Axloqshunoslik va dinshunoslik. Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo - axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. CHunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo’lgan ma‘lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta‘sir ko’rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday ta‘sir o’tkazganlar. CHunonchi, islom dinini oladigan bo’lsak, Qur‘oni karim, Hadisi sharif, Ijmo‘ va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon SHarqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Tasavvuf ta‘limotini esa rosmana islomiy axloq falsafasi deyish mumkin. SHuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |