Dinning ijtimoiy ildizlari jamiyatda doimo mavjud bo’lgan tengsizlik,
qashshoqlik va adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o’zgartira yoki yenga
olmaganligi bilan bog’liq. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi
tuyg’usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so’nggi zikr etilgan tuyg’ular
osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo’lgan ishonchga aylanadi.
Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o’rgatadi. Muammolar,
qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o’ziga tayanch to’a olmagan inson
g’ayrioddiy kuchlarga umid bog’lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod
qilib, odamzod taskin va tasalli to’adi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |