Marksizm dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati masalasida dinni hukmron sinflarning afkor xalq ommasini ezish vositasi, ijtimoiy taraqqiyotga qarshi kuch hamda ma’naviy zulm shakli deb baholagan.
XIX asrda dinning vujudga kelishi sabablarini antropologik yondashuvidagidek ibtidoiy odamning abstrakt tafakkuri mahsuli, ongning mantiq qoidalariga zid kelishi natijasi sifatida baholash va marksizmdagi hukmron sinflarning afkor xalq ommasini ezish vositasi, ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch kabilar bilan bog‘lab tushuntirishdan farq qiluvchi g‘oyalar vujudga kelgan.
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida dinni sotsiologik o‘rganishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bu sohada nemis mutafakkiri M.Veber (1864–1920) va fransuz mutafakkiri E. Dyurkgeymlarning (1858–1917) xizmatlari katta bo‘lgan.
M. Veberning fikriga ko‘ra, sotsiologiyani dinning manbalari va metafizik mohiyati masalasi emas, balki uning mavjudligi, shart-sharoitlari qiziqtiradi. Sotsiologiya esa diniy g‘oyalar va tasavvurlarning kishilar xatti-harakatlari va ijtimoiy hayotga ta’siri kabi masalalarni o‘rganishi kerak.
M. Veber sotsiologiya predmetini dinning sotsial funksiyasidan kelib chiqqan holda belgilagan. Dinni individ va jamiyatning ahamiyati, simvollari va qadriyatlarini belgilovchi madaniy tizim, ijtimoiy institut deb hisoblagan.
Din qadriyatlarning birlamchi asosidir. Zero, din kishi harakatiga ma’no va mazmun baxsh etuvchi eng muhim usul sifatida uning maqsadini belgilaydi. Din vositasida dunyo manzarasi ishlab chiqiladi, unda amal qiladigan qadriyatlar va normalar tizimi hosil qilinadi. Bu esa hayot uchun nimalar ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligini aniqlovchi vosita vazifasini bajaradi.
E. Dyurkgeym dinni o‘rganishda M. Veberga nisbatan tamoman bosh- qacha yondashadi. U dinni o‘rganishda sotsiologik tadqiqotlarning umumiy prinsiplariga tayanadi. Uning fikriga ko‘ra, sotsial ma’lu- motlarning manbai tafakkurda yoki alohida olingan kishilarning xatti- harakatlarida emas, balki jamiyatdadir. Sotsial voqelik hosil bo‘lishi uchun kamida bir necha kishi birlashib harakat qilishi va bu jarayon yangi natijani vujudga keltirishi kerak. Mazkur jarayonlarning natijasi individ ongidan tashqarida yuzaga kelganligi sababli, individual tafakkurlar uchun xatti-harakatlar, qadriyatlar va normalar namunasi vujudga keladi va mustahkamlanadi. Natija ijodiy jarayonda ishtirok etayotgan individ uchun obyektiv voqelikka aylanadi. Din ijtimoiy voqelik bo‘lib, unda boshqa ijtimoiy institutlarni o‘rganishdagi uslublar va baholash mezonlaridan ham foydalanish mumkin.
Din muayyan ijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlash maqsadida yuzaga kelgan ijtimoiy institutdir. Uning manbai odamlarning ijtimoiy hayotidan kelib chiqadi. Din orqali jamiyat o‘zini ilohiylashtiradi. Uning mavjudligi va mohiyati ijtimoiy his-tuyg‘ularni muqaddaslashtirishga, jamiyatning shaxsga ta’sirini mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat bo‘ladi.
Dinni sotsiologik o‘rganish uni ijtimoiy voqelik sifatida yondashuvga asoslanadi. Lekin din nafaqat sotsiologik, balki ruhiy voqelik ham hisoblanadi. Din psixologiyasi vakillari uni o‘rganishda ushbu jihatlariga alohida e’tibor beradilar. Ular dinning vujudga kelishi sabablarini odamni o‘rab turgan tashqi dunyodan emas, balki insonning o‘zida, ichki borlig‘i va hissiy-irodaviy kechinmalarida deb hisoblaydilar.
Din psixologiyasini o‘rganishda Z. Freydning (1856-1939) xizmatlari katta bo‘lgan. Z. Freyd dinni inson faoliyatining mahsuli deb hisoblagan. U dinning kishi tabiatga qaramligi sababli vujudga kelganligini qayd etgan holda bilishning irratsional (lotinchada – mantiqsizlik, tafakkurga zid qarashlar degan ma’nolarni anglatadi) mexanizmlarini hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlagan.
Z. Freydning ta’limotiga ko‘ra, inson psixikasi uch darajaning o‘zaro hamkorligidan hosil bo‘ladi: ongsizlik, ong oldi va onglilik darajalari. Bularning ichida ongsizlik darajasi psixikada katta ahamiyatga ega. Inson psixikasining bu darajasida tabiiy instinktlar va «birlamchi mayllar» ustuvorlik qiladi. Z. Freyd asosiy mayllar qatorida jinsiy mayllarni ustun qo‘ygan. Individning ongsizlik bilan bog‘liq mayllari jamiyat uchun katta xavf-xatar tug‘diradi. Jamiyat o‘zini kishi mayllaridan himoya qilishi uchun ijtimoiy normalar va boshqa madaniyat elementlaridan iborat ustqurma mexanizmlarni vujudga keltirgan. O‘ta kuchli tabiiy ehtiyojlarni ijtimoiy normalar bilan tiyib turish din yordamida mustahkamlanadi.
Z.Freydning fikriga ko‘ra, tabiiy mayllarning tiyilishi individ psixikasida nevroz holatini vujudga keltiradi. Din ham jamoa nevrozining bir turidir. Lekin din jamoa nevrozi sifatida kishini individual iztiroblardan saqlaydi, individual nevrozning rivojlanishini to‘xtatadi va fojiali oqibatlarga olib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, dinni vujudga kelishi sabablarini uning alohida xususiyatlarini o‘rganish bilan to‘liq tushuntirib bo‘lmasligiga amin bo‘lamiz. Masalaga bunday yondashuv dinni kompleks o‘rganishni taqozo etadi. Zero, kompleks o‘rganish uning jamiyatda takror ishlab chiqarishga sabab bo‘ladigan ildizlarini aniqlashga yordam beradi.
Dinning vujudga kelishi, avloddan-avlodga o‘tib borishi va ri- vojlanishi uchun shart-sharoitlarni shakllantiruvchi omillar uning ildizlari deb ataladi. Dinning ildizlari uch qisimga bo‘linadi. Ularning har biri dinni o‘rganishda juda muhim. Bu qisimlar birgalikda dinning vujudga kelishi uchun shart-sharoit yaratadi. Ular quyidagilardan iborat:
1) dinning ijtimoiy ildizi kundalik hayotda kishilarning turmushini belgilovchi moddiy va ma’naviy munosabatlar tizimidan iborat. Dinning ijtimoiy ildizida moddiy sharoitlar ustuvor. Siyosiy ustqurma institutlari dinga ikkilamchi ta’sir etadi.
Dinning ijtimoiy ildizini tashkil etuvchi jabhalardan biri ijtimoiy hayotni stixiyali qonuniyatlar asosida rivojlanishidir. Undagi boshqarib bo‘lmaydigan jarayonlar jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy inqirozlarni, urushlarni, kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tabiiyki, individ ularning vayron qiluvchi ta’sirlaridan o‘zini himoya qilishga intiladi va oqibatda g‘ayritabiiy kuchlardan najot so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
2) dinning gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot degan ma’nolarni anglatadi) ildizi kishining bilish faoliyati jarayonida diniy e’tiqodi vujudga kelishiga imkoniyat yaratadigan sharoitlardir. Tabiat va jamiyatni bilish dialektik jarayon. Tajribasizlik, subyektivlik, narsa va hodisalarni absolutlashtirish voqelikning noto‘g‘ri idrok etilishiga olib keladi. Bundan tashqari, diniy g‘oyalarning paydo bo‘lishi borliqni hissiy idrok etishdan boshlanadi va u ratsional bilish bosqichida ahamiyatini saqlab qoladi.
Dinning gnoseologik ildiziga aloqador va barcha tarixiy davrlarda takrorlanib turadigan xususiyatlar quyidagilardan iborat:
a) bilishning subyektiv jihatlarini absolutlashtirish (lotinchada – voqelik bilan bog‘lanmagan narsa, nisbatsizlik, so‘zsiz degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni bo‘rttirib ko‘rsatish;
b) abstrakt (lotincha abstratio – diqqatni chetga tortish degan ma’noni anglatadi), ya’ni tafakkur;
v) tafakkurning umumlashtirish qobiliyati.
3) dinning ruhiy ildizi. Dinning vujudga kelishida kishining bilish faoliyatiga bog‘liq jarayonlar bilan birga uning hissiyoti, kayfiyati va kechinmalari ham ishtirok etadi. Diniy tasavvurlar dastlab kishilarning his- tuyg‘ulari orqali vujudga keladi.
Dinning ruhiy ildizi individual va ijtimoiy ruhiyatlarga bo‘linadi. Individual ruhiyatga shaxsiy iztirob, g‘am-tashvish, o‘limdan qo‘rqish, yolg‘izlik, muhabbat, mehr-shafqat, minnatdorlik singari ijobiy va salbiy kechinmalarni misol keltirish mumkin.
Ijtimoiy ruhiyatga guruhlar va jamiyatlarga xos voqeliklar – ijtimoiy fikr, ommaviy qo‘rqish hissi, taqlid, an’ana va urf-odat kabilarni misol keltirish mumkin.
Dinning ruhiy ildizlari deganda diniy g‘oyalarni qayta ishlab chiqarilishi va o‘zlashtirilishiga qulay shart-sharoitlar yaratadigan jamiyatlar, guruhlar va individlarning ruhiy holati, jarayonlari va mexanizmlari tushuniladi.
Ruhiy kechinmalar insonga xos xususiyatdir. Ularsiz inson yashay olmaydi. Odam o‘zining ijobiy va salbiy his-tuyg‘ularini boshqarishga harakat qiladi, lekin ruhiyat turli obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarga bog‘liqligi, murakkabligi sababli ularni barqarorlashtiradigan kuchga ehtiyoj sezadi. Din ana shunday kuch vazifasini bajarishi mumkin.
O’rta asrlarning yirik faylasufi va ilоhiyotchi оlimi Fоma Akvinskiy (Tоmizm ta’limоti dеb yuritiladi) xristian dini aqidalarini nazariy jihatdan tushunishni bir yaxlit tizimga kеltirgan edi. Uning fikricha, dunyoning mavjudligi Xudоga bоg’liq. Chunki U-birinchi sabab hisоblanadi. Fоma Akvinskiy Xudоning mavjudligini narsalarning mavjudligini apоstеriоr yo’l bilan, ya’ni оqibatning mavjudligi sababining mavjudligini isbоtlaydi, dеgan tamоyil asоsida isbоtlashga harakat qiladi. Uning fikricha, matеriya shaklga bоg’liq bo’lmagan hоlda, alоhida mavjud bo’lishi mumkin emas, ammо shakl matеriyadan alоhida yashashi mumkin. Bu bilan. Fоma Akvinskiy mоddiy narsalar оliy shakl - Xudоga bоg’liq bo’lmagan hоlda mavjud bo’lishi mumkin emas dеgan g’оyani isbоtlashga harakat qiladi. Yana u, hamma narsa va hоdisa o’z sababiga ega, sabablarning sababi esa xudоdir, dеydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |