Din falsafasi. Din sotsiologiyasi, Din psixologiyasi kabi asosiy mavzusi «din» bwlgan Din falsafasi, «din»ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf ywl tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch etiqodiga falsafiy bir asos topishga h’arakat qiladi. Shu tufayli h’am Din falsafasi soh’asida faoliyat kwrsatuvchilarning maqsadi dinning h’aq ёki botil ekanligi masalasi bilan mashg’ul bwlish emas, diniy h’ukmlarning mantig’i va moh’iyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog’liq dalillarning tanqid ёki tah’lilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli ёki asossiz ekanligi masalasini kwrib chiqadi.
Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jih’at bu, undagi h’ukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, bah’o berish, munosabat bildirish metodiga suyangan h’olda diniy masalalarni h’al qilishsa; Din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqёsda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha h’ukmlarni chiqaradi. Hatto Din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qwlga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qwllagan metodlar h’aqida h’am h’ukm chiqarishi mumkin.
Din falsafasi, dinning moh’iyati, insonning diniy h’aqiqatlar bilan bwlgan bog’liqligini wrganadi. Bu ilm turining etiborida bwlgan mavzularning boshida Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi-koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg’ambarlik va vah’iy kabi keng miqёsda metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy wrinni egallaydi. Bundan tashqari ilm-imon, ilm-din, din-madaniyat (din-sanat, din-til-adabiёt) diniy tajriba, diniy h’is kabi asoslar h’am bu ilm turining sarh’adlariga kiradi.
Din tarixining yuqorida malum qilinganlar bilan yaqindan aloqasidan tashqari, u suyanuvchi bir qancha ilm turlari h’am mavjud. Ularning ichida birinchilardan bwlib tarix wrin oladi. Tarix, makon va zamon tayin qilgan h’olda wtmishdagi voqea-h’odisalarni wrganuvchi bir ilm turi bwlishi bilan birga moziy va h’ozirdagi dinlarning tarixiy shakllanishi jih’atidan Dinlari tarixiga yaqindan kwmakchi bwladi.
Diniy matnlarning wrganilishi, tabiiy ravishda, tilga bog’liqdir. Demak, bir tomondan Dinlar tarixi suyanadigan ilm turi esa bu Filologiyadir. Bundan tashqari Mifologiya (Rivoyat va afsonalar), Etnologiya, Arxeologiya, Sanat tarixi, Folklor va shunga wxshash bir qancha ilm turlari borki, ulardan h’am Dinlar tarixi izlanishlarida bevosita foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |