1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)


Shtrix kodlashtirilgan axborot tizimi va uning turlari. Shtrixli kodlashtirilgan tizimning O’zbekiston Respublikasida qo’llanishi



Download 5,55 Mb.
bet69/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Shtrix kodlashtirilgan axborot tizimi va uning turlari. Shtrixli kodlashtirilgan tizimning O’zbekiston Respublikasida qo’llanishi
2. Shtrix kodlashtirilgan axborot tizimlarining joriy qilish samaradorligi

  1. Shtrixli kodlashtirishni qo’llash texnologiyasi va uning klassifikasiyasi

Avtomat tarzda identifikasiya qilish – ya’ni ro’yxatga olishning usul va texnologiyalari hozirgi kunda amaliy jihatdan barcha sohalarda joriy qilib borilmoqda. Masalan, doimiy ravishda qo’llaniladigan metro turniketidan o’tish, bank kartochkalari orqali to’lovlarni to’lash, ko’pgina ofislarda xodimlarni ish joylariga kirish uchun maxsus kodlar kiritilgan ruxsatnomalarni o’qiy oladigan tizimlarni o’rnatilganligi bunga misol bo’la oladi.


Avtomatik identifikasiya qilish sohasida shtrixli kodlashtirish texnologiyalari alohida o’rin tutadi.
Shtrixli kodlashtirish xalqaro axborot tizimi tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarning asosiy parametrlarini ifodalash tizimi bo’lib, bu texnik vositalarni o’qishi uchun qulay ko’rinishda bo’lgan turli kenglikdagi qora va oq yo’lakchalar ketma-ketligidan tarkib topgan bo’ladi. Bu yo’lakchalar o’z navbatida axborot tashuvchilar hisoblanib, bu tizi orqali axborotlar grafik tarzda ifoda etiladi.



Kodlarda ifodalangan axborotlar (rasshifrovka) kodlar tagiga o’qish mumkin bo’lgan ko’rinishda yozib qo’yilishi mumkin. Shtrixli kodlar savdo, omborxona hisob yuritilishi, kutubxona ishi, qo’riqlash tizimi, pochta ishi va hujjatlarga ishlov berishda keng joriy qilib borilmoqda.
Masalan, hozirgi kunda jahon amaliyotida jarayonlarni avtomatlashtirishda shtrixkodlar o’zini samarali ko’rinishlari va ustunligini ifodalagan sohalar deb quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
− savdoda mahsulotlarni og’irligi va narhini identifikatsiya qilish;
− mijozlarni identifikasiya qilish, reklama tarzida chegirmalarni hisob-kitob qilish;
− omborxonada yuklar joylashuvini yuritish;
− omborxonada mahsulot/yuklarni qabul qilish/jo’natish;
− pochta xizmatida xat yoki yuklarni joylashuvini kuzatib borish;
− kutubxonalarda kitoblarni ro’yxatga olish va o’suvchilarni identifikasiya qilish;
− buxgalteriya hisobida asosiy vositalarni inventarizasiya qilish;
− kasalxonalarda mijozlarni identifikasiya qilish va uning elektron kartochkasini chaqirib olish;
− korxonalarda xodim yoki mijozlar shaxsini identifikasiya qilish;
− texnikalarni ta’mirlash bo’yicha ehtiyot qismlar va buyurtmalar harakatini kuzatib borish.
O’z xolicha shtrixli kod mahsulotning xususiyatlari to’g’risida axborot bermay, balki kompyuter hotirasi yacheykasi adresi bo’lib, xotirada bu mahsulot haqida ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Bunday ma’lumotlar to’plami mahsulotlar xaqidagi ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi.
Axborotlarni shtrixli kodlashtirishning chiziqli va ikki o’lchovli shtrix-kodlar belgilash usullari mavjud.
Hozirgi kunda shtrixlkodlashtirishning dunyoda 50dan ortiq tizimi qo’llanib kelinadi va EAN/UPC, Code39, Kod «2 iz 5» (Interleaved 2-of-5) va Codabar tizimlari eng ko’p tarqalgan hisoblanadi. O’zbekiston, Rossiya va Evropada EAN13 shtrix-kodi keng tarqalgan.
Birinchi shtrixli kodlashtirish tizimi AQShda 1930 yillarda paydo bo’lib, 1960 yillardan keng tarqala bordi va asosan iste’mol mahsulotlarini kodlashtirish uchun ishlatildi (UCC – UNIFORM PRODUCT COUNCIL).
Shu yillarda mahsulot aylanishini aniqlash va xujjatlashtirish ishlarini soddalashtirish yo’lidagi harakatlar oqibatida birinchi marta AQSH va Kanadada UPC – Universal tovar kodi tizimi joriy qilindi.
Shtrixli kodlar o’ziga xos sifat belgisi bo’lib, mahsulotga shtrixli kod berish vaqtida uni xalqaro standart talablariga mos kelish kelmasligi tekshirib ko’riladi. AQSH, Kanada, G’arbiy Evropa va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida mahsulotlarda shtrixli kodlarni bo’lishi majburiy talab qilinadi va bu davlatlarning ba’zilarida shtrixli kodlarsiz import qilish yoki bozorga chiqarish taqiqlanadi.
Hozirgi kunda shtrixli kodlarning quyidagi ko’rinishlari mavjuddir:
− UPC – AQSH, Kanada
− EAN – Xalqaro shtrixli kodlashtirish assosiatsiyasi
− EAN/UCC – Butunjahon shtrixli kodlashtirish assosiatsiyasi.
EAN mahsulot kodi uzunligi turli davlatlarda turlicha bo’lib, ular bir-biridan uzunliklari bilan farq qiladi, undagi belgilari soni – 8, 12, 13, 14, 128 tagacha bo’lishi mumkin va mos holda EAN-8, URC-12, EAN-13, EAN-14, EAN/UCC-128 deb nomlanadi.
EAN-14 to’rtburchak shakli bilan o’ralgan 14 razryadli kod bo’lib, undagi 13 razryad EAN-13 ketma-ketligida joylashadi va unga qo’shimcha razryad qo’shilib birinchi o’rinda joylashadi, bu esa upakovka guruhini bildiradi va birdan 8gacha bo’lgan raqamlardan iborat bo’ladi. Masalan, 1 – guruhlashtirilgan upakovka, 2 – kontneyrda jo’natilgan upakovka partiyasi. EAN-14 asosan transportirovkali jo’natmalarda ishlatiladi.
UCC/EAN − 128 xarfli-raqamli kodi fiksirlangan uzunlikka ega bo’lmay, keltirilgan mahsulot haqida to’liq ma’lumot beradi:

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish