Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiёti. Dinlarni wrganish uzoq tarixga ega. Har bir inson ёn-atrofidagilarning etiqodi, qaysi dinga mansubligagi qiziqadi, ular h’aqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk malumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim ёzuvchilari asarlarida kwrishimiz mumkin. Ulardan eng mashh’uri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) wzi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari h’aqida malumotlar keltirgan. Bu qiziqish Wrta asr Evropasida h’am mavjud bwlgan. Lekin boshqa dinlar h’aqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning etiborini jalb qilmaslik va ularni wsha dinlarga kirib ketmasliklari taminlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni ёmonlash orqali ularga ёndashishni maqul deb topganlar.
İslom olamida h’am dinlarni wrganish bwyicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardaёq diniy tortishuv (munozara)larni wz ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan etiboran esa boshqa dinlarga «raddiya»lar ёzila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diёnot» (Dinlar) va «al-Milal» (Xalqlar) ywnalishidagi adabiёtlar vujudga kelgan.
«Ad-Diёnot» (Dinlar) ywnalishida ёzilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-Navbaxtiyning (vaf. 910) «al-Aro vad-diёnot» (Etiqodlar va dinlar) kitobi h’isoblanadi. Keyinchalik Masudiy (957) wzining «ad-Diёnot» (Dinlar), Masbih’iy (1029) «Darkul bug’yati fiy vasfid diёnoti val ibodoti» (Dinlar va etiqodlar vasfida maqsad meёri) kitoblarini ёzganlar. Shuningdek Beruniyning (973-1048) «Tah’qiqun ma lilh’ind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin» (Aqlga maqbul ёki nomaqul bwlgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi h’am shular sirasiga kiradi.
«Al-Firaq» (Firqalar) ywnalishida ёzilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir al-Bag’dodiyning (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar orasidagi farq) asari h’amda Abul-Maoliy Muh’ammad ibn Ubaydulloh’ning (vaf. 1092) «Baynal-adёn» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.
«Al-Milal» ywnalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) «al-Milal van-nih’al» (Dinlar va xalqlar), Abu Muh’ammad Ali İbn Hazmning (vaf. 1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ah’voi van-nih’al» (Dinlar, h’avo va xalqlar h’aqida ajraluvchi kitob), Abul-Fath’ Muh’ammad ibn Abdulkarim ash-Shah’ristoniyning (vaf. 1183) «al-Milal van-nih’al» asarlarini sanash mumkin.
«Ar-Radd» (Raddiya) ywnalishida h’am kwplab asarlar dunё yuzini kwrgan. Ularga İmom G’azzoliyning (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Gwzal raddiya), İbn Kalbiyning (vaf. 819-821) «Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli asarlarini aloh’ida qayd etish lozim.
Darh’aqiqat, Musulmon Sharqi wlkalarida bu soh’ada kwplab asarlar yaratilgan bwlib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiёti uchun fundamental manba bwlib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayh’on Beruniyning «al-Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («Wtmish xalqlardan qolgan ёdgorliklar»), «Hindiston», Muh’ammad ibn Abdulkarim Shah’ristoniyning «al-Milal van-nih’al» («Dinlar va oqimlar»), İbn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fil-milal val-ah’vo van-nih’al» («Dinlar, adashgan firqalar va mazh’abni ajratish») kabi asarlari, shuningdek, İbn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot ishlari kwplab Evropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini wrganuvchi G’arb mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi. Dinlar, oqim va mazh’ablar h’aqidagi fan soh’asining yuzaga kelishida ularga kwp marotaba murojaat qilingan.
Taniqli tarixchi, dinshunos Shah’ristoniy quyidagicha ёzadi: «Bilginki, joh’iliyat davrida arablarda uch turdagi ilm soh’asi mavjud edi:
1. Nasablar, tarixlar va dinlar ilmi;
2. Tush tabirlari ilmi;
3. Wlkashunoslik ilmi».
Shuningdek, «İxvon as-Safo» risolalarida keltirilishicha, ilmlar ikki guruh’ga bwlinadi: 1. İnson azolari h’aqidagi ilm (Anatomiya); 2. Dinshunoslik ilmi.
İbn Nadim esa: «Dinshunoslik fani h’. IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi.», deb ёzadi. Bu milodiy X-XI asrlarga twg’ri kelib, aynan shu davrda Beruniy wzining «Hindiston» asarini ёzgan.
G’arb mamlakatlarida dinshunoslik fani kwpincha nemis tilidagi «RELIGIONS WISSENSCHAFT» ёki ingliz tilidagi «HISTORY OF RELIGIONS» kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «İxvon as-safo» risolalari, Beruniy va Shah’ristoniy asarlarida qwllanilgan «علم الاديان» (Dinlar ilmi) ёki «تاريخ الاديان» (Dinlar tarixi) atamalarining h’arfiy tarjimasidir.
Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. G’arbda, zamonaviy manodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiёsiy mifologiya» va 1870 yilda nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars bah’olari» nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga ywl ochgan va kattagina etibor qozongan. U Angliyadagi mashh’ur Oksford universitetida dinlar tarixidan maruzalar wqigan. Wzining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) swzini qwllagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muh’im deb bilishgan va dinning asl moh’iyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina etishish mumkin, degan fikrni olg’a surgan.
Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va Shantepi de la Sosse bu borada izchil faoliyat olib borganlar. Shunday qilib davrlar wtishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar talim dasturlaridan joy olgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik soh’asida olib borilgan izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan soxada bir qancha mutaxassislar etishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Bienchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixael Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |