Keys Mavzu: Iqlim o’zgarishi,uning oqibatlari va bartaraf etish yo’llari Geografiya yo’nalishi 21.59 guruh talabasi Aliyev Asadbek Kirish - Ishning maqsadi,iqlim o’zgarishini,uning sabablarini va oqibqtlarini o’rganish.O’rganilgan ma’lumotlar va bilimlardan foydalanib Iqlim o’zgarishining sabab va oqibatlarini bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqish.
- Iqlim – bu muayyan hududda uzoq vaqt davomida yig’ilgan namlik,harorat,atmosfera bosimi,shamol,yog’in va boshqa meteorologik elementlarning ko’rsatgichlaridir ya’ni ma’lum bir hududdagi ob-havo elementlarining ko’p yillik rejmi.
- Bu atama fanga Aristotel tomonidan kiritilgan ma’nosi “qiyalik” degan ma’noni anglatadi.
Iqlim o’zgarishi Iqlim o’zgarishi tabiiy jarayonlar shunikdek,insonlarning tabiatga antropogen ta’siri natijasida iqlimda kuzatilayotgan turli xil o’zgarishlar,oldin kuzatilmagan hodisalarning kelib chiqishi.Bu o’zgarishlarga misol qilib iqlimning global isishini,ayrim hududlarda shamollar yo’nalishining o’zgarishini,Arabistonga qor yog’ishini,Sahroi Kabirga yomg’irlarning ko’p miqdorda yog’ishini,mo’tadil kengliklarda qorning yog’mayotganligini aksincha,bu hududlarda yomg’irlarning va sellarning ko’payganini,o’rmon yong’inlarining ortayotganligini ko’rsatishimiz mumkin. Iqlim o’zgarishi oqibatlari - Iqlimning o’zgarishi,iqlimdagi doimiy odatiy narmal jarayonlarning buzilish bir qancha salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
- Global miqyosdagisiga isishni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin.
- Hududlar miqyosida;tropik va subtropik hududlarda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligining pasayishi,tuproq erroziyasining kuchayishi,kuchli yog’inlar sabab toshqinlarning ko’payishi,o’rmon yong’inlari xavfining ortishini keltirib chiqaradi.
Muammoni bartaraf etish yo’llari - Yuqorida iqlim,uning o’zgarishi,oqibatlari va sabablari to’g’risida aytib o’tdik.
Endigi navbatda Iqlim o’zgarishi muammolarini bartaraf etish yo’llarini,tadbirlarini ishlab chiqishimiz lozim.Buning uchun iqlim o’zgarishiga nima asosiy sabab ekaniligini aniqlaymiz.Ma’lumki, buning asosiy sababi avtomobillar va sanoatdan atmosferaga turli zararli gazlarning chiqarilishi.”Issiqxona samarasi” ga ham shu kabi gazlarning ko’p miqdorda atmosferaga chiqarilishi va ozon qatlami ostida to’planishi sabab bo’lmoqda. Bu muammolarni oldini olishimiz uchun biz avvalo global miqyosda harakat qilishimiz kerak chunki,birgina davlatning yoki hududning harakati yetarli bo’lmaydi.Eco shaharlarni ko’paytirishimiz,chiqindisiz texnikalar(elektromobil)larga o’tishimiz. Sug’orishda suvni tejash maqsadida yomg’irlatib,tiomchilatib,yerlatib sug’orish joriy etishimiz; Sanoat korxonalariga GFU apparatlarini o’rnatishimiz kerak. Asosiysi bunda hammamiz birdek harakat qilmog’imiz kerak. Xulosa - Xulosa qilib aytish mumkinki biz yashayotgan muhita yashashimiz uchun asosiy sharoitni iqlim yuzaga keltiradi.Biz fiydalanadigan tabiiy boyliklar ham,iste’mol qiladigan oziq ovqat mahsulotlarimiz ham iqlimning hosilasidir.Shining uchun biz Iqlimga befarq bo’lmasligimiz,uning odatiy normal holatini saqlashga harakat qilishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |