Mavzu: 21dan 100gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash, qo‘shish va ayirish amallarini o‘rgatish Reja: kirish



Download 157 Kb.
bet1/8
Sana26.04.2022
Hajmi157 Kb.
#581724
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
phpCrF8Kt 21-100


ANNOTATSIYA
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o‘rganishini tashkil etishning didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish bilim olish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bola birinchi marta jamoat jihatidan baholanuvchi faoliyatga kirib boradi. Bu faoliyat barcha o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan qoidalardan iborat bo‘lib uning muvaffaqiyati birgina o‘quvchiga emas butun jamoaning faol harakatiga bog‘liq.
Aynan shu davrda bola bilim olish faoliyatining jamoa ishlab chiqqan uslublarini egallash zaruriyatini tushunadi. Chunki faqat ulargina qo‘yilgan masalani muvaffaqiyatli yechishni ta’minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati to‘planadi.


Mavzu: 21dan 100gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash, qo‘shish va ayirish amallarini o‘rgatish
Reja:
KIRISH
1. Sonlarni raqamlashni o‘rganish metodikasining umumiy masalalari.
2. Raqamlash metodikasi bo‘yicha o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar.
3. O‘nlik ichida raqamlashga o‘rgatish.
4.Yuzlik ichida sonlarni raqamlash.
5. Raqamlashga o‘rgatish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish usullari.
XULOSA VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urf-odatlari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya jarayoni mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir.


Olimlarimizning ilmiy merosini chuqur o‘rganib, uni ta’lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma’naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir.
Shu paytgacha psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning ilmiy tahlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, T. To‘laganov, D.B.Elkonin) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
Ikkinchidan, sonlarni o‘rganish bo‘yicha o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan aqliy hatti-harakatlar tizimini aniqlashga qaratilgan. Bunda o‘qitish va o‘qish faoliyatlari chegaralanadi; o‘quvchilarda aqliy faoliyat tizimini maqsadga muvofiq shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish (N. Azizxodjayeva, Yu.K.Babanskiy, O.Rozikov, N.F.Talizina, T.I.Shamova, D. Shodiyev, G.I.Shukina va boshqalar) masalalari ustida tadqiqotlar amalga oshirildi.
Uchinchidan, ayrim tadqiqotchilar o‘quvchilarning funksiyalarini to‘la aniqlash, ta’lim mazmunining tuzilishi va komponentlarini aniqlash bilan bog‘laydilar. (V.P. Bespalko, D.D. Zuyev, B. Qodirov, E. G‘oziyev, G‘.B. Shoumarov va boshqalar);
To‘rtinchidan, o‘qitishning tashkiliy shakllariga bog‘liq ekanligi qayd qilinadi. Bunday yondoshish boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun maqsadga erishish yo‘llari, usullarini muhokama qilish uchun qulay sharoit yaratishi, o‘zaro ishonch muhitini yaratishiga urg‘u beriladi (Sh.A. Amonashvili, M.V. Matyuxina, R.A. Mavlonova va boshqalar);
Beshinchidan, psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich ta’lim samaradorligini o‘quvchilarning motivlariga bog‘liq ekanligi qayd etilmoqdakim, bunda ham bilish faoliyatining turli motivlarini shakllantirish masalalari ochib beriladi. (A.K. Markova, M.V. Matyuxina, M.X. To‘xtaxodjayeva, S. Annamurodova, G.I. Shukina, B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev va boshqalar).
Mavjud tadqiqotlar ushbu muammoning yo‘nalishlarini ma’lum darajada aks ettirsa-da, bu raqamlashni o‘rganish tizimining didaktik asoslarini ta’minlay olmaydi. Bu esa bizning bitiruv ishimizning dolzarbligini ko‘rsatadi.
O‘quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshqa tushunchaning o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o‘zida hosil qilinmasdan, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. Shuning uchun o‘qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak.
Darslar sistemasining tuzilishidagi eng katta talab darsning o‘quv-tarbiyaviy maqsadini e’tiborga olish, o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining o‘quv vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.
Unda o‘quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, mustahkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek, hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimga keltirish va umumlashtirishni ham ta’minlash kerak.
Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar qaraladi.
1. Yangi materialni o‘qitishga tayyorlash.
2. Yangi o‘quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish.
3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali
malakalarni hosil qilish.
4. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.
5. Bilim va malakalarni tekshirish.
Davlat ta’lim standard o‘quvchilarning har biriga ta’lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag‘badlantirish va shu orqali o‘quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini ta’minlash uchun da’vat etilga. Davlat ta’lim standarlarining o‘quv fani bo‘yicha, ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqarilishi o‘quv fanlarining variantini tanlash asosida o‘quv metodik majmualar, jumladan, boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog‘lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining ichki bog‘liqligi va o‘quv fanlari aro uzviylikni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarish talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi.

  1. o‘quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish.

b)faohiyatning har-xil turlarini o‘quv mehnat,muloqatni egallash.
v)o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholarshga o‘rgatish.
g) muayyam umumiy tabiiy -ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi
taraqiyotining tavsifi.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o‘quv- bilimjarayoniga matematika o‘qitish bo‘yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o‘quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fasilatlarining shakllanishini ham taminlaydi.
O‘quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga o‘rgatish metodikasining nazariy asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar "Ta’lim taraqqiyoti qonunda ham" Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" da ko‘rsatib o‘tilgandek, har bir sinf o‘quvchisiga oldiga muhim vazifa qo‘yilmoqda. Bu vazifalar boshlang‘ch ta’lim uchun ham xos bo‘g‘inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo‘g‘inlar xilma -xil o‘quv fanlari dasturlarida, o‘quv rejalarida,darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilish mumkun.
Davlat ta’lim standartlari o‘quv fani bo‘yicha o‘quv -metodik majmualar (dastur, o‘quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o‘quv fanlararo bog‘lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarni bog‘lanishi ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika kursida, avvalgiga o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rni egallaydi. I-IV-sinflarining yangi dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko‘p o‘zgarmagan:arifmetika nazariyasi (amallarning xossalar,natijalari va kompanentlardan biri o‘zgarganda amallar natijalarining o‘zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq,o‘lchashlar,hisoblashlar,masalalar yechish ) bilan bog‘lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, sistemasi,arifmetik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema tarzda tutilgan.
Shuningdek arifmetik boshlang‘ich o‘rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o‘z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o‘quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O‘quv materialini o‘quv yillari bo‘yicha taqsimlanishida o‘rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib borishi ko‘zsatiladi.
1-sinf dan 20 gacha sonlar.
2-sinf dan 100 gacha sonlar.
3-sinf dan 1000 gacha sonlar.
4-sinf dan 1000000 gacha sonlar.
Va hokazo ya’ni ko‘p xonali sonlar o‘rganiladi. Arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Hammasi bo‘lib 5 ta konsentr ko‘zda tutiladi: o‘nlik, ikkinchi o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar. Har bir konsert o‘z mazmuniga ko‘ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shiming uchun o‘quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o‘rganar ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o‘quv va malakalarning asta-sekin shaklanishi ( sanoqda, o‘lchashlarda, og‘zaki va yozma nomerlashda, hisoblashda va h.k ta’minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi korsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o‘rganish mos masalalarni kelgusida o‘rganish uchun tayyorgarlik ishi bo‘lib hisoblanadi, har bir keyingi honsentrda esa ilgari o‘rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Barcha konsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketligi va o‘rganish uslubida ko‘p umumiylik mavjud bo‘lib , bu o‘qitishning ma’lum uslubida ishlashning umumiy usullarining shakllanishiga imkon beradi, o‘quvchilarning ziyrakligini va mustaqil fikirlashlarini rivojlantiradi.Shu bilan birga, har bir konsentr o‘ziga xos xususiyatga ega, bu uni ajratib ko‘rsatishga asos bo‘ladi. Bu bir tomondan, arifmetik materialning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ikkinchi tomondan, konsentralning ajratib berilishiga ishning ayrim bosqichlarida o‘qitishning maqsad va vazifalarining o‘ziga xosligi sabab bo‘ladi.
Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o‘quvchilarni psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o‘lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to‘plamlari yordamida ko‘rsatish bo‘lgan katta bo‘lmagan raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham ko‘rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o‘tish orqali bolalarning fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish uslubini shuningdek, arifmetik amallarni o‘rganish usulini batafsil bayon qilamiz.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish