1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblarining haqida tushuncha Reja



Download 75,76 Kb.
bet2/5
Sana23.08.2021
Hajmi75,76 Kb.
#154272
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу 1-қисм

VAVILON. Vavilonda kirim-chiqim hisobi yuritilgan, ammo bu boshqacha shaklda bo’lib, uning boshqacha yo’nalishda paydo bo’lganligi haqida gapiriladi. Ikki sivilizasiya bir maqsadga turli yo’l bilan borishdi. Vavilon “Hisob kartochkasi”ning Vatani bo’lib qoldi. yumshoq va nam loydan plastinkalar shaklida yasalib, qamish poyalari bilan hisob yozuvlari o’yilib yozilar edi.

SHundan so’ng plastinkalar quyoshda quritilgan yoki xumdonda pishirilgan. Bu kartochkalar hujjat tariqasida qoplarda (konvertlarda) saqlangan, bu hujjat va sirlarni juda yaxshi saqlanishga imkon yaratar edi. Keyinroq ularni 2 nusxada tayyorlay boshladilar. qoplardagi xujjatlarni sopol xum va savatlarga joylashtirganlar. Ular qopqoqlar bilan berkitilib, chilvir bilan bog’laganlar. CHilvirlarni uchiga xumda nimalar borligi, bajaruvchilar kim ekanligi va qancha vaqt saqlanishi kerakligi yozilgan loy bo’laklari bog’lab qo’yilgan.

Vavilionda yordamchi jadvallar keng qo’llanilgan, hisobchilarda ko’paytirish jadvali, Selevkidlar davridan murakkab foizlar hisoblash jadvali saqlanib qolgan.

Har bir nomlangan qimmatli buyumga hisob kartochkasi ochilib Vavilionda hisob tartibli holatda yozib borilgan. Uning bir tomoniga qabul qilinayotgan buyumlar soni, miqdori va hajmi yozilgan, ikkinchi tomoniga esa ular jamlangan. Dalillar belgilangan tartibda hujjatko’rsatkichlar (rekvizitlar) i orqali ifodalangan. Ular quyidagilar:

1. Olingan predmetlarning soni va turi.

2. Topshirayotgan shaxsning ismi.

3. Oluvchining ismi

4.Vaqt (kunlik, oylik, yillik).

Vavilionning tuqimachilik ustaxonalarida ham hisob yuritilgan. Hisob junning og’irligi va sifatiga qarab olib borilgan. Hisobot shunday tarzda tuzilar edi:

1. echkilardan qaychilab olingan qancha jun har xil navdagi matolarni ishlab chiqarishga berilgan.

2. Bu junlar qaerdan olingan.

3. qancha ayollar ishlab chiqarishda katnashgan.

4. Ular qancha vaqt ishladilar.

5. Ularning mexnatiga haq to’lash me’yori.

6. YAkunlar, yoki natijalar

7. Umumiy yakun, haq to’lash.

Moddiy qiymatli buyumlar hisobi taxminan shunday bo’lgan:

Kirim-chiqim hujjatlari ma’lumotlariga qarab alohida guruhlarga bo’lingan, bu guruhlarning oralaridagi ayrim nomlangan qimmatbaho buyumlarni teskari tomoniga saldo (qoldiq) lar chiqarilgan, ular boshlang’ich qoldiqlari bilan algebraik hisoblar joylashtirilgan va haqiqiy qimmatli buyumni qiymati bilan solishtirilib oxirgi hulosa chiqarganlar.

Vavilionda birinchi marta qonunlar majmuasi ishlab chiqilgan bo’lib, u yerda “Xamurapi qonunlari” (eramizdan avvalgi 2200-2150 y.) deb nomlangan qonunlar majmuasi ishlab chiqilgan, unga ko’ra shunday yozilgan: “Savdogarlar mustaqil hisob yuritishi, ibodatxonalarda davlat hisobchilari hisob olib borishlari shart. Pullar tilxatsiz qo’ldan-qo’lga o’tishi mumkin emas”.

Iudiya aholisiga Sulaymon quyidagi gaplarni aytgan: “Kim bilan doimo savdo munosabatlarida bo’lib tursangiz, nima berayotganingizni, nima olayotganingizni sanang, baholang va yozib boring”. SHunday qilib kontokorrent shakllandi. Barcha hisoblar bekitilmaguncha, sarfni boshlamas edilar. Saroylarda har doim kelayotgan sovg’alar hisobga olinardi.

Eron Persopolida ishchilarga ish haqi pul shaklidan tashqari natural holatda ham berilar edi. Ishchi idoradan so’rov-xujjatini olardi va g’azinachiga ko’rsatardi, u o’z navbatida to’lov ro’yxatiga kiritadi hamda pul berganligi haqida belgi qilardi. SHuningdek, to’lov uchun oziq-ovqat ham berilardi.

YA.V.Sokolovning ta’kidlashicha, eroniy hisobni gullagan vaqti Doro (er avv. 522-486 y.) boshqargan yillarga tug’ri keladi. Uning davlati juda katta davlat bo’lishi bilan birga, doimiy xarakatdagi armiyaga ega edi. SHuning uchun qattiq nazorat kerak edi. Hisobchilar faqat ochiq emas, balki yashirincha hisob qam yuritishardi. egasi noma’lum xatlar jurnali va yashirincha hisob yurituvchilarni “SHoxning ko’z qulogi” degan rasmiy nom bilan atashardi.

QADIMGI GRETSIYA. Buxgalteriya hisobining keyingi rivojlanishi shaxsiy xo’jalik va shaxsiy mulkdorlikni shakllanishi bilan bog’likdir. quldorlik jamiyati bag’rida kapitalizmning tarixiy birinchi shakllari savdo va sudxo’rlik paydo bo’ldi va rivojlanib bordi. Bular mehnatning yana bir yirik uchinchi taqsimoti, ya’ni yirik savdogarlarning ajrab chiqishiga imkoniyat yaratdi. Kishilik jamiyati rivojlanishining bu bosqichida savdo va sudxo’rlik operasiyalarini yuritish haqida qandaydir miqdorda yozma manbaalar yozib qoldirilgan. Antik dunyodagi Delos oroliga joylashgan ibodatxonaning pul-kredit tashkiloti bo’lganligi buning yorqin dalili bo’lib xizmat qiladi. Unda pul va tovarlarni qarzga berilar edi. Huddi shu orolda eng yirik qul bozorlaridan biri joylashgan bo’lib, bu yerda har kuni o’n minglab qo’llarning savdosi amalga oshirilgan.

Umuman olganda, quldorlik tuzumi bosqichida savdo va sudxo’rlik faoliyatiga oid yozma dalillar topilgan. Bundan o’sha vaqtlarda buxgalteriya hisobi amaliy xarakterga ega ekanligi haqida hulosa chiqarish mumkin.

Qadimiy Gretsiyada metall pullarni paydo bo’lishi, iqtisodiyotning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. O’z ahamiyatiga ko’ra uni sannoq va yozuvni paydo bo’lishi bilan tenglashtirish mumkin. Pul sifatida tangalarga qadar turli ob’ektlardan, xususan, chig’anoq hayvonlar, quyma metallar, tuz, qalampir. Jun matolardan foydalanishgan. Mana shundan keyin hisobning yanada takomillashishiga yangi imkoniyatlar ochildi. Faqatgina kafolatlangan qiymatga ega bo’lgan tangalargina almashtirishda umumiy ekvivalent (o’rindosh) va buxgalteriya hisobi qiymat o’lchov birliklari bo’lib kirdi. Bu holat o’z davri uchun mustaxkam kursdagi pullar natural hisobdan umumlashgan qiymati hisobiga keskin burilish yaratgan edi. Boshqacha qilib aytganda, biz qadimgi Gretsiya va uning bankirlaridan hozirgi analitik va sintetik hisoblarni yaratib ketganlari uchun katta qarzdormiz. Barcha grek shaharlari o’zlarining tangalariga ega bo’lib, bu bir qancha qiynchiliklar tug’dirar edi. Polislar, ya’ni shaharlar o’zaro savdolashardilar, savdogarlar u bir joydan boshqa joyga borganlarida bu pullarini boshqasiga almashtirar edilar. Pulni almashtirib beruvchi xuddi shunday odamlar bankirlarni shakllantirdi. Dastlab u oddiy almashtiruvchi edi. Pul almashtiruvchi (grekchasiga trapeza) stolda eng gavjum joyda o’tirardi. Tangalarni tekshirardi va ularni pullarining kursiga (to’loviga) qarab almashtirardi. Bu ish (allacha) amalga oshirilardi Ularni trapezitalar deb atardilar (tarjimasi: stolda o’tirgan odamlar).

Eramizdan avval 4 asrgacha Afinada 23 trapezita, butun Gretsiyada 33 ta trapezalar mavjud edi. Trapezitalar pul almashtirishni amalga oshirib yurishib, bo’sh pul mablag’larini o’zida tezda to’plab oldilar. IV asr oxiriga kelib trapezalar banklarga, trapezitalar (qarz beruvchi) e’tiborli kreditorga aylandilar.

Birinchi bankirlar qullar nasabiga mansubdir. Bank-trapezalar faoliyatiga o’ziga pul qo’yish, qarzlar berish va an’anaviy almashtirish, pul maydalash operasiyalari operasiyalari kirar edi. eng murakkab faoliyat turi qarzlar berish Bilan bog’liq edi. Garovdagi narsaning bozor narxini aniqlash kerak bo’lib, qarz mablag’larni qaytirishning tavakkalchilik darajasi qarzga berilgan mablag’ uchun to’lanadigan foiz me’yorini o’rnatish zarur edi. Bank buxgalteriyasining asosiy yutug’i pulsiz xisob-kitob hisobi edi, ya’ni mijozlarining mablag’larini ularni hisoblariga o’tkazib qo’yish edi. To’lov yoki pul o’tkazish pul to’lash to’lov topshiriqnomasi bilan xujjatlashtirilar edi. Buni diagrafe (diagraphe) deb atashardi. Pulsiz hisob-kitoblar hisobi pul qo’yayotgan shaxsening yozuvi, mablag’ summasi, uchinchi shaxslar (oluvchi) ni qamrab olgan. Bu so’zlar qadimgi grek arboblari va hammasidan ham Demosfen va Isokratdan ma’lum. Bankirlar hisob yozuvlarini faqat o’zlari olib borishgan hech kimga ishonishmagan. Ularga hisob qoidalarini yangidan ixtiro qilishga to’g’ri keldi. Binobarin, qadimiy SHarkda ko’pgina usullar ko’llanilgandi, ammo bu sivilizasiya bu davrga kelib xalok bo’lgandi.

Qadimiy Gretsiyada hisob olib borilganligi haqida ko’pgina manbalar topilgan. 1975 yilda buxgalteriya hisobi tarixi uchun juda muhim bo’lgan bir hujjat nashr etilgan. Uni 1971-1972 yillari qadimgi Misr poytaxti Memfisni kovlash ishlari olib borilayotganda topdilar. Xisob-kitob mato parchasiga grekcha yozilgan bo’lib, u (13 x 11,3 sm) u eramizdan avvalgi 4 asrga tegishlidir. Bu xujjatda bir guruh greklarning Misr bo’ylab qilgan sayoxatidagi xarajatlari aks ettirilgan.

Xujjatning mazmuni

Satrlar

5 Draxm 9

6 ega (Exel) - Draxm 5

7 ---- Draxm 6

8 ---- Draxm 2

9 Kumush draxm ega (Exel)

10 Draxm 000

11 (Jami) Draxm 000

000 belgi uchib ketgan joy, --- maxsulotlarning nomini tarjima qilish qiyin bo’gan so’zlar.

Afinada mahsus nazoratchi va amaldorlar bo’lib, ularni vazifasiga davlatni kirim va chiqimlari haqida hisobot tayyorlash kirardi.

Moliyaviy hisob va nazorat aholi tomonidan saylangan o’nlarcha odamlarni qo’lida turardi, ularni vazifasiga davlatni barcha kirim va chiqim hisoblari, cherkovlarning mol-mulk hisobi, ko’chadigan va ko’chmas mol mulklarni hisobga olish kirardi. Davlat xo’jaligida naqd pulning tushumi va tarqatish holatlaridan tashqari bu yerda to’lovlarni hisobga olish va to’lovlarni boshqa kassalarga o’tkazish usullari bilan pullar saqlanardi. Xarajatlar qandayligini ifodalash uchun alohida ko’zalar ishlatilib, ularga esa xarfli indeks (ko’rsatkichlari) ishlatilar edi. qandaydir chiqimlarga esa ajratilgan ko’zalardan pullar olinardi. qizig’i shu ediki g’aznaning kalitlari bir odamda, xujjatlar saqlanadigan xonaning kaliti esa boshqa bir odamda bo’lib ulardagi kalitlarni almashtirish ta’qiqlanardi.

Qayd etib o’tganimizdek shaxsiy korxonalardan birinchi bo’lib banklar ajrab chiqdi. Bu yerda pul xarakatini birinchi hujjatlari rasmiylashtirilardi. Ular yilma- yil tartibida jurnal (Efemerida ) ga yozilardi. YOzuv vaqti, pul oluvchining to’lov sababi, shaxsning ismi, bank oluvchini qaysi buyrug’iga asoslanib pul berdi va to’lov summalari kiritilardi. Bank xo’jaligidagi tartiblii yozuvlar faqat biror-bir hisob kitob holatini aniqlash zarur bo’lgandagina ko’rib chiqilardi. Jurnal ikki xil tamoyilda yuritilardi: biri kirimlar uchun, ikkinchisi chiqimlar uchun edi. SHunday xujjatlar borki unda quldor ustaxonasining (aktiv balansi) kirim-chiqim majmui ko’rsatilar edi.

1. O’zgaruvchan mulk 3 talant 56 ming

2. qullar (52 odam) 2 talant 50 ming

3. Har xil qimmat-

liklar 3 talant

4. I/CH ga hom ashyo 2 talant 30 ming

5. qarz 30 min

JAMI 12 talant 46 ming

(1-talant -60 ming -25,5 kg . 1 ming -425 gr.)

O’tkazilgan kirim chiqim majmui (aktiv balans) xo’jalik faoliyatini har tomonlama tahlil qilishga imkon bermaydi, chunki istemolchi qismi ishlab chiqarish bilan bog’langan.

Muhimi shuki, Gretsiya buyuk faylasuflari hisobga katta ahamiyat berishgan. Ularning yozganlaridan shuni qayd etamizki, xatto Aristotel ham hisobning vazifasi ko’p ekanligi va u nazoratning bir turi ekanligini ta’kidlagan. Bu o’z davri uchun yangicha qarash edi. Taftish buxgalteriya hisobi bilan teng huquqli va unga karashi emas.

Download 75,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish