi. Ushbu yondoshishning asosi bulib chikishdagi mahsulot sifati uzgarishining statistik nazorati xisoblanadi.
Sifat tugaraklari — bu sifat masalalarini muxokama kilish va sifatni yaxshilash bo’yicha goyalarni ishlab chikish uchun muntazam yigilishlarga ixtiyoriy xolda tuplanuvchi bir bulinma ishchi yoki xizmatchilari guruxlaridir. Tugarak a’zolari odatda sifat masalalarini aniklash va xal kilishga yordam beruvchi maxsus tayyorgarlikdan utadilar. Tugarak yigilishlariga ba’zida korxona ma’muriyatidan mutaxassislar taklif etiladi,lekin asosan sifat tugaraklari muvaffakiyati ishlovchilarning ishtiroki bilan belgilanadi. Ishlovchilarning sifat tugaraklarida ishtirok etishi ularning uz rivojlanishi va tayyorgarligini oshirishiga yaxshi imkoniyatlar yaratadi, tashkilotdagi kommunikatsiyalarni yaxshilaydi,jamoadagi ma’naviy muxitni yaxshilashga yordam beradi.
“Sifat uchun xaq to’lanmaydi” kontseptsiyasi Fil Krosbi tomonidan ishlab chikilgan bulib, uning moxiyati shundaki, sifat uchun tulanmaydi, balki uning yukligi yoki etishmasligi uchun pul tulash kerak va shu sababli uni nazorat kilish zarur. Krosbi dasturiga statistik usullar kirsada, asosiy e’tibor xulk- atvor jixatlariga karatilgan.
Sifatni ta’minlash va yaxshilash dasturlarida ishlovchilarni moddiy va ma’naviy ragbatlantirish usullari xam kuzda tutilishi zarur. Bunda sifatni yaxshilashga oid yangi ish usullari,ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini yaratish uchun zaruriy sharoit, muxit va ragbatlantirish mexanizmi ishlab chikilishi maksadga muvofik.
YUkoridagilarni umulashtirib, aytish mumkinki, sifatni ta’minlash va boshqarish keng miqyosli kompleks faoliyat bulib, ishlab chiqarish menejerlaridan aloxida e’tibor, nazorat kilishni talab kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |