Elektron tijoratning tovarlar taklifi va narxiga ta’siri.
Internet orkali tovarlar va xizmatlarni sotib olishning odatdagi usuldan farqi quyidagicha : Birinidan, tovarlar, ayniqsa bir jinsli tovarlar xaqida axborotni izlash oson bo’ladi. Axtarish xarajati odatdagi savdo usulidan arzon bo’ladi. Ikkinchidan, sotuvchilar o’z xaridorlari xaqida kuproq axborotga ega bo’ladilar, “shaxsiylashtirilgan texnologiya”lar tufayli sotuvchilar xaridorlar xaqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati, oldingi oldi-sotdilar xaqida ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyati va mos ravishda narxlar va xizmatlar o’zgartirishi imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Umuman bu sistema quyidagi strategiyalardan foydalanishning qushimcha imkoniyatlarini beradi.
Maxsulotlarni xilma-xillashtirish; bozorning turli qismlari iste’mochilariga bir maxsulotni turli vaziyatlarda taklif qilish ;
Narx diskriminastiyasini qullash, bir-xil maxsulot uchun turli iste’molchilarda turlicha narxlar belgilash
Bozor “xujumi” aloxida iste’molchi uchun takliflarni ishlab chiqish;
Omma uchun odatda aylanadigan individual iste’molchilar uchun asosiy tovarlarga past narxlarni shakllantirish.
“On-layn” tizimidagi tijoratning iste’molchilar uchun afzalligi
Iste’molchilar uchun “On-layn” tizimi qulayroq, chunki iste’molchi talabiga to’laroq javob beradigan tovarni topish oson, narxlarni taqqoslash oson. Ayniqsa bu bir turdagi tovarlar –kompakt disklar kitoblar, dastur ta’minoti kabilarga nisbatan samaralidir, lekin murakkabroq narsalar, masalan aviabiletlar uchun xam shunday.
Faraz qilaylik, siz shu yo’l bilan musiqiy kompakt disklar olmoqchisiz. Buning uchun 2 ta usul bor. Brinchisida siz standart qidirish dasturlari, masalan Yahoo va Altavista -nimani xoxlashingizga bogliq ravishda orqali xarakat qilib veb-saytlarning katta xajmdagi ro’yxatini olasiz va ularga kirib ularning xar biriga qulda so’rov yozib o’zingiz tanlagan disk narxini topasiz. Bu jarayon ko’p vaqt oladi va xaqiqatdan ozgina veb-saytlardan foydalana olasiz. Biroq bu magazinlarga qungiroq qilish yoki borishga nisbatan baribir yaxshiroq. Bunda “on-layn” real tejam beradi. Biroq, yana xam samaralirok vaziyat “shop-bot”bor. Bunda siz “musiqiy kompakt disklar“ kategoriyasini tanlaysiz, nomi yoki turini tanlaysiz va shop-bot barcha saytlarni qarab chiqadi; narxini so’raydi va narxi eng past bo’lgan tovar xaqida axborot beradi (yoki eng past narxlardan boshlab tuzilangan ro’yxatni beradi ).
Agar siz eng past narxda kompakt disk sotib olmoqchi bo’lib magazinlarni axtarib chiqsangiz juda ko’p vaqt sarflar edingiz. Ko’p vaqtning sarflanishi xaridingizni ancha qimmatlashtirib qo’yar edi. Shop-bot orqali qidirish esa deyarli vaqt olmaydi.
Xozirda shunday qidirish tizimlari, masalan–Dealtime Grenter Good(ular siz sarflagan summaning kamida 5% ini siz tanlagan tashkilot uchun muruvvat yordami uchun o’tkazishga va’da berishadi), Jango, My Simon, StreetPrices, StoreRunner va Bid find (ularning faoliyati “on-layn “ aukstionlar ishiga qaratilgan ).
Bugun kompaniyalarning goyalari bir–xil bo’lsa xam texnologiyalari farq qiladi. Masalan, My Simon mexanizmi odamning xatti-xarakati immutastiya qiluvchi Vizual learning agent qidiruv texnologiyasini ishlatadi.
Evenbetter bilan ishlayotgan ro’yxatdan o’tgan xaridor sayt orqali (masalan Amazon) biroz narsa sotib olayotib xuddi shu tovarni boshqa joyda arzonroq sotib olish mumkinligi xaqida ma’lumot olishi mumkin va sichqlonchadagi knopkani bosish bilan arzon saytga o’tib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |