1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
“Falsafa” atamasining mohiyati va mazmuni, uning tarixiy va zamonaviy talqinlari.
Falsafanig bahs mavzulari va ularning xilmaxil talqinlari. Abadiy va o’tkinchi muammolar. Falsafaviy mavzularni ilmiy-nazariy o’rganish va tadqiq etish masalalari. Falsafiy bilimlar negizida tibbiy bilimlarning ishtiroki.
Falsafa milliylik va umuminsoniylik. Jahon falsafasi taraqiyotida milliy falsafiy maktablarning o’rni. Islom Karimov – istiqlol falsafasining asoschisi.
Dunyo qarash tushunchasi, uning mohiyati mazmuni. Afsona va rivoyatlar –mifologik dunyoqarashning g’oyaviy ildizi. Diniy dunyoqarash, uning asosiy qadriyatlari va tamoyillari.
Falsafa dunyoqarash sifatida. Uni dunyoqarashning boshqa shakillari bilan o’zaro bog’liqligi. Falsafiy dunyoqarashning umuminsoniy va milliy xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati.
Ijtimoiy – gumanitar fanlar tizimida falsafaning o’rni va mavqei. Falsafaning boshqa fanlarga ta’siri, O’zbekiston ijtimoiy fanlar tizimidagi zamonaviy o’zgarishlar jarayoni. I.Karimov ijtimoiy – falsafiy bilimlarning yangi mazmunidagi tizimini yaratish zaruriyati haqida.
Falsafaning asosiy funksiyalari. Yosh avlodni ma’naviy komillik, istiqlolga sodiqlik ruhida tarbiyalashda falsafaning ahamiyati.
Tarixiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakukurning aloqadorligi. Insoniyat falsafiy dunyoqarashining o’zgarish dialektikasi, uning tarixiy va ijtimoiy jarayonlarga bog’liqligi.
Istiqlol va falsafiy dunyoqarashning o’zgarishi zarurati. Mustaqillik – falsafiy taffakur o’garishining asosi va shart – sharoiti. Mafkuraviy bo’shliq va uni yangi mafkura bilan to’ldirishning falsafiy vazifalari. Mustaqillikni mustahkamlash, yangi tafakkurni shakillantirishda falsafaning o’rni va ahamiyati.
Har qanday dunyo qarash tarkibiga: bilim, baholash, e’tiqod va aqidalar kiradi.
Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy ong dalili tarzida bo’lishi mumkun.
Falsafa ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan. Ayniqsa tarixiy taraqqiyotning tub burulish davirlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul va g’oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamitat kasb etgan.
Falsafa, sirasini aytganda, ijtimoiy tafakkur rivoji yutug’I va insoniyat ma’naviy taraqqiyoti mahsulidir. U kishilarning olamini bilish, o’zlashtirish, farovon hayot kechirish va o’z insoniy salohiyatlarini namoyon etish ehtiyojlari bilan uzviy bog’liqdir. Falsafiy ta’limotlar hamma davirlarda ham insoniyatning ilg’or tajribalarini o’zida mujassamlashtiradigan va insoniyat madaniyatini yanada yuksakroq bosqichga ko’tarishga xzmat qilgan.
Amonova Marjona
Do'stlaringiz bilan baham: |