4.13.1-rasm. Paxta terish apparati agrotexnik ko’rsatkichlarini aniqlashstendining sxemasi.
1-nov; 2-reyka; 3-hosili terilmagan g’o’za tupi; 4-tashqi tasma; 5 va 17-oldingi baraban qo’tisi; 6,11,15 va 18-shpindelli barabanlar; 7 va 9-ajratkich; 8-ichki tasmalar; 10 va 16- orqadagi barabanlar qo’tisi; 12-hosili terilgan g’o’zapoya; 13baraban; 14-yelektromotor; 19-tros.
G’o’zapoyalar apparat barabanlari o’rtasidagi terish kamerasi TK dan o’tayotganida, ulardagi paxtani boshqa tasma 4 yordamida baraban 6 ga teskari yo’nalishda aylanayotgan shpindellar o’z sirtiga o’rab, ya’ni terib oladi. Terilgan paxtani shpindellar (baraban bilan birgalikda aylanishi hisobiga) ajratish zonasiga keltiradi. U yerda shpindel roligi ichki tasma 8 ga tegib, katta burchak tezlanishi bilan tormozlanib, o’ta qisqa vaqtga to’xtab, keyin teskari, ya’ni baraban aylanayotgan yo’nalishda aylana boshlaydi. Shpindel tormozlanganida unga o’ralgan paxta piltalarining ko’p qismi (80% gacha) inersiya kuchlari ta’sirida yechilib, shpindeldan ajralib, qo’ti 9 ga tushadi. Qolgan paxta piltalarining asosiy qismi ajratkich cho’tkalari ta’sirida shpindeldan ajratiladi, ammo ayrimlari yesa shpindelga o’ralgan holda yana terish kamerasiga olib ketiladi. Paxtaning bir qismi chanoqlarda qolib, ayrimlari yesa yerga to’kilishini tushuntiradi.
Stenddagi apparat texnologik jarayoni tushuntirilganidan so’ng, texnologik sozlanishlar ko’rsatiladi. Texnologik jarayon sifat ko’rsatkichlariga ta’sir qiladigan omillarning mohiyati tushuntiriladi. Apparat texnologik jarayonini baholaydigan ko’rsatkichlardan yeng muhimlari sifatida quyidagilarni aytish joizdir:
G’o’zapoyadagi ochilgan hosilni terib olish darajasi (T), %.
Chanoqlarda qolgan hosil qismi (I), %.
Paxtani yerga to’kilish darajasi (Ye),%.
Shpindelga o’ralgan paxtani ajratib olish darajasi (S), %.
Hosilni terish darajasi (T) ni bunkerga tushgan paxta miqdori ifodalaydi. Ammo, tajriba o’tkazilayotgan stenddagi usti yopiq qo’ti 5 ga tushgan paxtani T deb qabul qilish xato bo’lmaydi. Paxtani terish darajasi o’ta ko’p omillarga bog’liq: barabanning shpindellar o’qi bo’ylab urinma tezligi Vb ning mashina tezligi Vmdan necha barobar katta yekanligini bildiradigan o’zish koyeffisiyenti K=Vb/Vm ning miqdoriga; shpindel tishlarining chirklanish darajasiga; shpindel tishi absolyut tezligining yo’nalishiga; terish kamerasining kengligiga; shpindel diametri va tishlarining o’lchamlariga; baraban diametriga va boshqalarga. Mazkur mashg’ulot stansionar stendda o’tkazilishi sababli, ayrim omillarning ta’sirini talabalarga ko’rsatish iloji bo’lmaydi.
Ish joyidagi xavfsizlik qoidalari talabalarga tushuntiriladi, instruktaj beriladi. Terish apparati texnologik sozlanishlari to’g’ri bajarilganligi tekshiriladi. Paxtasi terilmagan g’o’zapoyalar reyka teshiklariga o’rnatiladi. Reyka yesa stendning old A tomonida novning ichiga tushirilib, trosga ulanadi. To’liq ochilmagan ko’saklar, paxtasi qisman to’kilgan chanoqlar, singan shohlar olib tashlanadi. Apparat motori ishga tushiriladi, reduktorning birinchi pog’onasi ulanadi. Shpindelli barabanlar bir tekis aylanganidan so’ng, lebyodka motori ishga tushiriladi, reyka siljiy boshlaydi. Reykadagi birinchi g’o’zapoya oldingi shpindelli barabanlar juftidan 50...60 sm uzoqlikda joylashtirilganligi sababli, terish kamerasiga kirayotganida uning tezligi Vm ga tenglashib (tezlanishsiz) ulguradi.
Reykadagi oxirgi g’o’zapoya orqa barabanlar jufti terish kamerasidan chiqib ulgurganida lebedka hamda apparat avtomatik ravishda o’chiriladi. Yehtiyotkorlik bilan oldingi barabanlar juftidan 9 va 17 qo’tilarga tushgan paxta terib olinadi va ularning Q11 va Q12miqdorlari tarozida aniqlanadi. Orqadagi barabanlarda terilgan paxta 10 va 16 qo’tilardan olinib, Q21 va Q22massasi tarozida tortilib topiladi.
Hamma barabanlardan yerga to’kilgan paxta Ye, g’o’zapoyalarda qoldirilgan paxta U hamda shpindellardan ajratilib olinmagan paxta S miqdorlari aniqlanadi.
Reykaga o’rnatilgan g’o’zapoya chanoqlaridagi hosil
X=Q11+Q12+Q21+Q22+Ye+U+S topiladi. Keyin yesa X ga nisbatan Q11+Q12 necha foiz bo’lishi, ya’ni oldingi shpindelli barabanlar jufti hosilning qanday qismini terish darajasi T1 aniqlanadi (amalda oldingi barabanlar jufti hosolning 80% gacha terishi aniqlangan) va tegishli xulosa qabul qilinadi. Q11+Q12+Q21+Q22 yig’indisining X ga nisbatan foizi apparatning umumiy Ta terish darajasini ko’rsatadi. Ta ning miqdori stend sharoitida vertikal shpindelli apparat uchun 92....94%, gorizontal shpindelli aparatlar uchun 2...3% ga ko’proq bo’lishi mumkin. Shpindelning aylanish tezligi qandaydir sababga ko’ra kamayib qolsa, Tamiqdori ham o’zgarishini talabalarga ko’rsatish foydali bo’ladi. Bunday hol ko’pincha uzoq vaqt davomida ishlatilgan tasma 1300 C gacha qizib ketishi tufayli uning rezinasi o’z xossalarini (ishqalanish qoyeffisiyenti) o’zgartirib qo’yishi; tasmaning yeyilishi; tasmani tortib turadigan prujinaning cho’zilib ketishi; shpindel podshipniklarining yomonlashganligi; terish kamerasini ish tirqishi noto’g’ri qo’yilganligi va boshqa sabablarga ko’ra sodir bo’lishi mumkin. Stendda yesa, tasma tarangligini kamaytirib, tajriba o’tkazib, Ta ning qanchalik o’zgarishini ko’rsatish ma’qul bo’ladi.
Muhim ko’rsatkichlar sifatida terilmasdan chanoqlarda qoldirilgan paxta U, yerga to’kilgan paxta Ye va shpindeldan ajratilmasdan, uning sirtida qoldirilgan paxta S miqdorlari ham X ga nisbatan foiz ko’rinishida baholanadi.U, Ye va S
ko’rsatkichlariga ta’sir qiladigan omillarni talabalarga ko’rsatish kerak. Shu sababli, birinchidan, tashqi tasma tarangligini kamaytirib yangi tajriba o’tkazilsa, Ta bilan bir vaqtda U, Ye va S ko’rsatkichlarining ham o’zrarishlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |