Ichki tasmalarning texnologik jarayonga ta’sirini talabalarga to’liqroq o’rgatishga ham katta ye’tibor berish kerak. Ichki tasmaning vazifasi shpindelga o’ralgan paxtani ajratib olishni ta’minlashdir. Shpindel roligi ichki tasmalarga tekkanidan so’ng, u o’ta qisqa vaqt ichida tormozlanib to’xtaydi, keyin teskari tomonga qarab aylana boshlaydi. Tormozlanish vaqtida shpindel oladigan burchak tezlanishi tufayli paydo bo’ladigan inersiya kuchi katta ahamiyatga yega. Chunki, inersiya kuchi ta’sirida shpindelga o’ralgan paxta piltasi old tomonga burilib yechiladi va o’z-o’zidan shpindeldan ajralib tushadi. O’ralgan paxtaning asosiy qismi
(80% gacha) ajratkich cho’tkalarining ta’sirisiz shpindeldan o’z-o’zidan ajratiladi. Agar tormozlanish rejimi rejalshtirilganiga nisbatan o’zgartirilsa, shpindeldan paxtani ajratib olish jarayoni ham o’zgaradi. Teskari aylanish jarayoni burchak tezlanishi me’yoridan kam bo’lsa, shpindeldan paxtani ajratish qiyinlashadi, ortiq bo’lsa, pilta yechilib ulgurmasdan, tish bilan aloqasini uzib, shpindel ustida halqa ko’rinishida qoladi. Bunday halqalarning ayrimlari shpindel bilan birgalikda yana terish kamerasiga kirib ketadi, apparatning terish darajasi Ta pasayib ketadi. Bunday jarayonni shpindeldagi paxtani ajratmasdan olib ketish (“pronos”) deyiladi. Yuqoridagilarni ye’tiborga olib, ichki tasmalarning roliklarga siqilish kuchining o’zgarishi paxtani shpindeldan ajratish jarayoniga katta ta’sir qilishini talabalarga ko’rsatish va uqtirishi kerak bo’ladi. Shu maqsadda, ichki tasmaning shpindel roligiga siqilish kuchini o’zgartirib tajriba o’tkazish mumkin.
Shpindeldagi paxtaning o’z-o’zidan yechilishini namoyon qilish maqsadida, oldingi barabanlarning bittasidan ajratkich 10 larni to’liq yechib qo’yib tajriba o’tkazilsa, olingan Q12bilan Q11ning bir-biridan farqlanish darajasi aniqlanadi.
Baraban o’zish koyeffisiyentining terish jarayoniga ta’sirini talabalarga o’rgatish uchun, reduktor ikkinchi pog’onada ishlatilib, K=1,35...1,40 o’rniga, K=0,95...1,0 o’rnatiladi. Ushbu holatda tajriba o’tkazilib hamma ko’rsatkichlar aniqlanadi va oldingi variantdagilar bilan taqqoslanadi, tegishli xulosalar yoziladi.
Mashg’ulotning oxirgi tajribasida terish kamerasi ish tirqishi kengligining ahamiyatini namoyon qilish foydali bo’ladi. Defoliasiya qilinib bargi to’kilgan, ko’saklarning 55...60% ochilgan paxta hosilini terishda birinchi barabanlar jufti oralig’idagi tirqish dala sharoitida b1=30…34 mm, ikkinchi barabanlar jufti tirqishi b2 =26…30 mm qo’yilishi tavsiya qilinadi. Stendda yesa, o’rib quritilgan g’o’za tuplaridan foydalanilishini ye’tiborga olib, b1=32 mm, b2=28 mm qo’yiladi. Yendi b1=36…38 mm, b2 =34…36 mm qo’yib, yangi tajriba o’tkaziladi, Ta, Ye, U, S lar aniqlanib, tegishli xulosalar yoziladi.
Agar stendga gorizontal shpindelli apparat o’rnatilgan bo’lsa, uning agrotexnik ko’rsatkichlari Ta, Ye, U ni aniqlash yetarli bo’ladi, chunki gorizontal shpindelli apparat qismlarining kinematik parametrlari vertikal shpindelli apparatga o’xshab tez o’zgarmaydi, uning ish ko’rsatkichlari uzoq vaqt barqaror bo’ladi.
Mashg’ulot natijalari ishonarliroq bo’lishi uchun, yuqoridagi tajribalar 3...5 marotaba takrorlanib, topilgan ko’rsatkichlarning o’rtacha arifmetik miqdori quyidagi jadvalga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |