olishmaydi. Demak, inson yaxshi ishlashi uchun u har tomonlama bo‘lishi lozim. Agar
unda motivatsiyalari Yuqori bo‘lmasa , faoliyatida xatolar bo‘ladi, bilim olishi
sekinlashadi.
Hayotiy va fan muammolari ta’lim atamalari bilan shakllanadi. U tahliliy – tarkibiy
bo‘lishi lozim. “ Nima uchun quyosh yoritadi?” – savol, lekin muammo emas, bu erda
ma’naviy metodlarini ko‘rsatish lozim.
“SHaxsni rivojlantirish , boshqalar bilan aloqasi, genetik determinlik, belgilarini va
oilaviy totuvligini qanday tarbiyalash mumkin?- bu muammo. Bu muammoni hal etish
uchun psixologik bilim va metodlarga tayanish lozim.
Muammolar qo‘yishda gipoteza ( faraz ) larni shakllantirish lozim. Muammolar
qaerdan olinadi? Fanda muammolarni shakllantirish- etishmovchiliklarning
mavjudligi, ma’lumot uchun axborotlarning etishmasligi
yoki borliqni tushuntirish
orqali bo‘ladi.
Olamni ko‘proq aniq bilish bitta asosiy qo‘llovchi iste’dod bilan bog‘liq. Zero,
muammolarni bosqichlarga bo‘lish mumkin:
Borliqni bilish haqidagi bilimlarning etishmasligini bartaraf etish.
Muammolarni til darajasiga ko‘tarish. Muammolarni fandagi shakli. Muammo –
bu ritorik so‘roq. Bunda izlanuvchi savol beradi, ammo u savolga u o‘zi javob
topadi.
“ Muammo “ so‘ziga falsafiy ta’rif bersak, “ Muammo “ – bilishni rivojlantirishning
ob’ektiv savoli yoki savollar to‘plamiki, amaliy hodisalar yoki nazariy qiziqishlar bilan
ifoda etiladi.
Muammolar borliqni tahlil qilishni o‘rgatadi. Uni isbotlash kishining qilgan qarorlari
bilan bog‘liq.
1.4. Gipoteza ( fanning farazi )
Gipoteza- bu tasdiqlanmagan va isbotlanmagan, nazariyadan chiquvchi ilmiy fikr.
Fan metodologiyasida gipotezalar nazariy va empirik holatlar kabi eksperimental
gipotezalarga ajratiladi. Nazariy gipotezalar ichki nutqiy nazariyalar va nazariy bilimlar
asosida vujudga keladi. Bu gipotezalar haqida Feyerbend nutqni ajratadi. Fan
gipotezalari
tugallanuvchi, davom ettiriluvchi harakterga ega bo‘lishi kerak.
Ikkinchi tur gipotezalar eksperimental usullar bilan muammolarni hal etuvchi
holatlardir.
Eksperimental gipotezalar albatta nazariyaga asoslanishi shart emas.
Insonning faolligi uning dunyosini muammosiz bo‘lishini ta’minlaydi. Muammolar
ruhiy faollik bilan ham bog‘liq. Atrof olamga ko‘ra gipotezalarni 3 ta turga ajratish
mumkin. Birinchi turi nazariyalarga yoki borliq modellariga asoslanadi va ularni ochib
beradi. Ikkinchi turi ta’limiy eksperimental gipotezalar, ular voqea va asoslar
orasidagi
munosabatni ifoda etadi. Ular Feyerbendning “ Hamma o‘tadigan” tamoyillari asosida
shakllanadi. Uchinchi turi empirik gipotezalardir. Ular qandaydir model yoki
nazariyalar asosida rivojlanadi va shakllanadi. qadimgi variantda bunday gipotezalar
Kozmi Prutkovaning qarashlarida ifoda etiladi: “ Burninga e’tibor ber, u tuklar bilan
qoplangan “ eksperimentdan keyin bunday faraz isbotlangan. Isbotlangan
gipotezalarni natijalariga ko‘ra ajratish mumkin:
A)
hodisa
B)
hodisalar orasidagi aloqa
V) hodisalar orasidagi aloqaning sabablari.
Gipotezaning A turini ko‘rib chiqamiz bunda bitta odamda qancha ramziylik borligi
ifoda etiladi. Gipotezaning B turi bunda bola intellekti va ota-onalarning bunga bo‘lgan
munosabati tushuntiriladi. Gipotezaning V turida sabablar tushuntiriladi.
Gottsdanker gipotezalarning quyidagi eksperimental turlarini ajratadi:
Kontr gipoteza asosiy betaraflik avtomatik tarzda;
Kontr eksperimental gipotezalar faqat laboratoriya eksperimentidan iborat.
Aniq eksperimental gipoteza – asosiy sabab va laboratoriya orasidagi aloqa.
Eksperimental maksimal ( yoki minimal ) ko‘rsatkichli
gipoteza- mustaqillik va
nomlanishning maksimal bilishlari bilan ko‘rsatiladi. Faqatgina juda ko‘plab
eksperimentlar natijalari asosida isbotlanadi.
AbsolYut eksperimental gipotezalar ko‘p xarakterli eksperimentlarda o‘tkaziladi.
Bir munosabatli eksperimental gipotezalar bitta mustaqil va mustaqil bo‘lmagan
holatlar orasidagi munosabatlar. Bu eksperimental gipotezani o‘tkazish uchun bitta
munosabatga doimiy eksperiment o‘tkazilgan bo‘lishi, ikkinchisi esa unga nazoratli
hodisa bo‘lishi kerak. qo‘llovchilar gipotezalarni statistik va fan turlarini farqlaydilar.
Fan gipotezalari taklif etilgan muammolarning qarorlaridan shakllangan. Statistik
gipotezalar matematik statistika asosida shakllanadi. Istalgan fan gipotezasi statistik
ma’lumotlarni talab etadi. Har bir sabab qonuniyatlari
aloqalarini yoki voqealarni
isbotlashda ko‘plab tushuntirishlar keltirish kerak. Gipoteza 2 ta tarkib : asosiy va
alternativdan iborat. Statistik gipotezalar 2 ta tushunchada qo‘llaniladi: N (Farqlanish
haqidagi gipoteza) va N ( Ish haqidagi gipoteza ).
Eksperimental gipoteza eksperiment tuzilmasi uchun, statistik gipotezalar esa
tomonlarning qayd etish uchun olinadi. Ular o‘z tuzilmasiga ega va har biri dalillarga
tayanishadi.
Bitta eksperimentni tushuntirish
uchun birgina emas, balki bir nechta nazariyalar hisobga
olinadi.
SHubhasiz, statistik gipotezalar juda zarur va eksperimental gipotezalarni
to‘ldiruvchisidir.
Eksperimental gipotezalar birinchi o‘rinda, statistik gipotezalar esa ikkilamchidir.
Gipotezalar mavjud nazariy borliq bilimlari: dalillar, qonun-qoidalarsiz eksperiment
o‘tkaza olmaydilar.
Nazariyani eksperimentda tekshirib bo‘lmaydi. Nazariy xulosalar universal
hisoblanadi. Agar nazariyadan chiqadigan xulosalar eksperiment ‘ida tasdiqlanmasa ,
nazariy isbotlanmaydi.
Eksperiment natijasini ifodalovchi
xulosalar assimmetrikdir, ya’ni gipoteza inkor
qilinishi mumkin bo‘lgan, lekin hech qachon qat’iyan qabul qilinmaydi. Har qanday
gipoteza keyingi tekshirishlarda aniqlanib keladi.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish ‘i, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga
obʼektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib
takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan
masalani isbotlashi
lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiem — tajriba va na-zariyadan
iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni,
tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish,
tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish,
kelib chiqqan
farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish,
ilmiy bashorat Yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va
sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning
metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy
masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: