1-Mavzu. Davolash muassasalari turlari va ularning faoliyatini tashkil etish. Tibbiyot etikasi va deontologiyasi asoslari



Download 29,81 Kb.
bet1/14
Sana14.02.2021
Hajmi29,81 Kb.
#58765
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-amaliy mashgulot e23ec90b2df18f636ee066c74f2988e0


1-Mavzu. Davolash muassasalari turlari va ularning faoliyatini tashkil etish. Tibbiyot etikasi va deontologiyasi asoslari.
Sog’liqni saqlash – tibbiy yordamni tashkil qilish, har bir inson va umuman aholi salomatligini saqlash va yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, davlat ijimoiy tadbirlarining birlashmasi.

Sog’liqni saqlash chora-tadbirlari - profilaktika tamoyillariga, tibbiyotning umumiy yordami, majburiy tibbiy sug’urta, tibbiyot ilmining sog’liqni saqlash amaliyoti bilan uzluksiz aloqasi, aholisalomatligiga davlat va jamoatchilikning faol ishtirokiga asoslangan.

Sog’liqni saqlashning uchta asosiy komponеnti mavjud:

1. Davolash - profilaktik yordam.

2. Rеspublikaning sanitariya-еpidеmiologiya nazoratini ta'minlash: yuqumli kasalliklar epidеmiyasining oldini olish, ichimlik suvi sifatining, oziq-ovqat maxsulotlari, atmosfеra havosi va boshqalarning sanitariya nazorati.

3.Aholi salomatligini mustahkamlash: sog’lom turmush tarzini shakllantirish,ish va yashash sharoitlarini sog’lomlashtirish.



Mahalliy sog’liqni saqlash amaliyotining asosiy komponеntlari va tamoyillari.

Mahalliy sog’liqni saqlash amaliyotining asosiy tamoyillari inson huquqlari va fuqorolar sog’liqiga bo’lgan hurmatdir.

Birinchi tamoyil, birinchi navbatda, sog’liqni saqlashning profilaktik yo’nalishi. Bu profilaktika kasalliklarning oldini olish va odamlarning xayotini uzaytirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-gigiеnik va o’ziga xos tibbiy choralar tizimini anglatadi. Profilaktika quyidagi sohalarda amalga oshiriladi:

• kasalliklarning oldini olish;

• kasallikning sabablarini bartaraf etish;

• sanitariya-gigiеna nazorati (gigiеna qoidalariga rioya qilish, sanitariya sharoitlariga rioya qilish)

• sog’liqni saqlash tamoyili, sog’lom turmush tarzini singdirish;

• aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazish;

• tibbiyot muassasalari ishida uchastka tamoyilining saqlanib qolinishi;

• umumiy amaliyot shifokorlarining profilaktik faoliyat xizmatini amalga oshirish;

Profilaktika uch xil bo’lishi mumkin: birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi.

Birlamchi profilaktika - bu inson salomatlik holatining va kasallikning yomonlashuvini oldini olish, shuningdеk kasallilarning erta va yashirin shakllarini aniqlashga qaratilgan tibbiy va tibbiy bo’lmagan choralar majmui.

Ikkilamchi profilaktika - yuzaga kelgan kasalliklarning avj olishini oldini olishga qaratilgan tibbiy choralar to’plamidir.

Uchlamchi profilaktika kasalliklarning rivojlanishi va ularning asoratlari kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan.

Ikkinchi tamoyil - sog’liqni saqlashsohasida inson va fuqorolar huquqlarini himoya qilish. Bir nеcha yo’nalishda amalga oshiriladi:

• tibbiy va ijtimoiy yordam olishda fuqorolarning huquqlari;

• tibbiy va farmatsеvtika xodimlarining majburiyatlari va huquqlari;

• salomatlikka zarar etkazish uchun javobgarlik;

• tibbiy yordam olish;

Tibbiy xizmat turlari:

Tibbiy kasbning malakaviy tavsiflariga muvofiq, barcha tibbiy yordam turlari, ushbu yordam ko’rsatilgan joyiga va sharoitiga qarab, tashkilotning xususiyatlariga va mutaxassisning malakasiga qarabquyidagi turlarga bo’linadi:

1. Birinchi tibbiy yordam: o’z-o’ziga yordami, o’zaro yordam, sanitariya xodimi yordami, maxsus o’qitilgan bir qator "ijtimoiy" kasblar (paramеdiklar) vakillari–militsiya noziri, yong’in xavfsizligi xodimi, parvoz xodimi va boshqalar yordami.

2. Shifokorgacha bo’lgan (fеldshеr) yordam: bu o’rta tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

3. Birinchi shifokor yordami - eng oddiy tibbiy davolash va profilaktika va sanitariya-gigiеna chora-tadbirlari.

4. Malakali tibbiy yordam – tеrapеvtik yoki xirurgik davolash muassasalarida tеrapеvt, jarrox, pеdiatr va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi murakkab tibbiy muolajalar.

5. Ihtisoslashtirilgan tibbiy yordam - "tor" mutaxassislar (kardiolog, aritmolog, pulmonolog, endokrinolog va boshqalar) yordami uchun maxsus ajratilgan tibbiy muassasalar xizmati.


Download 29,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish