1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li Reja



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana22.07.2021
Hajmi0,57 Mb.
#125757
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1 mavzu Falsafa fanining predmeti

Falsafaning  funksiyalari.  Falsafa  u  yoki  bu  muammolarni  hal  qilar, 

qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g’oyalar va nazariyalarni 

ilgari  surar  ekan,  ayni  vaqtda  (ba’zan  shu  tariqa)  har  xil  funksiyalarni  bajaradi. 

Falsafaning  muhim  funksiyalaridan  dunyoqarashni  shakllantirish,  bilish, 

metodologik,  integrativ,  madaniy,  aksiologik,  axloqiy  va  tarbiyaviy  funksiyalarni 

qayd  etish  mumkin.  Ularning  barchasi  bir-biri  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Bu 

funksiyalarning  roli  va  ahamiyati  falsafaning  amal  qilish  sohasi,  u  hal  qilayotgan 

vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.  



Dunyoqarashni  shakllantirish  funksiyasi.  Falsafaning,  dunyoqarashni 

shakllantirish funksiyasi, insonning dunyoga munosabati, uning o’z-o’zini va o’zini 

qurshagan  borliqni  tushunishi,  shuningdek  turli  voqealar,  hodisalarni  va  o’z 

burchini  qanday  talqin  qilishi  avvalo  va  bevosita  uning  dunyoqarashiga  bog’liq 

bo’ladi.  Yuqorida  ko’rsatib  o’tilganidek,  inson  dunyoqarashida  e’tiqodlar  va 

bilimlar, tuyg’ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va 

hokazolar  chambarchas  bog’lanadi.  Ayni  shu  sababli  falsafasiz  dunyoning  yaxlit 



manzarasini  yaratish  mumkin  emas,  chunki,  «hamma  narsaga  aralashadigan» 

falsafagina dunyoqarashning o’zaro bog’lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, 

shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to’g’ri 

munosabatini  yaratish  imkonini  beradi.  Bunda  falsafa  ayrim  ikir-chikirlar, 

ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va 

hodisalar  xossalarining  birligiga  e’tiborni  qaratadi  va  shu  tariqa  o’zining  bosh 

funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.  

Falsafaning  gnoseologik  funksiyasi  tajribada  sinash,  tavsiflash  yoki  shak-

shubhasiz inkor  etish  mumkin bo’lmagan,  ya’ni  fan ochib berish, tadqiq  etish va 

tahlil  qilishga  qodir  bo’lmagan  narsalar  va  hodisalarni  oqilona  yo’l  bilan 

tushuntirishga  harakat  qilishdir.  Falsafa  u  yoki  bu  mohiyati  aniqlanmagan  yoki 

kam  o’rganilgan  hodisalarni  tushuntirishga  nisbatan  o’z  yondashuvlari, 

nazariyalari  va  gipotezalarini  taklif  qilar  ekan,  ularni  bilishga  bo’lgan 

qondirilmagan qiziqish o’rnini ma’lum darajada to’ldiradi, shu tariqa mifologik va 

diniy fantaziyalarga kamroq o’rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan 

boshqa  bir  muhim  vazifa  «Haqiqat  nima?»,  «Uning  mezonlari  qanday?»,  degan 

masalalar  bilan  bog’liq,  zero  har  qanday  bilish  jarayoni  oxir-oqibatda,  u  yoki  bu 

tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo’ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.  



Metodologik  funksiyasi  to’g’risida  so’z  yuritganda  metod  tushunchasiga 

murojaat etish o’rinli bo’ladi. Bu tushuncha yunoncha methodos  – yo’l, tadqiqot, 

tekshirish  so’zidan  kelib  chiqqan  bo’lib,  u  yoki  bu  maqsadga  erishishning 

muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o’zlashtirishga qaratilgan 

usullar  yoki  amallar  majmuini  anglatadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bu  faylasuf 

yoki olim o’zi o’rganayotgan predmet ning tadqiqot yo’lidir. Odatda metodologiya 

muammolari falsafa doirasida o’rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan 

falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham 

rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada 

ham,  ayrim  fanlarda  ham  muhim  rol  o’ynaydigan  har  xil  kategoriyalarni  ishlab 

chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, falsafa 

o’ta  keng  tushunchalar,  ya’ni  kategoriyalar  bilan  ish  ko’rar,  ularni  ta’riflar  ekan, 

metodologik  funksiya  bilan  bir  vaqtda  dunyoqarashni  shakllantirish  funksiyasini 

ham bajaradi.  




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish