1-mavzu. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/33
Sana21.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#570013
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
1-Ma'ruza (1) (1)

monoteistik dinlar (yunon. 
mono – bir va thyeos – xudo):
iudaizm
(mil. av. VII asr), 
buddizm
(mil. av. VI-
V asrlar), 
xristianlik
(I asr) va 
islom 
(VII asr) vujudga keldi. Xullas har bir din 
ma’lum falsafaga asoslanadi. Haq dinning asosi to’g’ri (analitik) falsafadir, haq 


bo’lmagan dinning asosi esa yolg’on falsafadir, yoki yolg’on muhokamalar ustiga 
qurilgan qarashlardir
1

Falsafiy dunyoqarash. 
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va 
din ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. 
U abstrakt nazariy fikrlash qobiliyati va (to’plangan bilimlar ko’rinishida) real 
asoslarga ega bo’lishi natijasida o’z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga 
ko’tarildi. Bunga, hyech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, 
bo’sh vaqtning paydo bo’lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan 
shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug’ullanish 
imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi 
shakli – falsafa paydo bo’lishi uchun zarur shart-sharoit Yevropa va Osiyoda 
deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va 
dindan farqli o’laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg’ularga tayanib emas, balki 
aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan 
bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga 
kelib mif va din o’zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga 
nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmay qoldi. Ular 
shuningdek sezilarli darajada o’sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni 
umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan 
chiqolmay qoldi.
Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers ta’biri bilan aytganda, bu davrda (uni 
faylasuf «dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat o’z rivojlanishida katta burilish 
yasagan. Osoyishtalik va barqarorlik ruhi bilan yo’g’rilgan mifologiya davri 
nihoyasiga yetdi, oqilonalik va oqilona tekshirilgan tajribaning mifga qarshi 
kurashi natijasida u asta-sekin chekina boshladi. «Jahon tarixi o’qini taxminan 
miloddan avvalgi 500 yil, miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig’ida yuz bergan 
ma’naviy jarayon bilan bog’lash o’rinli bo’lsa kerak, - deb yozadi K.Yaspers. – 
Shu davrda tarixda eng katta burilish yasaldi. Hozirgi kungacha saqlanib qolgan 
tipdagi inson paydo bo’ldi. Ilk faylasuflar paydo bo’ldi. Inson ayrim individuum 
sifatida o’z-o’zida tayanch izlashga jur’at etdi. Xitoy zohidlari, Sharq darbadar 
mutafakkirlari, Hindiston tarki dunyochilari, Yunoniston faylasuflari va Isroil 
avliyolari e’tiqodi o’z ta’limotining mazmuni va ichki tuzilishiga ko’ra bir-biridan 
qay darajada farq qilmasin, o’z mohiyatiga ko’ra yaqindir. Endi inson botiniy 
darajada o’zini dunyoga qarshi qo’yishi mumkin bo’ldi. Inson o’zida unga 
dunyodan va o’z-o’zidan yuksakroq ko’tarilish imkonini beruvchi ichki salohiyatni 
kashf etdi»
1
.
Yuz bergan o’zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish, 
rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy 
qonuniyatlar va tabiiy-sababiy bog’lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy 
1
Қаранг Ҳотамий С.М.Ислом тааккури тарихидан.-Т.:Минож, 2003. –Б.77. 
1
Ясперс К. Смысл и назначение истории. – М., 1991. – С.32-34.


bilim kurtaklari bilan to’qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan 
qisqa vaqt ichida tub o’zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash 
tobora muhimroq rol o’ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va 
emosiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib 
qo’ydi. Faqat so’zlariga ishonish kerak bo’lgan ota, kohin, ruhoniy o’rnini, savollar 
beruvchi va anglashga chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U shubha urug’ini 
sochib, qiziqish uyg’otdi va: «Ishonma, balki o’zing fikr qil!», deya da’vat etdi.
Faylasuf tafakkurni xurofot va bid’atlardan tozalab, uni erkinlashtirdi va 
mifologik yoki diniy dunyoqarashga mutlaqo xos bo’lmagan tanqidiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirdi. Ajdodlardan meros qolgan «donishmandlik» manbai 
sanaluvchilar, tayyor bilimlar va shak-shubhasiz haqiqatlarni e’tiqod sifatida qabul 
qilishga chorlovchilardan farqli o’laroq, faylasuf savollarni ta’riflashni va avvalo 
sog’lom fikr va o’z aql-zakovatining kuchiga tayanib, ularga javob qidirishni 
o’rgatatdi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish