1-masala.
Еvropa shaharlaridagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy rivojlanishidagi katta tavofut, feodal tarqoqlik Еvropada bir paytda renessans yuz berishiga qalaqit berdi. Shu bois Еvropada renessans ikki bosqichga bo'linib qoldi: Italiya renessansi va Еvropa renessansi.
Uyqonish davri falsafasi quyidagi asosiy hususiyatlarni o'ziga qamrab olgandi.
Avvalombor, renessans mafkurasi ikki yo'nalishga ega edi: feodal munosabatlarga va plebeylikka barqam berish. Yangi tadbirqorlar barharorlik va tovar-pul munosabatlarining kengayishi tarafdori edi. Buning uchun cherkov va davlatni isloh qilish zarur edi.
Ikkinchidan, teocentrik nazariyadan antropocentrik yo'nalishga o'tila boshladi. Bu davrda hristian dini monolitik poziciyadan mahrum bo'la boshladi.
Uchinchidan, antropocentrik nazariya bilan bir qatorda, gumanizm motivlari qam o'rta asrlar teoqratiyasiga harshi chiqa boshladi. Renessans gumanizimning asosiy namoyondalari Italiyalik Dante Aligьeri (1265-1321), Franchesko petrarka (1304-1374), Marsiliy (1278-1348) va boshqalar edi. Ular asketizmga harshi chiqib, o'z g’oyalarida inson kuchiga ishonch bilan harashadi. Ular inson o'z taqdiri uchun shahsan o'zi javobgar deb hisoblashadi.
Dantening fikricha insoniyatning asosiy vazifasi o'z aqliy imkoniyatidan to'la foydalana olishdir (realizaciya).
To'rtinchidan, renessans ijtimoiy-siyosiy nazariyalarda qam ro'y bera boshladi. Davlat va huquq masalalari oldinlari bir yoqlama, ilohiy hodisa sifatida haralgan bo'lsa, endi uning mansabalarini «osmon» dan emas, «erdan» izlay boshlashdi.
Ijtimoiy nazariyalarda asosiy o'rinni markazlashgan davlat mafkurasi egalladi. Markazlashgan kuchli davlatgina Rim papasiga bas kelishi mumkin. U o'zining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini qimoya qila oladi. Markazlashgan davlat g’oyalari N.Makiavelli, Jan Bodenlarning ijtimoiy harashlarida o'z aksini topdi. Ular o'z asarlarida siyosatni tiologiyadan, davlat manfaatlarini cherkov manfaatidan ustun qo'yishadi.
Еvropa falsafiy fikr taraqqiyotida Renessans davri falsafasi muhim rolь uynadi. Eski feodal tartibotlar tanazulla yuz tutib, jamiyat qayotida yangi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yuz berdi. Ishlab chiharishga bo'lgan munosabatlar tubdan o'zgardi. Renessans falsafasining muhim belgisi shu ediki, u o'z diqqat e'tiborini «er»ga haratadi. Bu yo'nalishga italiyalik Jordano Bruno asos soldi. Bu burilishga insoniyat tomonidan amalga oshirilayotgan yutuqlar asos bo'ldi. Inson o'zini mustaqil his eta boshladi, o'z kuchiga, birinchi navbatda aql kuchiga ishonch hosil qildi.
Tabiat falsafasi bilan parallel ravishda tabiatshunoslik qam rivojlanib bordi. Yangi kashfiyotlar amalga oshirilib, yangi falsafaning rivoji uchun muhim manba bo'lib hizmat qildi. O'z davrining ilqor ta'limoti hisoblangan Parij va Oqsford maktablarining tabiat haqidagi sholastik ta'limotlari qam nazariy tovlamachilikdan (spekulyaciya) boshqa narsa bo'lmay qoldi. Bu ta'limotlardan farqli ravishda Renessans o'ziga tajriba, eksperement va kuzatish uslublarini qurol qilib oldi. Jamiyatning qonservativ kuchlari bilan progressiv kuchlari o'rtasidagi, din va fan o'rtasidagi bahslar asosan astronomiya soqasida bo'ldi. Leonardo da Vinchi (1452-1519), Nikolay Kopernik (1473-1543), Iogann Kepler (1571-1630) va Galileo Galiley bu soqada katta kashfiyotlar amalga oshirdilar.
Tabiat falsafasi muammolari bilan shuqullangan mutafakkirlar jumlasiga N.Kuzanskiy, Bernardino Telezio va Jordano Brunolarni kiritish mumkin.
N.Kuzanskiy (1401-1464) ning tabiat falsafasi va kosmologik ta'limoti diniy ta'limotlar doirasidan chekkaga chiqqan emas. Uning borliq to'qrisidagi ta'limotida teocentrik harashi asosiy o'rin tutadi. Gneosologik ta'limotida esa asosiy o'rinni “docta ignorantia” (bilmaslik haqidagi bilim, bilmaslik ta'limoti) egallaydi.
Bilishning asosini mutloq, aloqida va shartsiz bilimlar tashkil etadi. SHartsiz bilimlarni simvollar yordamida olish mumkin. Kuzanskiyning fikricha simvolikaning asosini matematik simvollar tashkil qiladi. Simvollardagi harama-harshiliklarsiz ularning moqiyatini ochib bo'lmaydi. Sholastikani rad etib yaratuvchini borliqni ichida deb hisoblaydi. O'zining kosmologik ta'limotida esa geliocentrik nazariyani ilgari suradi.
Bernardino Telezio (1509-1583). Neapolь tabiatshunos faylasuflaridan biri qisoblanadi. Universitetda ta'lim olish jarayonida sholastik ta'limoti bilan yaqindan tanishadi. O'zining butun ilmiy ijodini sholastik tafakkurga harama-harshi qo'yadi. Telezio tabiatni o'rganish bilan mashqul bo'ladi. Empirizm va eksperement kuzatish bu jamiyatning asosiy vositasi edi.
Tabiatni o'rganish, kuzatish jarayoniga Hudoni bilishni kiritmaydi. Chunki, uning fikricha Hudo faqat olamning yaratuvchisi qisoblanadi. Tabiatdagi keyingi jarayonlarga esa yaratuvchi aralashmaydi. Falsafaning asosiy vazifasi Hudoni emas, balki tabiatni o'rganishdir. Falsafa teologiyadan ozod bo'lishi lozim.
Uning kosmologik ta'limotida olamning moddiy birligi haqida fikr yuritadi. harakat uning fikricha har bir hodisaga hos hususiyatdir.
Jardano Bruno (1548 - 1600)
J.Brunoning falsafiy panteizmi barcha tabiatshunoslardan o'zining izchilligi bilan sholastikaga, hristian, katolik, protestant dunyosiga harshi chiqdi va cherkov bilan tuknash keldi.
Bruno o'zining «O prichine, principe i edinom», «O besqonechnosti, vselennoy i mirah» singari traktatlarida olamning moddiy birligi, cheksizligi va abadiyligi to'qrisida fikr yuritadi. Materiyaning birligi barcha narsalarning asosidir. Bu birlikka kiruvchi elementlarning soniga harab har-hil konkret hodisalar ro'y beradi. Shuning uchun qam materiya shaklsiz mavjud bo'la olmaydi. SHaklga ega bo'lish materiyaga hos bo'lgan ichki hususiyatdir. Shu fikri bilan Bruno materiyani aristotelcha tushunishga harshi chiqdi. Umuman olganda, Brunoning tabiiy-ilmiy va falsafiy harashlari ilmiy falsafa rivojida katta rol uynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |