1-mavzu: falsafa dunyoni anglash usuli reja: Sharq va G‘arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida 2



Download 463,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana13.06.2022
Hajmi463,09 Kb.
#661184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
1-mavzu falsafa dunyoni anglash usuli

Konfutsiy
(miloddan avvalgi 551-479 
yillar) shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‗rgansang, yaxshilik 
va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‗nggi darajasiga etadi. 
Niyatlar sof va xolis bo‗lsa, qalb rostgo‗y va samimiy bo‗ladi. qalb rostgo‗y va samimiy bo‗lsa, 
inson to‗g‗ri yo‗lga kiradi, kamol topadi. Inson to‗g‗ri yo‗lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib 
o‗rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish 
osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi»
8
.
Qadimgi xitoy faylasuflaridan yana biri – 
Lao szi
(miloddan avvalgi VI asr boshlarida 
yashagan): «Boshqalarni biluvchi – oqil, o‗zini biluvchi – donishmanddir», deb o‗rgatadi. 
Donishmandlikning tarixan shakllangan gnoseologik, axloqiy va ekzistensial xususiyatlari 
hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda va e‘tibordan soqit etilishi mumkin emas. Donishmandlik 
fenomeni haqida umumiy tasavvur hosil qilish yo‗lidagi izlanishlar quyidagi natijalarga olib 
keladi. Donishmandlik kundalik hayotdagi mulohazakorlikka qarama-qarshi qo‗yiladi. U 
mutlaqo go‗zal va mutlaqo adolatli dunyoning mohiyatini intellektual anglab etishga intilish 
sifatida, haqiqatni qaror toptirish yo‗lida beg‗araz xizmat qilish sifatida tushuniladi. Bu nainki 
5
Qarang: Dekart R. Izbrannыe proizvedeniya. – M., 1950. – 412-b.
6
Iqtibos quyidagi manbadan olindi: Platon i ego epoxa . – M., 1979. – 105-b.
7
Qarang: Lukyanov A.E. Stanovlenie filosofii na Vostoke. Drevniy Kitay i Indiya. – M., 1989. – 109-b.
8
Budda. Konfutsiy. Jizn i uchenie. – M., 1995. – 139-b.


to‗liq bilim, balki ma‘naviy barkamollik, ruhning ichki yaxlitligi hamdir. Bu shunday bir 
e‘tiqodki, unga erishishda insonning butun mohiyati ishtirok etadi. Donishmandlik belgisi 
sifatida me‘yor hissi amal qiladi. Uni intuitiv aniqlash «hayot haqiqati»ni anglab etish sifatida 
namoyon bo‗ladi. Etuklik donishmandlikning zaruriy sharti hisoblanadi. qisqa va lo‗nda 
hikmatlarda o‗z ifodasini topuvchi donishmandlik har bir xalq hayotida mavjud bo‗ladi, 
maslahatlar va pand-nasihatlarning keng to‗plami vositasida uni g‗amxo‗rlik bilan qo‗llab-
quvvatlaydi. qadimgi afsonalar, rivoyatlar va hikmatlar ko‗rinishida u avloddan-avlodga o‗tadi 
va ulardan har birining hayot yo‗lini engillashtiradi.

Download 463,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish