Bog'liq Ko‘chmas mulk ob’ektlarini xatlovdan o‘tkazish (2)
Ko‘chmas mulk ob’ektlarini xatlovdan o‘tkazish
Reja:
1.Ko'chmas mulk obyektlarini xatlovni maqsadi va vazifalari.
2.Texnik inventarizasiyalashni o'tkazish muddatlari
Tayanch iboralar:Texnik inventarizasiya, aholi punktlarini imoratlari,rejaviy (asosiy) texnik inventarizasiyalash.
1.Ko'chmas mulk obyektlarini xatlovdan o'tkazish: maqsadi, vazifasi va muddatlari. O'zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrining asosiy vazifasi bino hamda inshootlarning joylashgan yeri, miqdori va sifat jihatdan tarkibi, texnik holati, obodonlik darajasi hamda qiymati va ushbu ko'rsatkichlarning o'zgarishi to'g'risida axborot olishdan iboratdir.
Texnik inventarizasiyalashning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
shaxsiy yoki uzoq muddatli ijaradagi ko'chmas mulkning haqiqatda mavjudligini va tarkibini aniqlash;
ko'chmas mulkka bo'lgan mulk yoki uzoq muddatli ijaraga olish huquqini tasdiqlovchi huquq belgilovchi hujjatlarning mavjudligini tekshirish;
ko'chmas mulkning texnik holatini belgilash va qiymatini baholash;
ko'chmas mulkka tegishli sug'urta hujjatlarining mavjudligini tekshirish.
Ko'chmas mulkni (yer uchastkalarini, bino va inshootlarni) inventarizasiyalash ishlari quyidagi umumiy hollarda amalga oshiriladi:
aholi punktlarini imoratlari bor bo'lgan yangi yerlarni ajratib bergan holda rejalashtirish bilan bog'liq ishlarda;
qurilish obyektlarini foydalanishga topshirishda – foydalanish uchun qabul qilinadigan bino va inshootlar barcha elementlarining haqiqiy holati hamda barcha loyiha parametrlaridan chetga chiqishlar to'g'risida to'laqonli ma'lumotlar olish maqsadida;
ko'chmas mulkni boshqarish maqsadida ma'lumotlar bankini yaratishda – hududlar chegaralarida barcha ko'chmas mulk obyektlarini: asosiy (rejaviy) va joriy (so'nggi ma'lumotlarni doim tegishli darajada tutish maqsadida) inventarizasiyalash ishlari amalga oshiriladi;
ko'chmas mulkni olishga tayyorgarlikda – ayrim konstruksiya va elementlarning jismoniy eskirishi to'g'risida ko'chmas mulk obyektining haqiqiy texnik holati hamda qiymatini belgilash imkoniyatini beruvchi obyektiv ma'lumotlar olish maqsadida;
tabiiy ofatlar, texnogen halokatlar va falokatlar oqibatlarini belgilash bilan bog'liq tekshirishlarda – tiklash ishlari loyihalarini tuzish uchun ziyonlar hajmini belgilash maqsadida ayrim bino hamda inshootlarning va ularning konstruktiv elementlarining saqlanganligi yoki zararlanish darajasi (ziyon) haqida muayyan ma'lumotlarni olish uchun;
eski bino va inshootlarni ularning haqiqiy jismoniy ekirishini (ishochliligini) va yuk ko'taruvchi konstruksiyalarning texnik holatini belgilash uchun rejaviy tekshirishlarda, ularni rekonstruksiya qilish, buzib tashlash yoki qayta ixtisoslashtirish masalalarini hal etishda;
barcha bino va inshootlarni ularning qurilish loyihalashining o'zgartirilgan (yangitdan kiritilgan) normalari talablariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan rejaviy tekshirishlarda.
Shuningdek, yer uchastkalarini, bino va inshootlarni inventarizasiyalash ishlari statistik hisobot maqsadlarida ham o'tkaziladi.
2.Texnik inventarizasiyalashni o'tkazish muddatlari
Yer uchastkalarini va ayrim binolarni, inshootlarni inventarizasiyalash ishlari kamida besh yilda bir marotaba 1 yanvar holati bo'yicha o'tkaziladi.
Rejaviy (asosiy) texnik inventarizasiyalash natijalari bo'yicha hududiy kadastr xizmatlariga ko'chmas mulk obyektlarida ro'y bergan barcha huquqiy va texnik o'zgarishlar to'g'risida ma'lumotlar taqdim etiladi.
Ko'chmas mulk obyektlari egalari (foydalanuvchilari) ro'y bergan rejadan tashqari o'zgarishlar to'g'risida mahalliy kadastr xizmatlarini dastlabki ma'lumotlarga tuzatishlar kiritish uchun 1 oy ichida xabardor qiladilar.
Yangitdan qurilgan (rekonstruksiya qilingan) bino, inshootlarni inventarizasiyalash ular barpo etilgan kundan boshlab 1 oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Nazorat savollari Texnik inventarizasiyalashning asosiy maqsadi nimalardan
iborat. Ko'chmas mulkni (yer uchastkalarini, bino va inshootlarni) inventarizasiyalash ishlari qanday hollarda amalga oo'iriladi.
Texnik inventarizasiyalashni o'tkazish muddatlari haqidagi tushunchangiz?