1 Mavzu: Davlat boshqaruvining nazariy-metodologik asoslari Reja


Davlat boshqaruvi tushunchasi va boshqaruv tasnifi



Download 23,84 Kb.
bet5/9
Sana02.05.2021
Hajmi23,84 Kb.
#63658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

2.Davlat boshqaruvi tushunchasi va boshqaruv tasnifi
Tadqiqotlarga ko‘ra, jamiyatdagi inson faoliyati ta’sirida ro‘y byeradigan jarayonlar hamda voqea-hodisalar bevosita boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq holda kechadi. Boshqaruv – bu muayyan jamoa yoki tashkilot a’zolarining faoliyat yo‘nalishini ta’minlaydigan, butun tashkilot va uning bo‘limlarini belgilangan maqsad doriasida ushlab turadigan, faoliyat turlariga ko‘ra, jamiyatning barcha jabhalarida o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan, muayyan rahbar kadrlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifadir.

SHuning uchun ham lotincha “adminis-tratio” atamasi rahbarlik qilishni (kimgadir, nimagadir), boshqaruvni anglatadi. Boshqaruv – tegishli ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga yerishish yo‘lida amalga oshiriladigan faoliyatlarni o‘zida mujassam etadi.

Hozirgi kunda boshqaruv nafis san’at, shafqatsiz musobaqa, yuksak ilm-fan bilan barobar bo‘lib, soha tadqiqotchilarining fikricha, zamonaviy boshqaruv vazifalari tizimi quyidagicha belgilanishi mumkin:

1. Tashkil etilgan tashkilot (jamoa, birlashma, idora va h.k.) rahbari va etakchisi sifatidagi faoliyati, a’zolarning birlashuvi.

2. O‘zaro hamkorlik – muloqotni yo‘lga qo‘yish va doimiy muloqot.

3. Axborotni qabul qilish, saralash va tarqatish.

4. YAngi texnologiyalarni muntazam joriy etib borish.

5. Mavjud zahiralarni taqsimlash.

6. Qoida bo‘zilishlarining oldini olish va kadrlar qunimsiz-ligini boshqarish.

7. Mo‘zokaralar olib borish, shartnomalar tuzish.

8. Innovatsiyalar o‘tkazish, raqobatbardosh loyihalar ishlab chiqish.

9. Doimiy reja asosida ish olib borish (rejalashtirish).

10. Xodimlar faoliyatini nazorat qilish va ularni yo‘naltirish bo‘yicha mutaxassis amalga oshirishi mumkin va lozim bo‘lgan vazifalarning barchasi emas. Bulardan tashqari, boshqaruvchi reklama ishlari, qo‘shimcha mablag‘lar undirish, tashqi aloqalar (turli ko‘rinishlarda) ni yo‘lga qo‘yish kabi faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanishlari lozim bo‘lgan vazifalarnnng barchasi emas. Bulardan tashqari, boshqaruvchi reklama ishlari, qo‘shimcha mablag‘lar undirish, tashqi aloqalar (turli ko‘rinishlarda) ni yo‘lga qo‘yish kabi faliyat turlari bilan ham shug‘ullanishlari lozim bo‘ladi.

Tadqiqotchilar insonning hayotning turli jabhalariga ta’sir ko‘rsatish nuqtai nazaridan quyidagi boshqaruv turlarini ajratib ko‘rsatadilar:

1. Hayvonot va o‘simlik dunyosiga zarur shaklda ta’sir ko‘rsatish yo‘lini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan biologik boshqaruv.

2. Texnologik jarayonlar, mexanizmlar va shunga o‘xshash holatlarni boshqarish bilan bog‘liq texnologik boshqaruv.

3. Insonning insonga ta’sir qilish vositalarini shakllan-tiruvchi jamiyat boshqaruvini nazarda tutadigan ijtimoiy boshqaruv. Ijtimoiy boshqaruv o‘z xususiyatlari bilan qolgan ikkita boshqaruv turlaridan ajralib turadi.

Hozirgi kunda jahon xalqlari o‘rtasida integratsiya jarayon-larining tobora chuqurlashib borishi, iqtisodiy munosabatlar, axborot almashinuvi, yangi texnologiyalarning jadallik bilan kirib kelishi har bir to‘zum, jamiyat, tashkilot yoki jamoa oldiga o‘z faoliyatlarini ushbu hodisalarning buguni va kelajagini hisobga olgan holda tashkil etish vazifasini yuklamoqda. SHunga qaramasdan, boshqaruv organlarining faoliyat yuritishi hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Davlatdagi boshqaruv organlari mavjud yerda esa, tabiiyki rahbar kadrlar ish olib boradi.

Davlatning qonunlar asosida ish yuritishi va mehnatni samarali tashkil etishi ma’lum tashkilotlar, jamoalar, idoralarning yashovchan-ligini ta’minlovchi omillari sifatida maydonga chiqadi. Ushbu omillarga ajralmas darajada bog‘lanib ketgan uchinchi omil – bu davlat boshqaruvida rahbarlik faoliyatidir. Tashkilot taraqqiyoti va uning barcha munosabatlari, shu jumladan, tashkilotning ichki munosabatlari ham uni boshqarayotgan rahbar yoki tashkilot tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan turli darajadagi rahbarlar – rahbariyatning xatti-harakatlari natijasida amalga oshadi. SHuning uchun ham tashkilot samarali mehnat va uni rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘ymasa, rahbar tashkilotga munosib faoliyat yuritmasa, u tanazzulga uchraydi.

Aynan mana shu sabablarga ko‘ra hozir biz yashayotgan jamiyatda rahbar kadrlar faoliyatini nazorat qilishda amaliy ish olib boruvchi tizimlar – komissiya, reviziya, attestatsiya kabi tuzilmalar mavjud bo‘lib, bu tuzilmalar ham davlat, ham nodavlat tashkilotlarga baravar xizmat ko‘rsatadi.

SHunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi – bu davlat va nodavlat idoralarining qonunlarni hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat barpo etish vazifalarini bajarish yo‘lida o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan kundalik qonuniy ijrochilik va ma’muriy faoliyatidan iborat. Davlat boshqaruvi xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirila borib, quyidagi masalalarni nazarda tutadi:

1. Ma’muriy ijro tizimining yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab harakatlanishi.

2. Davlat boshqaruvi sub’ektlarining huquqiy-hokimiyat vakolat-larini ma’muriy tartibda amalga oshirish.

3. Boshqaruv sub’ektlari huquqiy me’yorlarni mustaqil o‘rnata oladigan ma’muriy qonun ijodkorligi imkoniyatlarining mavjudligi.



Download 23,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish