1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)



Download 0,53 Mb.
bet5/44
Sana01.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#421110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа

2 masala. Mazkur mavzuga asos bo'lgan davr falsafasi arab istilosi va mamlakatimizda islam dinining taraqqiy etishi bilan uzviy boqliqdir. Bu falsafa, ba'zi chet ellik mutahassislar aytgani kabi, faqat arablar madaniyatining bir qismi emas. Balki bizning Vatanimiz farzandlari Ulug’ bobokalonlarimizning islom diniga, islom falsafasiga, butun arab dunyosi va Jahon civilizaciyasiga katta ta'sir ko'rsatgan ta'limotlari dunyoga kelgan davr falsafasi qamdir.
Shu bilan birga, bu ajdodlarimizning bosqinchilarga harshi ko'rashini aks ettirgan, halqimiz madaniyati va ma'naviyati nihoyat darajada rivojlanganini butun Jahonga yaqqol namoyon qilgan davr falsafasidir.
Bu Muqanna kabi milliy qaqramonlarimiz keng halq ommasiga bosh bo'lib ozodlik ko'rashi olib borgan paytlarda elning ruhini ko'tarib, ilhomlantiruvchi ezgu g’oyalar shakllangan davr falsafasidir.
Bu Amu va Sirdaryo bo'ylarida yashagan halqning dahosi eng yuksak darajaga ko'tarilgan, uning atoqli namoyandalari Jahon madaniyati sahifalariga o'zlarining uchmas nomlarini muhrlab ketgan davr fal­safasidir. Bu falsafaning hususiyatlari o'sha davrda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o'ziga hosligi bilan belgilanadi.
Mazkur masalani o'rganishdan maqsad, Prezidentimiz Islom Karimov ta'biri bilan aytganda, yosh avlod qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantrish, «Yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustaqkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan barkamol insonlar etib tarbiyalashdan iborat.
Arab boskini va islom dini.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini qam kirib keldi. Islom so'zi arabcha tangriga o'zini topshirish, itoat, buysunish, tinchlik kabi ma'nolarni anglatadi. Islom dini bayroqi ostida keng hududga arab kabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo'yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan.
qur'on va hadislarda islomiy ta'limotning asosi bayon qilingan. qur'on muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e'tiqod talablari, huquqiy va aqloqiy me'yorlar o'z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarqibidagi oyatlardan tashkil topgan.
«Sunna» esa hadislar majmui bo'lib, qur'ondan keyin turadi va uni to'ldiradi. Unda Muqammad payg’ambarning so'zlari hatgi-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. qur'on va sunnadan keyingi muhim manba shariatdir SHariat (to'qri yo'l, ilohiy yo'l demakdir) islomda huquq aqloqiy me'yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo'nalishlar sunniylik, shialik va horijiylik. Ular diniy ta'limot, marosimchilik, aqloqiy-huquqiy me'yorlarga oid masalalarda o'zaro farqlanib turadi.
Horijiylar yo'nalishi o'rta asrlar davrida ko'pgina oqimlarga bo'linib, keyinchalik yo'qolib ketgan. Faqat ibodiylar (abodiylar) oqimi saqlanib qolgan.
Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik hokimiyati, shialik esa imomat hokimiyati tarafdori) ayrim diniy marosim va an'analarda bir-biridan farqqiladi.
Islomdagi oqimlar aqidaviy ta'limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan ajralib turadigan diniy guruqlardir. Shialikdan harmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar va boshqalar ajralib chiqqan.
Sunniylikdan ravshaniylar, ahmadiya, jangari vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo'yicha yuzaga kelgan o'zaro kelishmovchiliklar natijasidir.
Islomda hanafiylik, ash'ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji'iylar, mu'taziliylar kabi mazhablar mavjud. qadariylar inson iroda erkinligini yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga harshi chiqqan. Mo'takallimlar aristotelchilik falsafasi usul va vositalaridan foydalanib, islomning diniy-aqidaviy ta'limotini asoslab berishga o'ringan.
Abu Mansur Moturidiy (melodiy 944 yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga aloqida e'tibor haratgan. Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu'taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka hudolikning adolatli ekanin qur'onning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (69- 748 yillar). Uning ohirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.
Kalom islom ilohiyotining o'ziga hos falsafiy ta'limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga o'ringan. qur'onga tayanib, jannat va do'zahning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo'qligini, lekin insonning Olloh oldida o'z qilmishlari uchun mas'ul ekanligini asoslab berishga harakatqilingan.
Bunday ma'naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o'rganishga ahd qilinlarning) falsafiy harashlari shakllana borgan. Bu islomiy ma'naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, Jahon falsafiy tafakkurida ro'y berayotgan jarayonlar nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko'rsatib turibdi.
qadimgi Yunon falsafasi an'analarida siyosiy faoliyat donishmandlik ko'p qollarda bir-biriga harama-harshi qo'yilgan bo'lsa, islom falsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatning yuksak bir shakli sifatida haraladi. Islomda davlat boshharish bu san'at, ammo u ijtimoiy adolat taomiliga amal qilmoqi zarur, ijtimoiy adolat esa teng huquqiylikka amal qilish tufayli barharor bo'la oladi, deb qisoblanadi.
Islom falsafasiga ko'ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, aqloq-odob esa inson tafakkurining ajralmas tarqibiy qismidir. Musilmon SHarqi mutafakkirlarini aql makomi, mantiq ilmi avvaldan qiziqtirib keladi, chunki mantiqqa tayanmagan harqanday bilim ishonchli va samarali bo'la olmaydi. Bu masala qam islom falsafasida o'z o'rniga ega.
Diniy baqrikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. O'rta asr Markaziy Osiyo tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy ta'limotlar. Musilmon SHarqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hududidan etishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafani muhim muammolaridan biri bo'lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mugafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab o'tmagan.
Diniy ilmlar soqalarida imom Buhoriy, imom Termiziy imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom Burhoniddin Marginoniylar peshqadamlik qilganlar.
Imom Buhoriy (810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to'plagan, ulardan ishonchli deb topganlirini mahsus to'plam holiga keltirgan. Bu to'plam «Sahihi Buhoriy» nomi bilan mashhurdir.
Imom iso Termiziydan (824-892) «Payg’ambarning aloqida fazilatlari», «Hadislardagi ihtilof va bahslar haqida risola», «Tarih» va boshqa asarlar meros bo'lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda to'plab, muayyan tartib solgan va yahlit bir kitob shakliga keltirgan.
Muqammad al-Horazmiy (783-850) va Ahmad al-Fargoniy (tahm. 797-865) butun musilmon SHarqi va Jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo'shgan buyuk allomalardir. Muqammad al-Horazmiy Baqdodda «Donishmandlik maskani» («Bayt ul-hikma») ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisob to'qrisida risola», «quyosh soati to'qrisida risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va harshi qo'yish hisobiga oid muhtacap kitob» kabi asarlarida algebra soqasiga asos solindi.
SHarq, halqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo'lgan Ahmad al-Fargoniy (tahm. 798 y. da Kuvada tug’ilgan ) astronomiya va matematika soqalarida nom taratdi. Uning «Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari», asarlarida koinot haritasi tuzildi. Еr va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jugrofiy kengliklar to'qrisida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma'lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi yo'nalishlariga asos solingan. qo'lga kiritilgan ma'lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga hos hususiyatlar sifatida dunyoqashni shakllantirishning muhim omillari bo'lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta'siri sezilib turdi.
Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarihini Forobiy, Beruniy va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Abu Nasr Forobiy (873-950) musilmon SHarqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bo'lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo'lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolarni sharhlash qamda bu soqalarning dolzarb masalalarini taqlil qilishga baqishlangan.» Mutafakkir olamni ikki ko'rinishda: «Vujudu vojib» (olloh.) va «vujudi mum­kin» (barcha moddiy va ruqiy narsalar) misolida talqin qiladi, Barcha narsalar «vujudi vojib» tufayli yashash huquqiga ega bo'ladi. Ular o'zaro bir-biri bilan sababiy tarzda boqlanadi. Sababsiz oqibat bo'lmaganidek, oqibatsiz sabab qam bo'lmaydi, deydi Forobiy.
Olam sifat, mikpor, javhar, akcidenciya (muhim bo'lmagan hossa), imkoniyat, zaruriyat va tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushunchalarda ifodalanadi. Ular fazoviy jismlar, aqlli mahluk (inson), aqlsiz jonivorlar, o'simliklar, minerallar va to'rtga unsur suv, olov, havo va tuproq kabi oltita ko'rinishda namoyon bo'ladi.
Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining makomi beqiyosdir. Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisalar moqiyati ochib beriladi. har bir fan insonning muayyan eqtiyojlarini qondirishga hizmat qiladi.
Mutafakkir o'z asarlarida komil inson, fozil fuharo, odil hukmdor, baht-saodat, unga erishish yo'llari, davlatning hususiyatlari, aqloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to'qrisida ilqor g’oyalarni ilgari surgan. Forobiyning SHarq, halqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bo'lgan ta'siri sezilarli bo'lgan.
Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048) deyarli barcha fan soqalarida ijod etgan buyuk komusiy alloma va mashhur mutahasis. U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha etib kelgan. Uning tabiatni o'rganishdagi hizmati kattadir. Alloma jismlarning o'zaro tortishuvi, quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inerciya va sun'iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Еr harida ro'y beradigan geotektonik siljishlar, Еr kiyofasining tadrijiy tarzda o'zgarib turishi, hilma - hil olamlar to'qrisida ilmiy bashoratlarni ilgari surgan. Uning falsafiy harashlari tabiiy-ilmiy harashlari ta'sirida shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi fal­safiy muammolarga katta e'tibor bergan.
Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim makomga egadir. Bilishga bo'lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu o'ziga hos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar eqtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar bergan ma'lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning bosqichi aqliy bilish uchun o'ziga hos ko'makchi va asos bo'lib hizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov - tajriba orqali belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jiqatlari o'rganiladi, ularning miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib boradi.
Beruniyga ko'ra, inson kiyofasi tabiat ta'sirining natijasidir. Uning ichki kiyofasiga kelsak, uni inson cheksiz sa'y-harakatlar oqibatida tubdan o'zgartirishi mumkin. har bir kishi o'z hulq-atvorining sohibidir. Jamiyat tadrijiy o'zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuharo uchun qamho'rlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tugi ostida boshharish mutafakkirning idealidir.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. Buhoro yaqinidagi Afshona qishloqida tuqilib, qamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan ma'naviy me'ros tahminan 280 dan ziyodroqdir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq psihologiya aqloq, musiqa, farmakologiya va boshqa soqalarga baqishlangan Olimning «Shifo kitobi» «Tib qonunlari», «Bilimlar kitobi» «Tabiat durdonasi» kabi asarlari mashhurdir. Borliqni talqin etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vujudi vojib» va vujudi mumkin»dan iborat, deb e'tirof etadi. «Vujudi vojib birinchi sabab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning oqibatidir. Yaratilishi doimiy bo'lganligi uchun yaratilgan «vujudi mumkin» qam abadiydir. Olimning sababiyatga oid muloqazalari e'tiborga molikdir. Unga ko'ra, sabablar moddiy (muayyan holatni keltirib chiharuvchi sabab), faol (muayyan holatni o'zgartiruvchi sabab), shakliy (turli hil quvvatlar bilan boshangan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarshshg pirovard maqsadi) sabablardan iboratdir. Shunday qilib Markaziy Osiyoda ilk o'rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf ta'limotidagi komil inson makomi, nafsni tiyshn, baqrikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-Horazmiy va Ahmad -Fargoniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy g’oyalar, Forobii, Beruniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy harashlari, fandagi yangi yo'nalishlar birinchi galda musilmon SHarqi, qolaversa, butun Jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga qayotbahsh ta'sir o'tqazib keldi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish