Inersiya qonuni (tabiatning birinchi qonuni) va ikkinchi qonunda har qanday tana o‘z harakatini to‘g‘ri davom ettirishining kafolati, Dekart fikricha, YAratuvchi-Xudodir. Uchinchi qonun to‘qnashuvchi tanalar harakatini aniqlovchi tamoyildir. Birinchi va ikkinchi qonun yangi davr fizikasida tan olingan, uchinchi qonun esa keskin tanqid qilingan. Dekart fikricha, fanning vazifasi – tabiatdagi barcha hodisalarni shubhalanib bo‘lmaydigan mavjud hodisalar asosida tushuntirishdan iborat. Biroq bu hodisalarni falsafa belgilaydi. SHuning uchun ham ko‘p hollarda ilmiy xulosalarning aprior xarakterda ekanligida ayblaydilar. Dekart, fandagi olam haqidagi tasavvurlar, real tabiiy olamdan farq qiladi, shuning uchun ilmiy bilimlar gipotetikdir, deb hisoblaydi. Ularning ehtimolli xarakteri tan olinishini ba’zi olimlar Dekartning dinga e’tiqod qilishdagi shubhalarini bartaraf etishga harakati, deb e’tirof etganlar. Biroq, P.P.Gaydenko fikricha, bunga nazariy asos ham bo‘lgan. Buning sababi xudoning qudratidir. Bu erda qanday aloqadorlik bo‘lishi mumkin? Bu juda ham sodda bog‘liqlik: Qudratli Xudo olamni yaratishda turli variantlardan foydalangan va biz ko‘rib turgan oxirgi variantni qoldirgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun Dekart taklif qilgan variant faqat ehtimolli bo‘lishi mumkin, biroq, boshqa barcha variantlar bilan teng tushuntirishga yaray olarmikan? Boshqa hech qanday dastlabki bilimda tabiat murakkab mexanizm sifatida tushunilmagan, Qudratli Xudo hech qachon Mexanik Xudo obrazida namoyon bo‘lmagan, Dekart uchun, Xudoning dunyo mashinasini tuzishda cheksiz vositalar majmuiga ega ekanligi va insonga Xudoning olamni yaratishda qanday vositalardan foydalangani ayon bo‘lmasa-da, inson fanni yaratar ekan, olamni rejalashtirishga real dunyo hamda uning orasida o‘xshashlik borligini ko‘rsatishga harakat qilganligini asoslash muhimdir. SHuning uchun fanda dunyoni tushuntirish haqidagi variant gipotetik xarakterga ega bo‘lsa-da, u o‘zining tushuntiruvchanlik kuchini yo‘qotmaydi. O‘z zamondoshlarida Dekartning dunyoviy makon katta bo‘hronlarni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan harakatchan o‘ta engil narsa bilan to‘la (kosmogonik gipoteza), degan nazariyasi katta taassurot qoldirdi. Dekartning kosmogonik gipotezasi inkor qilingan bo‘lsa-da, uning matematika sohasidagi yutuqlari abadiydir: koordinatalar tizimining kiritilishi, algebraik belgilar, analitik geometriyaning yaratilishi va h.k, shuningdek, bo‘hronlar nazariyasida o‘z ifodasini topgan rivojlanish g‘oyasi, va keyinchalik atom fizikasida takomillashgan «korpuskul»larning cheksiz bo‘linishi ham muhim ahamiyatga ega.
Isaak Nyuton (1643-1727) o‘zi yaratgan ilmiy dasturini «eksperimental falsafa», deb ataydi. Unga ko‘ra, tabiatni o‘rganish tajribaga tayanishi, undan keyin «tamoyillar metodi» yordamida umumlashtirilishi lozim, uning mazmuni quyidagicha: kuzatish va eksperimentlar o‘tkazib, induksiya yordamida tashqi olam aloqalarini aniqlash tamoyillarini o‘rganuvchi fundamental qonuniyatlarni aniqlash, ularni matematik qayta ishlash va bu asosda fundamental tamoyillarni deduktiv izohlash yo‘li bilan bir butun nazariy bilimlar tizimini yaratishdir.
I.Nyuton klassik mexanikaga asos soldi, uning uchta asosiy qonunini izohladi, butun olam tortilish qonunini matematik izohladi. Osmon jismlari harakatini, kuch tushunchasini asosladi, differensial va integral hisoblarni fizik reallikni izohlovchi til sifatida yaratdi, yorug‘lik tabiati haqidagi korpuskulyar to‘lqinli tasavvurlarning o‘xshashligi haqidagi taxminlarni ilgari surdi. Nyuton mexanikasi deduktiv ilmiy nazariyaning klassik obraziga aylandi.
Nemis olimi Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) olamda barcha mavjud narsalar faqat mexanik bosh asos yordamida tushuntirilishi kerakligini tan oladi. Uning fikricha, tabiat – mukammal mexanizm va barcha noorganik hamda tirik organizmlarni mexanik Xudo yaratgan. Bu mexanizmni faqat mexanika qonunlari yordamida bilish mumkin. Leybnitsning asosiy ilmiy yutuqlari: matematikada yangi davrga asos solgan, (Nyuton bilan bir davrda) differensial va integral hisoblashlarni yaratgan; matematik mantiqning asoschisi va hisoblash uskunasining yaratuvchilaridan biri; fizika va mexanika masalalarida kuzatishlar va eksperimentlarning muhim rolini ta’kidlagan; energiyaning saqlanish va bir-biriga aylanish qonunini taxminan aytgan birinchi olimlardan biri; «Protogeya» asarida Erning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi masalalarini ilmiy asoslashga harakat qilgan; Er osti suvlarini qazib chiqarish uchun maxsus nasoslarni va turli texnik uskunalarni ixtiro qilgan; o‘yinlar nazariyasiga e’tiborini qaratgan; o‘simlik, hayvonot va insoniyat dunyosining o‘zaro aloqadorlikdagi taraqqiyotini ko‘rsatgan; ilmiy bilimlarni amaliyotda keng qo‘llashni targ‘ib qilgan.
YAngi davrda butun Olamning mutloq makon va vaqtda bir-biri bilan o‘rin almashadigan, tortishish kuchlari bilan bog‘langan, klassik mexanika qonunlariga bo‘ysunadigan ko‘p sonli o‘zgarmas hamda bo‘linmas mayda zarralarning birligini tan oluvchi dunyoning mexanik manzarasi shakllandi, tabiat qismlari qattiq determinantlashgan oddiy mashina rolida namoyon bo‘ldi, undagi barcha jarayonlar mexaniklashdi.
Tabiat hodisalarini tabiiy ilmiy tushunishda dunyoning ilmiy manzarasi ijobiy rol o‘ynaydi. Deyarli barcha buyuk olimlar –Galiley, Nyuton, Leybnits, Dekartlar ana shunday tasavvurga ega bo‘lganlar. Dunyoning bir butun manzarasini yaratish g‘oyasi ular ijodiga xosdir. Olimlar nafaqat ma’lum tajribalarni, balki tajriba orqali olingan bilimlarning mavjud dunyo manzarasidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda, unga mos keluvchi naturfalsafiy tizimni yaratganlar. Bu davrda fundamental ilmiy xulosalarga murojaat qilmasdan turib, xususiy fizikaviy hodisalarga to‘liq izoh berish mumkin emas edi. Aynan shu nuqtai nazardan nazariy tabiatshunoslik va eng avvalo, fizika shakllana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |