1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati


Falsafaning tarbiyaviy funktsiyasi



Download 58,33 Kb.
bet5/27
Sana13.06.2022
Hajmi58,33 Kb.
#661685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
1- Mavzu

Falsafaning tarbiyaviy funktsiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so`z yuritish o`rinli bo`ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o`z-o`zini anglab etishga yo`naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan YUnesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o`tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e`tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Frantsiyada o`tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o`tkazish an`anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo`lib o`tgan XX jahon falsafa kongressi “Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag`ishlangan bo`lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o`tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo`lmish Koreya respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo`lib o`tdi. Kongresslarning mavzularidan ko`rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog`liq va eng muhim muammolarni anglab etishga xizmat qilib keldi. SHunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi.
Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama ta`lim va tarbiyani, ya`ni o`z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga qodir bo`lgan jismoniy va ma`naviy jihatdan komil insonni voyaga etkazishni «paydeyya» (yunon. pais – bola) atamasi bilan ifodalaganlar. O`sha vaqtlarda paydeyya aristokratiyaning o`ziga xos belgisi hisoblangan; endilikda faylasuflar ta`lim va tarbiya muammolarini yana birinchi o`ringa qo`yib, ularni hal qilishda falsafaning rolini aniqlashga harakat qilar ekanlar, bu tushunchani yana esga oldilar. Xususan, Boston kongressidagi asosiy ma`ruzalarning mualliflaridan biri frantsuz faylasufi Pьer Obenk: «Insonning vahshiyona tabiatidan ma`rifatli tabiatga o`tish imkoniyati qay darajada mavjud?», degan savolni o`rtaga tashlaydi. Uning fikricha, insonning yagona tabiati ikki ma`noli bo`lib, faqat ma`rifat (paydeyya) odamzotni so`zning to`liq ma`nosidagi insonga aylantiradi yoki, Platon ta`biri bilan aytganda, paydeyya uning ko`zini ochadi.
Biroq ma`rifatning vazifasi ko`zga ko`rish qobiliyatini berishdan emas, balki unga to`g`ri qarashni o`rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo`sht va boshqa mashhur faylasuflar fikriga tayanib, ma`rifat yordamida, ta`lim va tarbiya jarayonini zo`rlikka qarshi yo`naltirish va odamzot aql-idrokini kamol toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini yaratish mumkin. «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta`lim jarayoniga e`tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni farqlaganlar; birinchi atama bilimni, ya`ni o`rganish mumkin bo`lgan narsani anglatsa, ikkinchi atama bilim berish manbaini emas, balki to`g`ri fikr manbaini anglatadi. Bunda paydeyya, Aristotelь ta`biri bilan aytganda, insonni o`zini o`zi kamol toptirishga rag`batlantirishi lozim. SHu bois Protagor, Suqrot va Platon aytganidek, falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini emas, balki to`g`ri fikr yuritish mahoratini o`rgatishga e`tibor qaratish muhim.

Download 58,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish