asrlar mobaynida avloddan-avlodga o’tib kelgan, hayot tajribasi va mehnat
faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va
mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo’lgan tabiat
haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy
bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan.
Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni yechishda foydalaniladigan
ma’lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada tegishli bo’limlar
vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar:
matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya,
mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin.
Miloddan avvalgi III-II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika,
gidrostatika, geometrik o’tika (xususan, ko’zgular haqidagi alohida fan – «ka-
to’trika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo
mutafakkirlari al-Xorazmiy matematika, al-Farg’oniy astranomiya, al-Beruniy
meneralogiya va geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug’bek astranomiya,
Alisher Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo’shdi va ular ijodi
mahsullari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Biroq bu fanlarda
ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma’lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin
eks’erimental metodlar hali qo’llanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa asossiz
va tekshirib bo’lmaydigan s’ekulyatsiyalar mahsuli hisoblanadi. Ammo ko’rib
chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr mobaynida falsafiy bilim
qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.
SHu narsa diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton o’zining fizika
asoslarini yaratgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan
asarini e’lon qilgan.
SHunday qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud
bo’lmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy bilimlarning boshqa manbai – hayot
amaliyoti va hunarmandchilik san’ati bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada
rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda “Platon akademiyasi”, Markaziy
Osiyoda “Ma’mun akademiyasi” tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan
yutuqlarga erishilgan bo’lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan
paydobo’lishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi.
2. XVI- XVII asrlar – 1 ilmiy inqilob davri bo’lib, u klassik fan davri deb
nomlanadi. U Ko’ernik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va
Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o’z
cho’qqisiga ko’tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan so’ng oradan bir yil
o’tgach Nyuton tug’ilgani (1643 yil 4 yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk
ijodkorlari yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g’oyalarning
mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib
borgan romantik davrdir.
Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan va mexanika
Do'stlaringiz bilan baham: