1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Download 145,15 Kb.
bet20/57
Sana07.07.2021
Hajmi145,15 Kb.
#112018
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
Bog'liq
Лекция текст узб СБ ушын

Abu Hanifa an-Nu`mon hanafiya mazhabiga asos solgan, barcha islom tarqalgan hududlarda o`z mavqeiga ega bo`lgan. Bu mazhabning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti 944 y.) ning «Tavhid» va «Ta`vilot» asarlarida va Burhoniddin al-Marg`inoniy (1123-1197) ning «Hidoya» to`plamida o`zining yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida aql maqomi va mantiq ilmiga, ilm va dalilga keng o`rin ber ilgan.

Muhammad al-Xorazmiy (783-850) va Ahmad al-Farg`oniy (taxm. 797-865) butun musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo`shgan buyuk allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining poytaxti Bag`dodda «Donishmandlik maskani» («Bayt ul-hikma») ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi to`g`risida risola», «Quyosh soati to`g`risida risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi qo`yish hisobiga oid muxtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.

Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo`lgan Ahmad al-Farg`oniy (taxm. 798 y. da Quvada tug`ilgan) astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning «Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari», asarlarida koinot xaritasi tuzildi. yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo`g`rofiy kengliklar to`g`risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma`lumotlar ber ilgan, ilm-fanning yangi yo`nalishlariga asos solingan. Qo`lga kiritilgan ma`lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida Dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo`lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta`siri sezilib turdi.

Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Ber uniy va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Abu Nasr Forobiy (873-950) – musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bo`lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo`lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag`ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko`rinishda: «Vujudu vojib» (olloh) va «vujudi mumkin» (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib» tufayli yashash huquqiga ega bo`ladi. Ular o`zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog`lanadi. Sababsiz oqibat bo`lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo`lmaydi, deydi Forobiy.

Olam sifat, miqdor, javhar, aktsidentsiya (muhim bo`lmagan xossa), imkoniyat, zaruriyat va tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushunchalarda ifodalanadi. Ular fazoviy jismlar, aqlli mahluq (inson), aqlsiz jonivorlar, o`simliklar, minyer allar va to`rtta unsur-suv, olov, havo va tuproq kabi oltita ko`rinishda namoyon bo`ladi.

Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining maqomi beqiyosdir. Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib ber iladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Mutafakkir o`z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga yer ishish yo`llari, davlatning xususiyatlari, ahloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to`g`risida ilg`or g`oyalarni ilgari surgan. Forobiyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bo`lgan ta`siri sezilarli bo`lgan.


Download 145,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish