2. Sovuqqa chidamli ekinlar. Ildizmevalilar, karam, salat, shivit, ismaloq, bosh piyoz, gorox kiradi. Bularning urug’i 3-5 0S issiq haroratda una boshlaydi. Qulay harorat 17-20 0S. Bu guruh o’simliklari 3-5 0S, hatto 7-10 0S gacha sovuqqa chidaydi.
3. SHartli issiqsevar yoki yarim sovuqqa chidamli ekinlar. Faqat kartoshka kiradi. Tuganak tugish uchun qulay harorat 15-17 0S, palagi 0 daraja sovuqdan nobud bo’ladi.
4. Issiqsevar ekinlar. Bularga pomidor, bodring, qalampir, boyimjon kirib, urug’lari 12-15 0S da unaboshlaydi. Qulay harorat 20-30 0S. Harorat 150S dan pasaysa yoki 30 0S dan oshsa o’sish to’xtaydi. Salgina (0,5-1 0S) sovuq, ekinlarni urib ketadi.
5. Issiqqa chidamli sabzavot ekinlar. Bu guruhga qovun, tarvuz, qovoq, makkajo’xori, loviya kiradi. Bu ekinlar issiqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. Harorat 30-40 0S da fotosintez eng yuqori bo’ladi.
O’simliklarni noqulay harorat sharoitidan himoya qilish. Fan va amaliyotda o’simliklarni noqulay harorat sharoitidan himoya qilish usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ular sabzavot ekinlarini g’oyat xilma - xil iqlim sharoitida o’stirish imkonini beradi. Bunga esa, bir tomondan o’simliklar tabiati (irsiyati) ni, ya’ni ularning issiqqa talabchanligini o’zgartirish yo’li bilan, ikkinchi tomondan, noqulay harorat sharoitidan himoya qilishning turli vositalarini qo’llash yo’li bilan erishiladi.
Masalan, selektsionerlar duragaylash yordamida kartoshka, pomidorning sovuqqa chidamli navlarini yaratdilar. O’simliklarning haroratga talabchanligi o’stirish sharoitiga qarab o’zgarishi ham mumkin. Masalan, salgina muzlatilgan pomidor urug’lari odatdagi pomidor urug’lariga nisbatan ancha past haroratda una boshlaydi. Ma’lumki, urug’i bevosita dalaga ekib o’stirilgan pomidor ko’chat qilib o’stirilgan pomidor ekiniga nisbatan sovuqqa chidamliroq bo’ladi. Sovuqqa chiniqtirilgan ko’chat chiniqtirilmagan ko’chatga qaraganda sovuqqa ko’proq chidamli ekan.
O’simliklarni noqulay - juda yuqori yoki, aksincha, past haroratlardan himoya qilishga, avvalo, urug’dan ekish va ko’chat qilib o’tqazish muddatlarini to’g’ri tanlash yo’li bilan erishiladi. Issiqni ko’p talab qilmaydigan sovuqqa chidamli o’simliklar erta bahorda ekiladi, sovuq urmaydigan o’simliklar esa, hatto kuzda ham ekila beradi, ammo issiqsevar o’simliklarni faqat qora sovuqlar o’tib ketgandan keyin, qizigan tuproqqa ekish mumkin.
Janubda yuqori haroratdan qiynalib, yaxshi avj ololmaydigan o’simliklarning o’suv davri yozgi yuqori haroratli kunlar boshlanmasdan tugallanishini mo’ljallab bahorda, iloji boricha ertaroq, yoki, aksincha, meva tugish davrini havo ancha salqin bo’ladigan-kuz oylariga surish maqsadida, yozning ikkinchi yarmida ekiladi.
Tuproqning ustki qatlamlari haroratiga tuproqdagi shart-sharoit ham katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki, strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlarga nisbatan bahorda tezroq iliydi, chirindiga (gumusga) boy bo’lgan qora tuproqlar harorati qumli va qumoq tuproqlar haroratidan qishda birmuncha yuqori, yozda esa anchagina (3-6 0S) past bo’ladi.
O’simliklarning daladagi issiqlik rejimini xilma-xil agrotexnik usullar yordamida o’zgartirish mumkin. Ma’lumki, tepaliklarning janubga qaragan yon bag’ri shimoliy tomoniga nisbatan kuchliroq qiziydi va shunday yerlardagi o’simliklar sovuqdan kamroq qiynaladi: pushtalar tekis yerlarga nisbatan hamda pushtalarning janubiy yon bag’ri shimoliy yon bag’riga nisbatan ko’proq qiziydi. SHuning uchun issiqsevar o’simliklarning urug’ va ko’chatlari erta bahorda
ekilgani ma’qul. YUqori haroratlardan qiynaladigan o’simliklar esa, aksincha, shimoliy yon bag’irlarga ekiladi.
Ixota daraxtzorlari barpo qilish hamda to’siq bo’ladigan ekinlar ekish o’simliklarni sovuq va issiq shamollardan, shuningdek, qora sovuqlardan himoya qiluvchi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Kuzda ekilgan yoki ko’chat qilib o’tqazilgan ekinlarni qishki sovuqlardan saqlash uchun ustiga chirindi yoki tuproq sochib qo’yiladi.
Tuproq betini go’ng, somon, torf, qog’oz, sintetik plyonka va boshqa narsalar bilan mulchalash ham tuproq haroratiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Qoramtir tusli mulcha tuproq haroratini oshiradi va shu sababli u erta bahorda ekin ekishda hamda issiqsevar o’simliklarni o’stirishda qo’llaniladi. Och tusli mulcha, aksincha, tuproqni ortiqcha qizib ketishdan saqlaydi. SHuning uchun undan yuqori haroratlarda avj ololmaydigan o’simliklarni o’stirishda foydalanish mumkin.
Tuproq betini qoramtir tusga va oqqa bo’yash yo’li bilan ham tuproq haroratini o’zgartirish mumkin.
O’simlik tuplari atrofidagi tuproq va havo haroratiga ko’chat qalinligi ham katta ta’sir ko’rsatadi. Tuplar qalin (zich) bo’lsa, tuproqqa soya solib haroratni pasaytiradi, o’simlik tuplarining siyrak bo’lishi esa tuproqning ko’proq qizishiga imkon tug’diradi.
Sabzavot ekinlarini tez-tez har 4-6 kunda sug’orib turish tuproq haroratini anchagina (3-3,50S) pasaytiradi va havoning namligini oshiradi. O’simliklarni qalin joylashtirish bilan birga tez-tez sug’orib turish tuproq haroratini (10 sm chuqurlikda) 5-6 0S pasaytiradi.
Biroq sug’orish ayni vaqtda haroratni oshiruvchi vosita xizmatini ham o’taydi va undan ko’pincha o’simliklarni kuzgi qora sovuqlardan himoya qilishda foydalaniladi.
Qish va bahor davrida sabzavot ekinlari teplitsa va parniklarda o’stiriladi. Ko’chatlar dalaga o’tqazilgandan keyin esa ularni qog’oz qalpoqchalar, sopol tuvakchalar, yorug’ o’tkazadigan plyonkalar va boshqa narsalar yopish, shuningdek, tutatish va yomg’irlatish yo’li bilan sovuqdan himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |