Axloqshunoslik va siyosatshunoslik. Axloqshunoslikning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, o’ziga xos va murakkab. CHunki siyosiy kurash qaramaqarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqozo etadi. SHaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarining mosligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari o’rtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajada axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo’ladi. Bu hozirgi kunda axloqshunoslik ham, siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy muammolardan biridir. SHuningdek, rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning axloqiy madaniyat doirasiga kiruvchi maxsus sohalari ham siyosatshunoslik bilan chambarchas bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |