Fanning asosiy bo‘limlari
Mehnatni muhofaza qilish fani asosan quyidagi 6 bo‘limdan iborat:
1. Mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslari.
2. Mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari.
3. Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi.
4. Xafsizlik texnikasi asoslari.
5. Yong‘in xavfsizligi.
6. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Fanning nazariy asoslarida mehnat muhofazasining ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish-ning аsоsiу уo‘llari, mehnat sharoiti va xavfsizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xusu-siyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ish-larning jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi,
jarohat-lanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asos-lari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatla-nish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofa-za qilishning ijtimoiyiqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |