1-mavzu. Fan ijtimoiy-madaniy hodisa reja: Fan tushunchasining tahlili. Fan taraqqiyotiga oid yondashuvlar tasnifi



Download 0,52 Mb.
bet2/29
Sana21.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#568756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
1-ma`ruza mashg`uloti

Hozirgi kunda fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi.
Bilim sifatida fan borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Bilimning noilmiy va ilmiy kabi turlari farqlanadi. Noilmiy bilim kundalik amaliyot, ijtimoiy madaniy munosabatlar va jarayonlar ta’sirida shakllanadi. Noilmiy bilim shakllari: kundalik bilim, o‘yin shaklidagi bilim, mifologik bilim, diniy bilim, shaxsiy bilim, ijtimoiy bilim, kvaziilmiy bilim, psevdobilim, paranormal bilim, okkult bilim, spiritik bilim va shu kabilardir. (O‘qituvchi barcha bilim shakllarini ta’riflashi maqsadga muvofiq).
Ilmiy bilim kundalik amaliy tajriba negizida nazariy asoslangan va amaliy isbotlangan bilimlar majmui bo‘lib, u ilmiy bilishning ob’ektivlik, haqiqiylik mezonlariga tayanadi.
Faoliyat sifatidagi fan qarorlar qabul qilish, yo‘l tanlash, o‘z manfaatlarini ko‘zlash, mas’uliyatni tan olishda namoyon bo‘ladi.
Odatda noilmiy va ilmiy faoliyat turlari farqlanadi. Noilmiy faoliyat: kundalik-amaliy faoliyat, o‘yin shaklidagi faoliyat, moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab chiqarish kabilarda namoyon bo‘lib, unda ilmiylik mezonlariga amal qilinmaydi. V.I.Vernadskiy fanning faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: «Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modellar bo‘lib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosan ilmiy omillar va ularning empirik xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlarning ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi»1.
Ilmiy faoliyat sifatidagi fan ob’ektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlariga javob beruvchi ilmiy bilimlar tizimi sifatida amal qiladi va mafkuraviy va siyosiy yo‘nalishlarga nisbatan betaraf bo‘lishga harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxsh etuvchi haqiqat yo‘lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turishi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi.
Fanning uchinchi-institutsional talqini uning ijtimoiy tabiatiga urg‘u beradi va uning borlig‘ini ijtimoiy ong shakli sifatida moddiylashtiradi. Umuman olganda, fanning institutsional ko‘rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, huquq, mafkura, san’at va hokazolar ham bog‘liq.
Ijtimoiy institut sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tizimini, me’yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini topgan institut sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat XX asrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi.
Ijtimoiy madaniy hodisa sifatidagi fan ikki yo‘nalishda: davlat boshqaruvi tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqaruvi tizimi sifatidagi fan bu universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalarda boshqaruvning davlat boshqaruvi darajasida amalga oshishini nazarda tutadi, (xususan, davlat boshqaruvi tizimidagi ierarxiyaviylik universitetlar institutlarda ham amal qiladi: Prezident va uning boshqaruv apparati, rektor va uning boshqaruv apparati) jamoa sifatidagi fan esa bu kafedralar, bo‘limlarda ishlayotgan olimlar, xodimlar bo‘lib, ularga odamlarning tipik ko‘rinishiga xos bo‘lgan barcha fazilatlar va illatlar xosdir. SHu bois, jamoa sifatidagi fanda haqiqiy fan fidoiylari, innovatsion g‘oya tashabbuskorlari bilan bir qatorda munofiqlar, fikr o‘g‘rilari va amalparastlar ham faoliyat yuritadi. Bu insonlararo ziddiyatlarga asos bo‘ladi.
Fanning ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi chegarasi «madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan o‘zining dastlabki – faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning birdan-bir barqaror va «haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bo‘ladi.
Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlarning odamlar xususidagi munosabatlari va odamlarning narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlarning barcha sohalariga kirib boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy negizlaridan ham, narsalarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq barcha faoliyat shakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Hozirgi rakamli texnologiyalar asrida: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan bo‘lishi lozim». Fanning bunday yuksak maqomidan u inson hayotining barcha jabhalariga rasman faol kirib borishi kerak, degan xulosa kelib chiqadimi yoki, aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha salbiy jarayonlar uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. Fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’nalarga, qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga tayanadi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish