14-mavzu: Himoyalangan yerlarda asosiy sabzavotlarni etishtirish texnologik xaritasining agrotexnik qismini tuzish.
Sabzavotchilikda asosiy rejaviy hujjat bu texnologik xarita hisoblanadi, bunda sabzavot ekin turlari bo'yicha alohida ishlov berish, parvarishlash va yig'ib-terib olish ishlari bo'yicha agrotexnik tadbirlar belgilab beriladi. Texnologik xaritani ishlab chiqishda har bir xo'jalikning ichki imkoniyatlari, resurslarini va hududiy xususiyatlari hisobga olinadi . Xo'jaliklar kam xarajat sartlagan holda mo'l-ko'l hosil olish imkoniyati bor texnologiyani qo'lIashga harakat qiladi. Shu tariqa sabzavotchilikni sanoat darajasiga yetkazish mumkin. Texnologik xaritani tuzishda xo'jalikda qabul qilingan me'yorlar va ish laming tartib raqami, shifr belgilari qo'yiladi. Keyinchalik ekinlarga ishlov berish bo'yicha agrotexnik tadbirlar aniq ko'rsatiladi. Agrotexnik .tadbirlar bo'yicha ish jarayonlari quyidagilar: tuproqqa ishlov berish, ekin oldi ishlov berish, ekish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi tadbirlar, hosilni yig'ib olish ishlari va boshqalar. Har bir rejadagi ekin maydoni bo'yicha fizik birliklar aniqlanadi. Mexanizatsiyalashgan ishlar ko'lami
y=a+bx
bunda, y - I ga yerdan olingan hosildorlik, s; a - I ga yerdan olinadigan hosildorlik darajasi, s. b - I ga yerdan olinadigan hosilni yiJlik o'rtacha o'sishi, s; x - tahlil uchun olingan yillar.
Bundan keyin har bir ekin turini almashlab ekish bo'yicha hosildorl ik rejalashtiriladi
Yr =[ (a+b)(x+k)
bunda, Yr - joriy yilda ekin turi bo'yicha rejadagi hosildorlik s/ga;
k - rejalashtirilgan yillar.
15-mavzu: Himoyalangan yerlarda ayrim sabzavot ekinlarini etishtirish texnologiyasi
1. Sabzavotlarning issiqlik, yorug’lik, namlik, tuproq va harorat ta’sirida o’simliklar filogenezidagi o’zgarishlar. Hosil miqdori, sifati va shakllanish muddati o’simlik bilan tashqi muhitning murakkab o’zaro ta’siri natijasidir. Muhitning holatini hisobga olmasdan ekinlardan yuqori, mustahkam hosil ta’minlovchi agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqib bo’lmaydi.
Ma’lumki, o’simlikning hayotiy omillari 5 ta; harorat, yorug’lik, namlik, havo va oziq moddalar bo’lib, ular teng ahamiyatli, almashinmaydi va o’zaro birgalikda ta’sir etadi. O’simlik o’sishi, rivojlanishi va mahsuldorligini belgilashda muayyan sharoitga qarab omillar o’rni yoki miqdori o’zgaradi.
Umuman, o’simlikka ta’sir etuvchi barcha tashqi omillarni 4 guruhga
bo’lish mumkin:
1. Iqlim (issiqlik, yorug’lik, namlik va havo tarkibi).
2. Tuproq yoki edafik omillar (tuproq fizik holati, tarkibi, undagi nam va elementlar, tuzlar).
3. Biotik omillar (o’simliklar bilan makro, mikroflora va faunalar o’zaro ta’sirida vujudga keladigan sharoitlar).
4. Antropogen omillar (inson faoliyati natijasi, ya’ni mehnat qurollar, mashinalar, o’g’itlar, zaharli ximikatlar, atrof-muhitning ifloslantirilishi kabilar).
Tashqi sharoitning o’simliklarga ta’sirini baholashda asosan 3 ta ko’rsatkichdan foydalaniladi:
1. Talabchanlik (muayyan omilga o’simlikning zarurat darajasi);
2. CHidamlilik (omilning minimum va maksimum darajalariga o’simlikning chiday olish qobiliyati);
3. Ta’sirchanlik (omilning o’zgarish holatiga o’simlikning tez va kuchli ijobiy moslashishi).
Masalan, tarvuz ekinining issiqqa munosabati yuqori talabchan, past haroratga chidamsiz, yuqori haroratga ta’sirchan ekanligi bilan xarakterlanadi.
Sabzavot ekinlarining tashqi omillarga reaktsiyasi (munosabati) o’simlikning turi, yoshi, navi va irsiyatiga bog’liq. Masalan, urug’ bo’kish fazasining o’tishi uchun eng avvalo namlik, nishlash uchun harorat, unib chiqish uchun yorug’lik zarur. SHuning uchun selektsiya, urug’chilik va agrotexnikaning asosiy vazifasini muayyan sharoitga mos navlar yaratish, ularning chidamligini oshiruvchi qulay usullar ishlab chiqishdan iborat.
Sabzavot ekinlarining o’sish va rivojlanishini boshqarish, ulardan mo’l hosil olish uchun o’simliklarning tashqi muhit omillariga talabchanligi, chidamliligi va ta’sirchanligini bilishni, so’ngra ularni maqsadga muvofiq yo’naltirishni qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |