1-mavzu. Fan ijtimoiy-madaniy hodisa reja: Fan tushunchasining tahlili. Fan taraqqiyotiga oid yondashuvlar tasnifi



Download 0,52 Mb.
bet9/29
Sana21.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#568756
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
1-ma`ruza mashg`uloti

Matematikaning nazariy fan bo‘lib yaratilishida Pifagor maktabi faoliyati diqqatga sazovordir. Bu maktab faoliyatida ba’zi bir mifologiya elementlari bo‘lsa-da, unda dunyoning falsafiy ratsional asosga ega bo‘lgan manzarasi yaratilgan. Bu manzara dunyoning asosini sonlar tashkil qiladi, degan tamoyilga tayanadi. Pifagorchilar son munosabatlari olamni tushunishning kaliti, deb hisoblaganlar. Bu esa matematikaning nazariy darajasi paydo bo‘lishiga zamin yaratgan. Asosiy vazifa son va ular munosabatlarini muayyan amaliy vaziyat modellari sifatida emas, balki amaliyotga tadbiq qilmasdan o‘z holicha bo‘lishini tadqiq qilishdan iborat bo‘lgan. CHunki sonning xossa va munosabatlarini bilish, boshlang‘ich asos va kosmosni bilish, deb tasavvur qilingan. Aynan shunday yondashuv son munosabatlarini empirik bilishdan mavhum tushunchalarga tayangan holda, ilgari mavjud mavhum tushunchalar asosida yangilarini va ilgari noma’lum narsaning munosabat va xossalarini yaratib tajribaning yangi shakllariga zamin tayyorlab nazariy tadqiqotga o‘tishni xarakterlaydi. Pifagor matematikasida qator teoremalar isbotlangan lekin ulardan eng mashhuri Pifagor teoremasidir, unda geometrik figuralar xulosalari nazariy tadqiqotning son xossalari bilan mujassamlashtirishi uchun muhim qadam qo‘yilgan. 10 soni mukammal son hisoblanib, u uchburchakka tegishli bo‘lgan.
Miloddan avvalgi V asr boshlarida xiosslik Gippokrat tarixda birinchi bo‘lib, matematik induksiya metodiga tayanib geometriyaga asos solgan. YUnonliklar uchun aylana ularning aqliy qurilmalari uchun zaruriy va ideal element bo‘lib, shunga ko‘ra atrofni to‘laroq o‘rgana olganlar. Keyinroq hajmli jismlar geometriyasi – steriometriya rivojlangan. Teetet to‘g‘ri ko‘p qirralar nazariyasini yaratib, ularni qurish uslubini o‘rgangan va boshqa hech qanday to‘g‘ri ko‘pburchaklar bo‘lishi mumkin emasligini isbotlagan. YUnon tafakkurining ratsionalligi, nazariyligi yaratuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, u bu davrda shakllangan bilimda o‘z ifodasini topgan. Olimning asosiy faoliyati kuzatish va kuzatilgan narsani anglashdan iborat bo‘lgan. O‘sha davrda osmon jismlaridan boshqa kuzatilishi mumkin bo‘lgan narsa bo‘lganmi? Albatta, osmon jismlari kalendarga aniqlik kiritish, qishloq xo‘jaligi navigatsiyasi kabi amaliy maqsadlarda kuzatilgan. Biroq, bu yunonliklar uchun yangilik bo‘lmagan. Ularning asosiy maqsadi osmon jismlarining joy almashinuvini emas, balki olamning umumiy sxemasiga qo‘shilgan holda kuzatilayotgan hodisalarning mohiyatini o‘rganish, ularning mos kelishini bashorat qilishdan iborat bo‘lgan. Kuzatishlar natijasida ko‘p ma’lumot yig‘ilgan va undan bashorat qilish maqsadida foydalanilgan. Qadimgi SHarqdan farqli o‘laroq, Qadimgi YUnonistonda astronomiyadan etarli foydalanilmagan.
Kosmosning birinchi geometrik modeli Evdoks (miloddan avvalgi V asr) tomonidan ishlab chiqildi va gomotsentrik sferalar modeli deb nomlandi. Keyinchalik bu model Kalipp tomonidan takomillashtirildi. Aristotel taklif qilgan model gomotsentrik modellar yaratishda so‘nggi bosqich bo‘ldi. Bu modellarning zamirida Kosmos Er markazi bilan tutashuvchi umumiy markazga ega bo‘lgan bir qancha sferalar yoki qobiqlardan tashkil topgan degan qarash yotadi. Kosmos harakatsiz yulduzlar qobig‘i bilan chegaralangan. Bu yulduzlar kun mobaynida er kurrasining o‘qi atrofida aylanadi. Barcha osmon jismlari (Oy, Quyosh va o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan besh sayyora: Venera, Mars, Merkuriy, YUpiter, Saturn) o‘zaro bog‘liq sferalar tizimini tashkil etadi. Bu sayyoralarning har biri o‘z o‘qi atrofida bir tekis aylanadi, lekin o‘q yo‘nalishi va harakat tezligi turli sayyoralarda har xil bo‘lishi mumkin. Osmon jismi ichki sfera ekvatoriga mahkamlangan, ichki sfera o‘qi navbat bo‘yicha keyingi sferaning ikki nuqtasiga qattiq bog‘langan va h.k. SHunday qilib, barcha sferalar uzluksiz harakatda bo‘ladi. Barcha gomotsentrik modellarda istalgan sayyoradan Erning markazigacha bo‘lgan masofa bir xil bo‘lib qoladi, shu bois Mars, Venera kabi sayyoralarning yorug‘lik ko‘rinadigan darajada o‘zgarib turishini tushuntirish mumkin emas, binobarin, Kosmosning boshqa modellari paydo bo‘lishi ham mumkinligi haqida tasavvur bo‘lgan.
Bunday modellarga pontiylik Geraklitning (miloddan avvalgi V asr) va Samosslik Aristarxning (miloddan avvalgi V asr) geliotsentrik modelini keltirish mumkin, biroq bu model o‘z davrida keng tarqalmagan, chunki u geliotsentrizm an’anaviy qarashlaridan farq qilgan. Er olamning markazi va uning harakati haqidagi gipoteza astronomlar tomonidan qat’iy rad qilingan.
Antik davrning naturfalsafiy g‘oyalarida atomistika va elementarizm muhim ahamiyatga ega. Aristotel fikricha, atomistika Parmenid (miloddan avvalgi 540-459 yillar) ilgari surgan kosmogonik muammoni hal qilish jarayonida paydo bo‘lgan. Kosmogonik muammo quyidagicha izohlanadi: qanday qilib xilma-xil o‘zgaruvchanlik, paydo bo‘lish va yo‘qolishda umumiy, o‘zgarmas va doimiy bo‘lishi mumkinligining antik davrda ikki echimi taklif qilingan.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish